Get Mystery Box with random crypto!

'Kamalak' bolalar tashkiloti 21 yoshda! Kuni kecha mamlakatim | O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

"Kamalak" bolalar tashkiloti 21 yoshda!

Kuni kecha mamlakatimizdagi yagona bolalar tashkilotining tug‘ilgan kuni nishonlandi. Tashkilotimiz 21 yildan buyon O‘zbekiston bolalariga o‘zining cheksiz mehrini ulashib kelmoqda. Bolalar tashkiloti har yili o‘z tashkil topgan kunini Sardorlarning Anjumani sifatida nishonlaydi.

Anjumanning yopilish marosimida "Kamalak" bolalar tashkiloti o‘zining eng katta Sardorlar oilasi, bolalar va ustozlar bilan tashkilotning 21 yilligi nishonlandi.

Tantanali tadbirda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa'dullayev ishtirok etib, bolalar tashkiloti faoliyatiga o‘zlarining samimiy tilaklarini bildirdi. Tadbir davomida Anjuman doirasida o‘tkazilgan loyihalar g‘oliblari va ishtirokchilari taqdirlandi.

#Kamalak21yoshda

@yoshlarittifoqi_uz