Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

Telegram kanalining logotibi yoshlarittifoqi_uz — O‘zbekiston yoshlar ittifoqi O
Telegram kanalining logotibi yoshlarittifoqi_uz — O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
Kanal manzili: @yoshlarittifoqi_uz
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 15.59K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!
• www.yoshlarittifoqi.uz
• facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
• instagram.com/yoshlarittifoqi.uz
📞 Ishonch raqami:
📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 52

2022-05-22 09:09:54
Sport - sog‘lik garovidir

Anjuman ishtirokchilarini vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida "Anjuman Cup" va "Quvnoq estafeta" loyihalari o‘tkazildi.

Birinchi bo‘lib Anjuman ishtirokchilari orasidan saralab olingan 8 ta jamoa o‘rtasida "Anjuman Cup" futbol musoqabasi o‘tkazildi.

Kunning ikkinchi yarmida esa, qiziqarli shartlarga boy bo‘lgan "Quvnoq estafeta" musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Noodatiy va jo‘shqin shartlar Anjuman ishtirokchilariga yanada ko‘tarinki kayfiyat bo‘g‘ishladi.

#Anjuman #AnjumanCup #Quvnoqestafeta

@yoshlarittifoqi_uz
3.3K views06:09
Ochish/sharhlash
2022-05-21 20:11:40
Markaziy Osiyo yoshlar forumi” doirasida Tojikistonlik yoshlar Fargʻonaga tashrif buyurishdi

Margʻilon vokzalida Tojikistondan tashrif buyurgan yoshlarni tantanali kutib olish marosimi oʻtkazildi. “Tojikiston-Oʻzbekiston” yoshlar forumining keyingi bekati Margʻilon shahridagi “Hunarmandlar markazi” boʻldi.

Tojikistondan tashrif buyurgan delegatsiya a’zolariga milliy hunarmandchiligimiz, atlas-u adras matolarimizning yaratilish tarixi, bosqichlari yaqindan tanishtirildi.

Tojikiston-Oʻzbekiston” yoshlar forumining keyingi bekati Margʻilon shahridagi “Raqamli texnologiyalar markazi” boʻldi.

Tojikistondan tashrif buyurgan yoshlarimizning barchasi birdek zamonaviy kasblarga qiziqishlari borligi va Fargʻona yoshlariga ham koʻp imkoniyat yaratilganligini ta’kidlashdi.

Birlashib yuksalamiz! Hamdoʻstligimiz bardavom boʻlsin!

@yoshlarittifoqi_uz
1.8K views17:11
Ochish/sharhlash
2022-05-21 15:46:50
Hudud Sardorlari g‘oliblik uchun bellashmoqdalar

Kuni kecha XXI Anjuman doirasida “Eng namunali hududiy Sardorlar Kengashi” tanlovi o‘tkazilishi haqida xabar bergan edik.

Bugun esa sardorlar uchun “Eng namunali hududiy Sardorlar Kengashi” tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tanlovda jamoalar o'z raqiblari bilan ham quvnoqlik, ham intellektual jabhalarda raqobat olib borishdi.

Bizni kuzatishda davom eting, oldinda sizni qiziqarli jarayondan lavhalar kutmoqda.

#engnamunalihududsardorlari

@yoshlarittifoqi_uz
3.0K views12:46
Ochish/sharhlash
2022-05-20 17:35:37
Anjuman doirasida seminar-treninglar bo‘lib o‘tmoqda

Sardorlarga malakali mutaxassislar tomonidan 7 xil yo'nalishga mo'ljallangan turli mavzularda qiziqarli, nazariy bilimlarga boy bo‘lgan darslar tashkil etilmoqda.

"Kamalak" va "Ittifoq" Sardorlarining o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha guruhlarga ajratilib, har bir yo‘nalishni yanada rivojlantirish yuzasidan mutaxassis trenerlar tomonidan ko‘nikmalar berilmoqda.

Seminarlar davom etadi, bizni kuzatishda davom eting!

#Anjuman #Kamalak #Seminartrening

@yoshlarittifoqi_uz
2.1K views14:35
Ochish/sharhlash
2022-05-20 14:50:05
“Kamalak bilimdonlari” ko’rik-tanlovining respublika bosqichi yakunlandi

Anjuman dorasida ko’plab yirik tanlovlarning final bosqichi o’tkazilishi ko’zda tutilgan. Aynan bugun “Kamalak bilimdonlari” tanlovining respublika bosqichi bo'lib o'tdi.

