Get Mystery Box with random crypto!

Yevropa chempionatida qaysi jamoaga muxlislik qilyapsiz? Men | Xushnudbek - o‘ta shaxsiy

Yevropa chempionatida qaysi jamoaga muxlislik qilyapsiz?

Men esimni tanib, tushunib ko’rgan birinchi katta turnirim — 1998-yilgi Jahon chempionati bo’lgan. O’shanda Italiya va Braziliya jamoalari muxlisiga aylanganman. Ikkalasida ham dahshatli tarkib edi.

Shundan buyon xalqaro maydonlardagi barcha turnirlarda shu ikki jamoaga muxlislik qilaman.

Italiyaning Yevrodagi o’yinini ko’rib, ancha xotirjamman. Tarkibda birorta tayinli yulduz yo’q (yarmini umuman eshitmaganman), o’yini ham judaa unaqa zo’r emas. Kecha ispanlardan ham yutqazdi, mana.

Lekin aynan mana shunaqa Italiya ancha xavfli. Bir amallab, guruhdan zo’rg’a chiqib olsa bo’ldi, uyog’iga italyancha rejimni yoqib olishadi. O’shanchun agar “o’lim” guruhidan chiqib ololsa, kamida yarim finalga borsa kerak, deb umid qilyapman. Yana ham vaqt ko’rsatadi qolganini.


@xushnudbekuz