Get Mystery Box with random crypto!

Xushnudbek - o‘ta shaxsiy

Telegram kanalining logotibi xushnudbekuz — Xushnudbek - o‘ta shaxsiy X
Kanaldagi mavzular:
Kechki
Abituriyent
Перевод
Telegram kanalining logotibi xushnudbekuz — Xushnudbek - o‘ta shaxsiy
Kanaldagi mavzular:
Kechki
Abituriyent
Перевод
Kanal manzili: @xushnudbekuz
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 50.67K
Kanalning ta’rifi

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning asosan shaxsiy fikrlari yoritiladigan kichik kanali.
Asosiy kanal — @xushnudbek.

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 82

2022-07-01 13:40:37
Siz bunga nima deysiz?

Hozirgi 10 minutda uyda o’tirgan holda hujjat topshirsa bo’ladigan onlayn tizimdan ko’ra, avvalgi issiqda 500-800 km yo’l bosib, navbatda turib, odamlarning qosh-qovog’iga qarab, med spravka degan mantiqsiz hujjatlarni yig’ib yuradigan tizim yaxshimidi?

Nahotki, onlayn tizimni o’rganish shunchalar qiyin? Hatto telefonda topshirsa bo’ladi-ku.


@xushnudbekuz
34.7K views10:40
Ochish/sharhlash
2022-07-01 11:54:32 Iltimos, hurmatli dindoshlar. Namozdan keyin yerga to’shalgan joynamozlarning changini o’sha joyning o’zida qoqmang. Imkoni bo’lsa, biroz chekkaroqqa o’tib, changi atrofdagilarga xalaqit qilmaydigan darajada qoqsangiz, chiroyli ish bo’lar edi. Tushunganingiz uchun katta rahmat, Alloh rozi bo’lsin barchamizdan.

P.S.: agar siz ham shunaqa joynamozini hammayoqni changitib qoqayotgan insonlarni ko’rsangiz, katta iltimos, ularning ko’ngliga qattiq botmaydigan, hammaning oldida izza qilmaydigan tarzda halimlik bilan ogohlantirib qo’ying. Qattiq gapirsangiz, aksincha ta’sir qilishi mumkin. Rahmat.


@xushnudbekuz
32.7K views08:54
Ochish/sharhlash
2022-07-01 08:55:48
Nega menda to’lov chiqmayapti?

JAVOB: agar siz joriy yil emas, avvalgi yillarda tugatgan bo’lsangizu, lekin to’lov qilish uchun invoys chiqmayotgan bo’lsa, demak, siz to’lovdan ozod qilingan 4 ta toifadan birisiz:

1) nogironligi bor shaxs;
2) to’liq davlat ta’minotidagi shaxs;
3) o’zi yoki ota-onasi “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan;
4) “Yoshlar daftari”ga kiritilgan.

Ayrimlar o’zi ham qaysidir tizimga kiritilganidan bexabar. Shu sababli to’lov chiqmayotganidan hayron va testga kirolmay qolaman, degan xavotirda.

DTM endilikda to’lovdan ozod bo’lgan abituriyentlar uchun nega ozod bo’lganini tushuntirib, eslatma chiqarmoqda. Agar sizda shunaqa yozuvlar chiqsa, demak bilingki, sizda imtiyoz bor va siz testga kirish uchun pul to’lamaysiz. “Testga kirolmay qolar ekanman” degan xavotirga o’rin yo’q.


@xushnudbekuz
192.5K views05:55
Ochish/sharhlash
2022-06-30 22:09:35
O’zbekiston U-23 terma jamoasi sardori Jasurbek Jaloliddinov bilan selfi.

Medallar muborak bo’lsin!


@xushnudbekuz
198.8K views19:09
Ochish/sharhlash
2022-06-30 21:05:30
Shavkat Mirziyoyev bugun “Yangi O’zbekiston” bog’ida “Zakovat” pavilyoniga tashrif buyurdi.

“Zakovat” rivoji haqida ko’p suhbatlashdik, oldimizga yangi vazifalar qo’ydilar.

“Zakovat” maktablarini tashkil etish tashabbusini bildirdilar. Bunday maktablarning dastlabkisi Xorazmda ochiladigan bo’ldi.


@xushnudbekuz
210.7K views18:05
Ochish/sharhlash