Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

Telegram kanalining logotibi yoshlarittifoqi_uz — O‘zbekiston yoshlar ittifoqi O
Telegram kanalining logotibi yoshlarittifoqi_uz — O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
Kanal manzili: @yoshlarittifoqi_uz
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 15.59K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!
• www.yoshlarittifoqi.uz
• facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
• instagram.com/yoshlarittifoqi.uz
📞 Ishonch raqami:
📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 47

2022-06-05 14:33:49
#Bolalar_ligasi
#Samarqand

Bugun Samarqand shahar yoshlar markazida “Bolalar ligasi” mini futbol sport musobaqasining respublika bosqichini oʻtkazish yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi.

Hamkor tashkilot vakillari musobaqani oʻtkazish yuzasidan ma’lumotlar taqdim etdi. Ishtirokchilar va OAV vakillari oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.

Qur’a tashlash marosimida maydonga tushadigan jamoalar ketma-ketligi aniqlandi.

Bugun jamoalarning saralash oʻyinlari boʻlib oʻtadi.

@yoshlarittifoqi_uz
2.5K views11:33
Ochish/sharhlash
2022-06-04 20:43:24
Samarqand temiryoʻl vokzalida “Bolalar ligasi” ishtirokchilari tantanali kutib olindi

Xabaringiz bor, Yoshlar oyligi doirasida 10-14 yosh toifasidagi bolalar oʻrtasida “Bolalar ligasi” mini futbol musobaqasi tashkil etildi. Mazkur musobaqaning respublika bosqichi Samarqand viloyatida oʻtkazilishi belgilangan.

Bugun Samarqand temiryoʻl vokzalida barcha hududlarning ishtirokchilari tantanali kutib olindi.

P.S. Osiyo chempionati U-23 2-turi doirasida Oʻzbekiston yoshlar jamoasi Qatarga qarshi maydonga tushib, 6:0 hisobida gʻalaba bilan chorakfinalga yoʻllanma olgani ishtirokchi bolalar qatori hammamiz uchun zoʻr xabar boʻldi


@yoshlarittifoqi_uz
2.4K viewsedited  17:43
Ochish/sharhlash
2022-06-04 08:22:04
“Bolalar ligasi”ning respublika bosqichi Samarqandda oʻtkaziladi

Xabaringiz bor, Yoshlar oyligi doirasida “Bolalar ligasi” mini futbol sport musobaqasi oʻtkazilib kelinmoqda. Musobaqaning respublika bosqichi joriy yilning 5-7 iyun kunlari Samarqand viloyatida boʻlib oʻtadi.

Respublika bosqichida musobaqaning saralash, chorak final, yarim final o‘yinlari belgilangan mini futbol stadionida, final bosqichi esa “Dinamo” futbol o‘yingohida o‘tkaziladi. Shuningdk, ishtirokchilarning Samarqand viloyatidagi diqqatga sazovor joylarga sayohati, O‘zbekiston futbol yulduzlari bilan uchrashuvi, kechki madaniy dasturlar hamda “Bolalar ligasi Quiz” loyihasi tashkil qilinishi rejalashtirilgan.

@yoshlarittifoqi_uz
3.5K views05:22
Ochish/sharhlash
2022-06-02 17:15:45
Yoshlar oyligi doirasida qanday loyihalar amalga oshiriladi?

Yoshlar ishlari agentligi axborot xizmati tomonidan Yoshlar oyligi doirasida amalga oshiriladigan loyihalar yuzasidan brifing o'tkazildi.

• YouTube orqali ko'rish • Matn orqali o‘qish

#brifing #yoshlaroyligi

@yoshlarittifoqi_uz
4.1K viewsedited  14:15
Ochish/sharhlash
2022-06-02 13:03:23
TANISHING!

“Zukko kitobxon” onlayn viktorinasida 8-o’qiladigan kitob “Temur tuzuklari” asari.

Ushbu kitobni toʻliq mutolaa qilib, 8-iyun kuni taqdim etiladigan savollarga @zukkokitobxontanlov_bot orqali toʻgʻri javoblarni yoʻllang!

@yoshlarittifoqi_uz
3.4K views10:03
Ochish/sharhlash
2022-06-02 11:01:47
EʼLON!

100 mln so‘m mukofot jamg‘armasi bo‘lgan “IT MARAFON – 2022”ga start berildi

Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bo‘lib o‘tadigan “IT MARAFON –2022”ga yurtimizdagi barcha taʼlim muassasalarining 12-25 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar, talabalar va dasturlashga qiziquvchi yoshlar taklif etiladi.

Tanlov bugun, 2-iyun kuni onlayn tarzda hamda 5-iyun kuni oflayn shaklda Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o‘tkaziladi.

Batafsil ma'lumotlar
Ro‘yxatdan o‘tish

@yoshlarittifoqi_uz
6.3K views08:01
Ochish/sharhlash
2022-06-01 21:11:54 1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosobati bilan "Kamalak" bolalar tashkiloti raisi Madina Baratova, Respublika "Ittifoq" sardori Ruxsora Shakirova va Respublika "Kamalak" sardori Behruz Soyibovning O‘zbekiston 24 telekanalidagi intervyularini "Kamalak" bolalar tashkilotining YouTube sahifasida kuzatishingiz mumkin.

Youtube orqali ko‘rish

#1iyun #bolalar #Kamalak

@yoshlarittifoqi_uz
1.9K views18:11
Ochish/sharhlash
2022-06-01 18:00:33
"Yoshlar ovozi" gazetasi jamoasi bugun onlayn master-klass tashkil etadi

Tajribali jurnalistlarning navbatdagi mahorat darsi 2022-yil 1-iyun kuni soat 20:00 da @yoshlarovozi telegram kanalida video suhbat koʻrinishida (bepul) boʻlib oʻtadi.

Mavzu:
“Muxbirning savol berish mahorati”.

Ulanish:
https://t.me/yoshlarovozi?livestream=9ab56594b43aad09d1

Eng sara ijod namunalari gazetada e'lon qilib boriladi. Imkoniyatni qo'ldan boy bermang!

@yoshlarovozi
1.9K views15:00
Ochish/sharhlash
2022-06-01 17:51:35
“Zukko kitobxon” onlayn viktorinasining 7-kitobi, ya’ni “Dunyoning ishlari” asarining g’oliblari aniqlandi

1. Qahhorova Marjona Ikromjon qizi - Navoiy viloyati.
2. Mustafoyeva Ra’no Ikrom qizi - Toshkent shahar.
3. Djurakulova Safargul Shuxrat qizi - Navoiy viloyati.
4. Fozilova Halima Qurvonali qizi - Namangan viloyati.
5. Asatulloyev Abrorxon Asatulloyevich - Sirdaryo viloyati.
6. Boboniyozova Fotima Almardon qizi - Surxondaryo viloyati.

Ushbu ishtirokchilar berilgan savollarga aniq va to’liq javoblarni yuborib, g’oliblar safidan o’rin egalladi. Ular “Dunyoning ishlari” jamoasi sifatida viktorinaning final bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdi.

@yoshlarittifoqi_uz
2.2K views14:51
Ochish/sharhlash
2022-06-01 16:00:03 Dunyoning ishlari 6-savol javobi
2.4K views13:00
Ochish/sharhlash