Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

Telegram kanalining logotibi yoshlarittifoqi_uz — O‘zbekiston yoshlar ittifoqi O
Kanaldagi mavzular:
Yoshlarkuni
Yoshlarittifoqi
Telegram kanalining logotibi yoshlarittifoqi_uz — O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
Kanaldagi mavzular:
Yoshlarkuni
Yoshlarittifoqi
Kanal manzili: @yoshlarittifoqi_uz
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 15.45K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!
• www.yoshlarittifoqi.uz
• facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
• instagram.com/yoshlarittifoqi.uz
📞 Ishonch raqami:
📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 23

2023-01-20 15:08:25
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati sardorlar Kengashi tomonidan ”Mening qahramonim” loyihasiga start berildi

Samarqand viloyati “Ittifoq” sardori Ramiz Toyirovning qahramoni kim ekan, hozir bilib olamiz!

Siz ham safimizga qoʻshiling!

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
803 views12:08
Ochish/sharhlash
2023-01-20 08:47:37
#Yoshlar_yetakchilari
#Seminar

Toshkent viloyatida Proffesional ta’lim muassasalaridagi yoshlar yetakchilari uchun “Tajribangni o‘rgat” shiori ostida malakaviy o‘quv-seminari tashkil qilindi.

Seminarda yetakchilik va boshqaruv psixologiyasi, yoshlarning maʼnaviy yuksalishida yoshlar yetakchilarining o‘rni, vaqtdan unumli foydalanish va strategik fikrlash to‘g‘risida taqdimotlar hamda treninglar bo‘lib o‘tdi.

Bundan tashqari, 2022-yil davomida samarali faoliyat olib borgan Proffesional ta’lim muassasalaridagi yoshlar yetakchilari O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan taqdirlandi.

Shuningdek, 2023-yil davomida amalga oshiriladigan loyihalar, tanlov va tadbirlar to‘g‘risida fikr-mulohazalar almashinib, kelishib olindi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
2.1K views05:47
Ochish/sharhlash
2023-01-17 14:22:52
#NavDPI
#Rahbar_va_yoshlar

Harbiy vatanparvarlik oyi doirasida Navoiy viloyatida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil
etildi

Uchrashuvda yoshlar faol ishtirok etishib, oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi. Yakunda hamkorlik uchun 20022 harbiy qism komandiriga institut rektori tashakkurnomasi hamda maxsus sovgʻalari taqdim etildi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
675 views11:22
Ochish/sharhlash
2023-01-17 11:18:59
Toshkent shahrida ham ta’lim muassasalarida o‘qish 23-yanvardan boshlanadi

Toshkent shahridagi ta’lim muassasalari — maktablar, litsey va kollejlar hamda oliy ta’lim dargohlarida o‘qish shu yilning 23-yanvaridan boshlanadi.

Toshkent shahar hokimligi hamda boshqa mas’ul tashkilotlar tomonidan ta’lim ob’yektlaridagi harorat belgilangan me’yorda bo‘lishi nazoratga olinishi ma’lum qilindi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
1.5K views08:18
Ochish/sharhlash
2023-01-16 15:08:11
Do‘stlar, qishki ta’tilda nimalar bilan bandsiz?

Chet tillarini sodda, tushunarli tarzda o‘rganishni istagan yurtdoshlarimiz uchun “Ibrat farzandlari” loyihasi yo‘lga qo‘yilgan edi. Natija esa, kutilganidan ham a’lo!

Hozirgi paytda loyihaning YouTube platformasida chet tillarini o‘rganish istagida bo‘lganlar uchun Ingliz, Nemis, Turk, Rus tillari va xorijliklar uchun O‘zbek tili bo‘yicha bepul darslar yo‘lga qo‘yildi.

Jarayonda bo‘lgan Fransuz, Italyan, Ispan, Xitoy, Koreys va Arab tillari darslari ham tez orada yo‘lga qo‘yiladi.

1. Ingliz tilini 0 dan o’rganish

2. Nemis tilini 0 dan o’rganish

3. Turk tilini 0 dan o’rganish

4. Rus tilini 0 dan o’rganish

5. O’zbek tili (xorijliklar uchun)

Ushbu xabarni xorijiy tillarni o‘rganmoqchi bo‘lgan barcha yaqinlaringizga ulashishingiz mumkin!

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
1.3K views12:08
Ochish/sharhlash
2023-01-16 13:52:31
#Loyiha_davom_etadi

“Yulduzli tunlar” romanini oʻqigan yoshlar, qanday taassurotlar oldingiz?

Ushbu post ostida fikr-mulohazalaringiz bilan boʻlishishingiz mumkin

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
2.0K views10:52
Ochish/sharhlash
2023-01-15 12:59:50
Qadrli yoshlar!

Joylarda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, madaniyat, sanʼat va sport bilan shug‘ullanishi, kitob o‘qishi uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rganishga qaratilgan so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.

So‘rovnomada ishtirok etish quyidagi havola orqali amalga oshiriladi: https://bit.ly/3Xe8QvA

Sizning fikringiz biz uchun muhim!

Bizning sahifalarimiz:
@yoshlaragentligi Instagram Facebook YouTube
356 views09:59
Ochish/sharhlash
2023-01-14 12:35:06
#Tabrik

Bugun 14-yanvar — Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 31 yilligi va Vatan himoyachilari kuni.

Ushbu sana munosabati bilan Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi jamoasi askar va serjantlarni, ofitser va generallarni, Qurolli Kuchlarimiz faxriylari hamda qadrli vatandoshlarimizni chin dildan samimiy qutlaydi!

Sizlarga mustahkam sogʻlik, oilaviy baxt, sharafli va masʼuliyatli faoliyatingizda zafarlar tilaymiz!

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
1.6K views09:35
Ochish/sharhlash
2023-01-12 10:53:12
#Sirdaryo
#kun_qahramonlari

Qahraton sovuq va qorli kunlarda “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ “Sirdaryo IES” filiali xodimlari tomonidan yoʻllarning ravon boʻlishi uchun ishlar qizgʻin olib borilmoqda.

Mana shunday kunlarda yoʻlaklarni qorli muzlamalardan tozalash ishlarida ishtirok etayotgan ishchi-xodimlar uchun korxona Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti faollari tomonidan issiq ichimliklar tarqatilib, hashar ishlari amalga oshirildi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
1.4K views07:53
Ochish/sharhlash
2023-01-11 09:24:35
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashining Oliy ta’lim va harbiy boʻlinmalardagi boshlangʻich tashkilot yetakchilari ishtirokida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Suhbat davomida oʻtgan yilda mamlakatimizda yoshlar siyosati doirasida amalga oshirilgan tadbirlar muhokama qilinib, 2023-yil uchun chora-tadbirlar rejasi, yangi vazifalar belgilab olindi.

Davra suhbati soʻngida alohida namuna koʻrsatgan Oliy oʻquv yurtlari va harbiy qism boshlangʻich tashkilot yetakchilariga yoshlar ittifoqi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashi tomonidan minnatdorchilik va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
1.9K views06:24
Ochish/sharhlash