Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

Telegram kanalining logotibi yoshlarittifoqi_uz — O‘zbekiston yoshlar ittifoqi O
Telegram kanalining logotibi yoshlarittifoqi_uz — O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
Kanal manzili: @yoshlarittifoqi_uz
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 15.59K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!
• www.yoshlarittifoqi.uz
• facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
• instagram.com/yoshlarittifoqi.uz
📞 Ishonch raqami:
📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 51

2022-05-25 14:51:11
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi “Zukko kitobxon” intellektual oʻyinining tuman (shahar) bosqichi joriy yilning 26-may kuni soat 15:00da boʻlib oʻtadi.

Eslatma: Sektor bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritib, tuman (shahar) bosqichiga yoʻllanma olgan ishtirokchilar mahallangizdagi yetakchingizga murojaat qilishingiz soʻraladi.

@yoshlarittifoqi_uz
3.5K views11:51
Ochish/sharhlash
2022-05-25 13:02:15 Hurmatli, kitobxon yoshlar!

“Zukko kitobxon” onlayn viktorinasining “Ulug’bek xazinasi” asaridan beriladigan savollar bugun soat 17:00 da taqdim etiladi.

Barchaga omad tilaymiz!

@yoshlarittifoqi_uz
3.3K views10:02
Ochish/sharhlash
2022-05-24 14:29:36
Braziliyadan Avstraliyagacha: Besh qitʼa hunarmandlarini yig‘gan festival davom etmoqda

Buxoro shahrida oʻtkazilayotgan Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivali doirasida Buxoro Ark qo‘rg‘oni atrofida besh qitʼadan kelgan qariyb 300 nafar hunarmand uchun savdo-ko‘rgazma pavilyonlari tashkil qilindi.

Ularning 110 nafari zargar, 37 nafari zardo‘z, 44 nafari kashtado‘z va 97 nafari esa boshqa yo‘nalishlarda faoliyat olib boruvchi hunarmandlardir.

Festival 25-mayga qadar davom etadi.

@yoshlarittifoqi_uz
2.3K views11:29
Ochish/sharhlash
2022-05-24 08:36:00
Aziz yoshlar, “Yosh ekolog” aksiyasida faol boʻling!

Joriy yilning 26-may kuni Yoshlar oyligi doirasida respublikamiz boʻylab “Yosh ekolog” aksiyasi oʻtkaziladi.

Aksiya doirasida mahallalarda, boquvchisini yo‘qotgan oilalar, yolg‘iz yashovchi hamda nogironligi mavjud fuqarolar yashash xonadonlarida, ko‘p qavatli uy atroflarida, guzar, xiyobon va ziyoratgohlarda, ko‘cha va bolalar maydonchalarida keng obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish ishlari tashkil etiladi.

@yoshlarittifoqi_uz
4.2K views05:36
Ochish/sharhlash
2022-05-24 07:15:18
"Kamalak" bolalar tashkiloti 21 yoshda!

Kuni kecha mamlakatimizdagi yagona bolalar tashkilotining tug‘ilgan kuni nishonlandi. Tashkilotimiz 21 yildan buyon O‘zbekiston bolalariga o‘zining cheksiz mehrini ulashib kelmoqda. Bolalar tashkiloti har yili o‘z tashkil topgan kunini Sardorlarning Anjumani sifatida nishonlaydi.

Anjumanning yopilish marosimida "Kamalak" bolalar tashkiloti o‘zining eng katta Sardorlar oilasi, bolalar va ustozlar bilan tashkilotning 21 yilligi nishonlandi.

Tantanali tadbirda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa'dullayev ishtirok etib, bolalar tashkiloti faoliyatiga o‘zlarining samimiy tilaklarini bildirdi. Tadbir davomida Anjuman doirasida o‘tkazilgan loyihalar g‘oliblari va ishtirokchilari taqdirlandi.

#Kamalak21yoshda

@yoshlarittifoqi_uz
3.3K views04:15
Ochish/sharhlash
2022-05-24 07:14:56
2.5K views04:14
Ochish/sharhlash
2022-05-23 19:03:29 Ayni damda "Kamalak" bolalar tashkilotining 21 yilligi hamda XXI anjumanning yopilish marosimi bo'lib o'tmoqda.

Ushbu jarayonni jonli tarzda facebook sahifamizda hoziroq tomosha qiling:
https://fb.watch/dbqqLs5zpl/

Bizning sahimiz:
@kamalakbt_uz
1.7K views16:03
Ochish/sharhlash
2022-05-23 11:25:19
"So’ngi qo’ng’iroq" sadolari Anjumanda!

Anjumanga kelgan hududiy bitiruvchi Sardorlar uchun "So‘ngi qo‘ng‘iroq" tadbiri tashkil etildi. 11-sinf bitiruvchilari 21-anjuman munosabati bilan "Kamalak maktabi" bo‘lgan 21-umumta'lim maktab bitiruvchilari sifatida tadbir ishtirokchilari bo‘lishdi.

Bitiruv kechada so’z olgan 21-umumta'lim maktabi ma’muriyati bitiruvchilarga o’zlarining samimiy tilaklarini bildirishdi.

#Anjuman #bitiruvkechasi

@yoshlarittifoqi_uz
3.8K views08:25
Ochish/sharhlash
2022-05-22 20:11:43
“Bo’yinbog’siz kun” loyihasi doirasida tashkil etilgan uchrashuv Sardorlar uchun foydali tavsiya va ko‘nikmalarga boy bo'ldi

XXI Anjuman doirasida "Kamalak" bolalar tashkiloti tizimida uzoq yillar faoliyat yuritgan ustozlar, tashkilot fidoiylari va Sardorlar ishtirokida "Bo‘yinbog‘siz kun" loyihasi doirasida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda uzoq yillar davomida bolalar tashkilotiga ulkan hissa qo’shgan, Sardor, tashkilot faoli sifatida faoliyat yuritgan insonlar sardorlarga o’zlarining muvaffaqiyat tarixi haqida so’zlab berishdi.

#Kamalak #Anjuman #Uchrashuv

@yoshlarittifoqi_uz
2.1K views17:11
Ochish/sharhlash
2022-05-22 09:32:33
"Kamalak" bolalar tashkilotining XXI an'anaviy Anjumandan qaynoq lavhalar tasvirlangan videorolikni e'tiboringizga havola etamiz.

#Anjuman #XXI

@yoshlarittifoqi_uz
3.3K views06:32
Ochish/sharhlash