Get Mystery Box with random crypto!

Xushnudbek - o‘ta shaxsiy

Telegram kanalining logotibi xushnudbekuz — Xushnudbek - o‘ta shaxsiy X
Kanaldagi mavzular:
Kechki
Telegram kanalining logotibi xushnudbekuz — Xushnudbek - o‘ta shaxsiy
Kanaldagi mavzular:
Kechki
Kanal manzili: @xushnudbekuz
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 50.79K
Kanalning ta’rifi

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning asosan shaxsiy fikrlari yoritiladigan kichik kanali.
Asosiy kanal — @xushnudbek.

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 79

2022-08-27 21:13:25 Qani, natijalarni yuboringlarchi, kimda hosil qanaqa bo’libdi? Qovunmi, tarvuzmi? :)
41.1K views18:13
Ochish/sharhlash
2022-08-27 21:08:18 Mandat chiqdi!
47.1K views18:08
Ochish/sharhlash
2022-08-27 13:57:33
Bugungi kun uchun aktual rasm
55.8K views10:57
Ochish/sharhlash
2022-07-08 08:09:54 Arafa Muborak!
1.9K views05:09
Ochish/sharhlash
2022-07-07 20:16:44
Savol: Ассалому алайкум. ОТМ га дакумент топширишда сиртки ни танлаб 5 та юналишни бирини узбек , бошка бирини рус тили юналишини танласа буладими

JAVOB: Yo’q, bo’lmaydi. Beshala yo’nalish ham bir xil tilda bo’lishi kerak. Beshta yo’nalishni tanlashdan oldin ta’lim tilini tanlash kerak bo’ladi. Shundan keyingina yo’nalishlar tanlash imkoniyati ochiladi.
14.2K views17:16
Ochish/sharhlash
2022-07-07 17:23:10
Ayrimlar o‘tgan yilgi o‘tish ballarini qayerdan topish mumkinligi haqida ham so‘rashmoqda.

mandat.dtm.uz saytida barcha maʼlumotlar bor. Keragidan ortiq darajada ko‘p maʼlumot bor, bemalol tanishib chiqishingiz mumkin.
19.9K views14:23
Ochish/sharhlash
2022-07-07 16:14:08
2022-yilda o‘qishni tugatgan abituriyentlar diqqatiga!
#abituriyent

Avval xabar berganimizdek, joriy yilda maktab, litsey, kollej va texnikumni tugatgan ayrim abituriyentlarda ro‘yxatdan o‘tishda muammo bo‘layotgan edi. Yaʼni avtomat ravishda ularning tugatgan muassasasi ko‘rinmayotgandi, shu sababli ko‘pchilik tugatgan yilini 2021-yil deb ko‘rsatishga majbur bo‘lishgandi.

DTM saytida ana shunday abituriyentlar uchun yangi funksiya paydo bo‘ldi. Shaxsiy profilingizga kirib, "Tugatgan taʼlim muassasasi" degan sahifani bossangiz, u yerda “YANGILASH” degan tugma turibdi.

Agar Siz 2022-yilda tugatgan bo‘lsangizu, lekin 2021 yoki boshqa yilni tanlab ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsangiz, unda mana shu “Yangilash” tugmasini bosib ko‘ring. Agar sizning maʼlumotlaringiz bazaga kiritilgan bo‘lsa, unda darrov yangi va to‘g‘ri maʼlumotlar paydo bo‘lib qoladi.

Bundan tashqari 2022-yilda tugatganlar aslida testga kirish uchun to‘lov qilmasligi kerak. Ammo ular noiloj 2021-yil deb ko‘rsatgani uchun ularga to‘lov invoysi shakllantirilgan. “Yangilash” tugmasini bosganingizda maʼlumotlaringiz o‘zgarsa, unda avtomat ravishda to‘lov invoysi ham yo‘qoladi va siz to‘lov qilishingiz shart bo‘lmaydi.

Agar 2022-yilda o‘qishni tugatganlardan kimdir 2021-yil deb ro‘yxatdan o‘tib, allaqachon to‘lovni ham qilishga ulgurgan bo‘lsa, unda testlar tugagach DTMga ariza yozsa, to‘lov pulini qaytarib berishadi.

Xullas, shunaqa gaplar. Shu tugmadan bir foydalanib ko‘ringchi, o‘xshasa, kommentlarda xabar berib qo‘yarsiz. Agar hech narsa yangilanmasa, demak, bilingki, sizning maʼlumotlaringiz haligacha bazaga kiritilmagan. Bunaqa vaziyatda o‘zingiz o‘qigan joyga (maktab, litsey, kollej, texnikum) murojaat qiling.

2022-yildan avval tugatgan abituriyentlarga bu tugmaning keragi yo‘q.

Tushuntira oldim degan umiddaman.

@xushnudbekuz
18.8K viewsedited  13:14
Ochish/sharhlash
2022-07-06 20:26:36
DTMdan SMS keldi menga. Nega yo’nalish tanlamayapsan, yuraverasanmi lallayib, tezroq bir qarorga kelsang bo’lmaydimi, degan gapni qog’ozga o’rab yuborishibdi
24.5K views17:26
Ochish/sharhlash
2022-07-05 20:28:17 Ko‘pchilik maqsadli qabul haqida tushuntirish berishimni so‘rayotgan edi. 2 yil oldin jonli efirda imkon qadar bu haqida maʼlumot bergandim. Bugun o‘sha qismini yana qayta YouTube kanalimga joyladim.

Kimga qiziq bo‘lsa, ko‘rib olishlari mumkin.





Qabulga oid jonli efirning o'zini mana bu yerdan ko'rsangiz bo'ladi, ko'plab foydali ma'lumotlar bor:



28.4K views17:28
Ochish/sharhlash
2022-07-05 12:54:14
Barchaga jiddiy maslahat!

Shu kunlarda OTMlarga qabul jarayonlari davom etmoqda. Abituriyentlar o‘zlarining tushunmagan savollarini turli guruhlar yoki ijtimoiy tarmoqlarda yozishmoqda.

Ammo baʼzi yoshlar bu jarayonda bilmasdan shaxsiy maʼlumotlarini ham ochiq platformalarda qoldirayotganini ko‘rish mumkin.

Masalan, yuqoridagi suratda 2 ming kishilik guruhda bir abituriyent (huquqshunoslik kollejini tugatgan ekan!) o‘zining pasport maʼlumotlari, JSHSHIR, tug‘ilgan sanasi, yashash manzili, qachon va qayerni tugatgani kabi maʼlumotlarni yozib qoldirgan (qizil rang bilan men berkitib chiqdim, originalida ochiq edi).

Hurmatli, do‘stlar!

Bir narsani yodda tuting va hech qachon unutmang. Shaxsiy maʼlumotlaringizni hech qachon begonalar oldida oshkor qilmang. Ularni ochiq internetda qoldirmang. Zamonaviy dunyoda internet firibgarlari juda keng tarqalgan va ularning qo‘liga sizning shaxsiy maