Get Mystery Box with random crypto!

#XotiraVaQadrlashKuni Urush qatnashchilari e’zozlanmoqda | O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

#XotiraVaQadrlashKuni

Urush qatnashchilari e’zozlanmoqda

“9-May — Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Termiz davlat universiteti yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan urush yillarida mardlik va jasorat ko‘rsatgan yurtdoshimiz Jumaqul bobo Qulliyevning xonadoniga borib, ehtirom ko‘rsatishdi.

Jumaqul bobo Qulliyev umrining eng kuchga to‘lgan yillarini jang maydonlarida o‘tkazishiga to‘g‘ri keldi. Davr mashaqqati, undagi qiyinchiliklar Jumaqul boboni ham chetlab o‘tmadi. Ammo u yigitlik burchidan chekinmadi, aksincha Vatan himoyasida sobit turdi. Bugun yurtimizda Jumaqul bobo singari o‘z vatani tinchligini ta’minlashga hissa qo‘shganlarga alohida hurmat, e’zoz ko‘rsatilmoqda.

Uchrashuvda Jumaqul bobo urush xotiralari, boshidan kechirgan mashaqqatlari haqida talabalarga so‘zlab berar ekan, yoshlarni bugungi tinch va xotirjamlikning qadriga yetishlarini so‘radi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook