Get Mystery Box with random crypto!

Xushnudbek - o‘ta shaxsiy

Telegram kanalining logotibi xushnudbekuz — Xushnudbek - o‘ta shaxsiy X
Telegram kanalining logotibi xushnudbekuz — Xushnudbek - o‘ta shaxsiy
Kanal manzili: @xushnudbekuz
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 49.97K
Kanalning ta’rifi

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning asosan shaxsiy fikrlari yoritiladigan kichik kanali.
Asosiy kanal — @xushnudbek.

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 75

2022-09-01 13:40:31
Kontraktda o‘qiyotan talabalar uchun XushnudbekUz kanali Mustaqillik taʼlim granti eʼlon qiladi

2 yil avval yaxshi niyatlar bilan MetsenatUz loyihasini boshlagandik. Loyihadan asosiy maqsad taʼlimga investitsiya kiritish, ehtiyojmand talabalarga ilm olishlari uchun moddiy ko‘mak berish, jamiyatda metsenatlik (homiylik) madaniyatini shakllantirish edi.

Allohga shukr, bugun mamnuniyat bilan navbatdagi taʼlim grantini eʼlon qilmoqchimiz.

Mustaqilligimizning 31 yilligi munosabati bilan XushnudbekUz Telegram kanali eʼlon qilgan taʼlim grantida 31 nafar talabaga 5 mln so‘mdan, jami 155 mln so‘mlik mablag‘lar to‘lab berishni niyat qildik.

Maʼlumot: ushbu grant uchun ajratilayotgan mablag‘lar XushnudbekUz kanalida eʼlon qilingan reklamalar hisobidan qoplanadi.

ONLAYN ARIZA TOPSHIRISH

Taʼlim granti haqida maʼlumot:

Qaysi OTMlar uchun: barcha davlat, nodavlat, diniy taʼlim muassasalari uchun
Qaysi bosqich uchun: bakalavriatning barcha bosqichi
Qaysi taʼlim shakli uchun: kunduzgi, sirtqi, kechki va masofaviy
Qaysi jihatlarga ustunlik beriladi: o‘zlashtirish ko‘rsatkichi yuqori, ijtimoiy himoyaga muhtoj, yetim va chin yetim, nogironligi bor talabalar.
Kvota soni: 31 nafar (buning 5 nafari TDYUU talabalari uchun)
Taʼlim granti miqdori: 5 mln so‘m (jami 155 mln so‘m)
Ariza topshirishning so‘nggi kuni: 30-sentabr

ONLAYN ARIZA TOPSHIRISH

P.S.: arizalar to’liqligicha elektron tizimda qabul qilinishi tufayli mabodo hujjat topshirishda texnik muammo yoki tushunmovchilik bo‘lsa, izohlarda yozib qoldirishingiz mumkin.


@xushnudbekuz
4.8K views10:40
Ochish/sharhlash
2022-09-01 11:51:50
Kechagi bayramdan esdalik uchun foto.

Mabodoga Instagramdagi sahifam:
instagram.com/xushnudbek
12.5K views08:51
Ochish/sharhlash
2022-09-01 06:10:10 Barchaga bayram muborak, aziz yurtdoshlar!

Mustaqilligimiz abadiy bo’lsin!
19.7K views03:10
Ochish/sharhlash
2022-08-31 22:17:29 Shoshilinch xabar:

Biroz avval O’zbekistonni yoz tark etibdi. Aytishlaricha, u egri yo’llar orqali, chegarachilarimizning ko’zini shamg’alat qilib chiqib ketishga erisha olgan. U O’zbekistondan o’zi bilan juda katta miqdorda quyosh nurini olib chiqib ketgani gumon qilinmoqda.

Hozircha ushbu shov-shuvli ish bo’yicha rasmiylar izoh berishmayapti. Olingan ma’lumotlarga ko’ra, hozirda uyushgan jinoiy guruhning vakili sifatida taxmin qilingan kuz so’roq qilish uchun tergovga chaqirilgan.

Voqealar rivojini kanalimizda kuzatib boring.


@xushnudbekuz
34.2K viewsedited  19:17
Ochish/sharhlash
2022-08-31 19:16:53
Tantanali tadbirdan so‘ng 6 daqiqadan ko‘proq vaqt davomida bayram salyuti otildi.
285 views16:16
Ochish/sharhlash
2022-08-31 08:16:28
Ўзбекистон Миллий ахборот агентлигининг @uza_uz телеграм каналида 31 август куни, соат 11:00 да Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ҳамда Марказий банк масъул ходимлари иштирокида “Таълим кредити, ижара шартномаси ва ётоқхоналар ” мавзусида ОВОЗЛИ ЧАТ ўтказилади.

Ушбу мавзу юзасидан саволларингиз бўлса
(
https://t.me/uza_uz/64256) қуйида қолдиринг.

Ўзбекистоннинг ягона расмий ахборот агентлиги

Тelegram | Facebook | Instagram | You Tube
21.3K views05:16
Ochish/sharhlash
2022-08-30 08:00:10
Sizningcha, qaysi kompaniyaning aloqa va xizmat ko'rsatish sifati boshqalarga qaraganda yaxshiroq? (alifbo tartibida)
Anonymous Poll
31%
Beeline
3%
Humans
11%
Mobiuz
2%
Perfectum Mobile
22%
Ucell
17%
Uzmobile
2%
Barchasi yaxshi ishlaydi
13%
Barchasi yomon ishlaydi
16.8K voters23.9K views05:00
Ochish/sharhlash
2022-08-30 07:38:48
Uztelecom tizimida mobil aloqada 2 kundan buyon texnik muammolar yuzaga kelgan. Mijozlar hisobida yetarli mablag‘ bo‘lsa ham, ammo telefon raqam bloklanib qolmoqda va qo‘ng‘iroq qilganda "Hisobingizda mablag‘ yetarli emas" degan javob kelyapti. O‘z-o‘zidan mobil internet ham ishlamayapti, SMSlar kelishi ham bloklangan.

Kompaniya Call-markazi xodimlari tizimda muammo bo‘layotgani, bunday holat ko‘plab mijozlarda kuzatilayotgani, toki muammo bartaraf etilgungacha kutib turishni maslahat berishmoqda.

Ammo kompaniyaning o‘zi tizimdagi ushbu muammolar haqida bir og‘iz ham gapirmayapti, biror joyda ommaviy ogohlantirish berib, mijozlardan uzr so‘ramayapti.

Ha, endi, o‘zimizning jonajon monopol kompaniyalarimizdan yana nimani kutish mumkin.

@xushnudbekuz
27.5K views04:38
Ochish/sharhlash
2022-08-29 17:20:17
my.gov.uz orqali pasportimni ID kartaga almashtirish uchun ariza bermoqchi edim, dastlab anketa to'ldirdimu, lekin yuborish tugmasini bosganimda xatolik yuz berdi. Endi shu xizmat sahifasi umuman ochilmay qoldi.

E - Elektronlashtirolmayotganligimizdandirda
30.0K views14:20
Ochish/sharhlash