Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

Telegram kanalining logotibi yoshlarittifoqi_uz — O‘zbekiston yoshlar ittifoqi O
Telegram kanalining logotibi yoshlarittifoqi_uz — O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
Kanal manzili: @yoshlarittifoqi_uz
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 15.59K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!
• www.yoshlarittifoqi.uz
• facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
• instagram.com/yoshlarittifoqi.uz
📞 Ishonch raqami:
📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 49

2022-06-01 15:00:03 Dunyoning ishlari 1-savol
2.7K views12:00
Ochish/sharhlash
2022-05-31 18:30:55
“Kamalak” yulduzlari” bolalar ijodiyoti festivaliga arizalar qabuli boshlandi

Аziz bolalar, madaniyat, adabiyot va sanʼat sohasidagi iqtidoringizni namoyish etish vaqti keldi.

Hoziroq tanlovga mahalladagi yoshlar yetakchisiga yoki maktabingiz direktorining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o‘rinbosariga murojaat qilish orqali ro‘yxatdan o‘ting.

Ro‘yxatdan o'tish uchun Siz, mahalladagi yoshlar yetakchisiga yoki maktabingiz direktori o‘rinbosari orqali O'zbekiston yoshlar ittifoqining tuman (shahar) Kengashiga tanlov anketasini yakka yoki jamoaviy tarzda to‘ldirib taqdim etishingiz lozim.

Tanlovga 6 yoshdan 15 yoshgacha boʼlgan ijodkor bolalar yakka, jamoaviy tarzda, 6 ta yo‘nalishdan birini tanlagan holda ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovning o‘tkazilish tartibi haqida nizom bilan batafsil ushbu havola orqali tanishib chiqing.

Tanlovga ariza topshirish muddati 1-iyundan 10-iyunga qadar davom etadi.

Anketani yuklab olish uchun havola:

• Yakka • Jamoaviy

@yoshlarittifoqi_uz
6.6K views15:30
Ochish/sharhlash
2022-05-31 08:49:26
Xorazmda “Xavfsiz migratsiya” loyihasi oʻtkazilmoqda

Joriy yilning 31-may va 1-iyun kunlari Xorazm viloyatining Urganch, Xiva, Shovot, Xonqa
tumanlarida Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan “Xavfsiz migratsiya” loyihasi bo’lib o’tmoqda.

Loyihaning asosiy maqsadi xorijiy mamlakatlarga yoʻl olayotgan yoshlarni xorijiy mamalaktlar qonunchiligidan xabardor qilish hamda huquqiy savodxonligini oshirishdan iborat.

Tadbir doirasida oʻzbek yoshlari, mehnat migratsiyasi, xorijda ta’lim olish jarayonida qonuniy huquqlar buzilishini oldini olish, mehnat muhofazasini ta’minlash borasida bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishlari mumkin.

@yoshlarittifoqi_uz
3.6K views05:49
Ochish/sharhlash
2022-05-28 10:50:08
Shavkat Zayniddinov Andijon tuman yoshlar yetakchilari bilan uchrashdi

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Shavkat Zayniddinov uchrashuvlar davomida mahalladagi yoshlar yetakchilarining faoliyatini yanada takomillashtirishga doir seminar-treninglar oʻtkazdi.

Shuningdek, Andijon qishloq xo`jaligi va agrotexnologiyalar institutida "Talabaning bir kuni" loyihasida ham ishtirok etdi.

@yoshlarittifoqi_uz
2.8K views07:50
Ochish/sharhlash
2022-05-27 07:16:32
Qoraqalpogʻiston Respublikasining tuman va shaharlarida “Zukko kitobxon” tanlovi oʻtkazildi. Gʻolib jamoalar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanib, hududiy bosqichga yoʻllanma oldi.

@yoshlarittifoqi_uz
2.8K views04:16
Ochish/sharhlash
2022-05-26 17:55:06
#Zukko_kitobxon
#Toshkent_viloyati

Turnirning tuman bosqichi oʻtkazildi

Oʻrta Chirchiq tuman markazida sektorlarda gʻoliblikni qoʻlga kiritib tuman bosqichiga yoʻlanmani qoʻlga kiritigan 4 ta mahalla yoshlaridan tashkil topgan jamoalar oʻrtasida “Zukko kitobxon” intellektual turnirining tuman bosqichi boʻlib oʻtdi.

Yakuniy natijalarga koʻra, tuman bosqichida quyidagi jamoalar:

”Toshloq” MFY

”Changitepa” MFY

”Saidovul-baxt” MFY yoshlari gʻolib deb topildi.

”Zukko kitobxon” tanlovining tuman bosqichida 1-oʻrinni egallagan “Toshloq” MFY yoshlar jamoasi turnirning viloyat bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

@yoshlarittifoqi_uz
2.6K views14:55
Ochish/sharhlash
2022-05-26 08:17:30
TANISHING!

“Zukko kitobxon” onlayn viktorinasida 7-o’qiladigan kitob O’tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari.

Ushbu kitobni toʻliq mutolaa qilib, 1-iyun kuni taqdim etiladigan savollarga @zukkokitobxontanlov_bot orqali toʻgʻri javoblarni yoʻllang!

@yoshlarittifoqi_uz
4.0K views05:17
Ochish/sharhlash
2022-05-25 20:46:19
“Zukko kitobxon” onlayn viktorinasining 6-kitobi, ya’ni “Ulug’bek xazinasi” asarining g’oliblari aniqlandi

1. Mustofayev G’anisher Ikrom o’g’li - Navoiy viloyati.
2. Jabborova Barchinoy Javlon qizi - Navoiy viloyati.
3. Mirzarahimova Shahnoza Shuhratjon qizi - Farg’ona viloyati.
4. Ne’matjonova Nilufar - Andijon viloyati.
5. Yunusova Ozoda Ulug’bek qizi - Toshkent viloyati.
6. Omonova Sarvinoz Foziljon qizi - Jizzax viloyati.

Ushbu ishtirokchilar berilgan savollarga aniq va to’liq javoblarni yuborib, g’oliblar safidan o’rin egalladi. Ular “Ulug’bek xazinasi” jamoasi sifatida viktorinaning final bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdi.

Izoh: 5-savolga to’g’ri javob yo’llagan ishtirokchi Abdug’afforova Nozima 16 yoshga to’lmaganligi sababli final bosqichida ishtirok eta olmaydi.

@yoshlarittifoqi_uz
2.0K views17:46
Ochish/sharhlash
2022-05-25 16:00:04 Ulug'bek xazinasi 6-savol javobi
2.7K views13:00
Ochish/sharhlash
2022-05-25 15:50:03 Ulug'bek xazinasi 6-savol
2.6K views12:50
Ochish/sharhlash