Bolalar tashkilotining faollari bellashadigan ushbu tanlov tashkilot a’zolarining ijtimoiy faoliyatini yanada qo’llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilib kelinmoqda.

Ushbu tanlovda 10-14 yoshli tashkilot a’zolaridan iborat bo’lgan 14 ta jamoa 3 ta shart yuzasidan bellashdilar. Tanlovning respublika bosqichi qizg’in tusda o'tkazildi.

Tanlov natijalarini Anjumanning yopilish marosimida e'lon qilamiz.

#Anjuman2022 #Kamalakbilimdonlari

Bizning sahimiz:
@yoshlarittifoqi_uz
2.9K views11:50
Ochish/sharhlash
2022-05-20 00:25:06
Anjumanining tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tdi

“Kamalak” bolalar tashkiloti Anjumanining ochilish marosimida respublikamizdagi eng ilg‘or yoshlar bir joyga jam bo’ldi. Ochilish marosimi avvalida Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi, “Kamalak” bolalar tashkiloti raislari va mehmonlar so’z olib, Anjuman ishiga va Sardorlarga omad tilab, yangi loyihalarni yoshlar o’rtasida yanada samarali o’tkazishda Sardorlarning o’rni yuqoriligiga yana bir bir ishonch bildirishdi.

Ochilish marosimida hududiy va respublika Sardorlarning axboroti tinglanib, delegatsiyalarning chiqishlariga guvoh bo’lindi. Anjuman ochilish marosimi gala konsert bilan ko’tarinki ruxda davom etdi.

#Anjuman #ochilishmarosimi #21yosh

@yoshlarittifoqi_uz
783 views21:25
Ochish/sharhlash
2022-05-20 00:24:38
706 views21:24
Ochish/sharhlash
2022-05-19 14:58:21
Sardorlarning An’anaviy XXI Anjumaniga start berildi

Respublikamizning barcha hududidan kelgan Sardorlar Toshkent viloyatidagi “Oqtosh” bolalar oromgohida tantanali ravishda kutib olindi.

19-24 may sanalarida bo’lib o’tadigan Anjuman doirasida juda ko’plab yirik loyihalar o’tkaziladi.

Bizni kuzatishda davom eting…

#Kamalak #Anjuman #start #live

@yoshlarittifoqi_uz
3.9K views11:58
Ochish/sharhlash
2022-05-18 19:23:30
“Zukko kitobxon” onlayn viktorinasining 5-kitobi, ya’ni “Alpomish” dostonining g’oliblari aniqlandi

1. Rustamova Sarvinoz Orifjon qizi - Qashqadaryo viloyati.
2. Boydullayev Tolibjon Ne’matulla o’g’li- Jizzax viloyati.
3. Xodjayeva Aziza Ne’matjon qizi - Andijon viloyati.
4. Yarashova Mohlaroyim Shuhrat qizi - Buxoro viloyati.
5. Ergasheva Sevinch Sanjar qizi - Jizzax viloyati.
6. Juraboyeva Mahbuba Asqarbek qizi - Navoiy viloyati.

Ushbu ishtirokchilar berilgan savollarga aniq va to’liq javoblarni yuborib, g’oliblar safidan o’rin egalladi. Ular “Alpomish” jamoasi sifatida viktorinaning final bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdi.

@yoshlarittifoqi_uz
2.6K viewsedited  16:23
Ochish/sharhlash
2022-05-18 18:04:23
"Yoshlar ovozi" gazetasi jamoasi bugun onlayn master-klass tashkil etadi

Siz jurnalistikaga qiziqasizmi? Maqola yozishga iqtidoringiz bor-u, ammo "uddalay olarmikinman", deb ikkilanib yurgandirsiz? Unday bo'lsa, aynan siz uchun ajoyib imkoniyat.

Tajribali jurnalistlarning navbatdagi mahorat darsi 2022-yil 18-may kuni soat 20:00 da @yoshlarovozi telegram kanalida video suhbat koʻrinishida (bepul) boʻlib oʻtadi.

Ulanish:
https://t.me/yoshlarovozi?livestream=6736d34fee19e4c003

Eng sara ijod namunalari gazetada e'lon qilib boriladi. Imkoniyatni qo'ldan boy bermang!

@yoshlarovozi
1.9K views15:04
Ochish/sharhlash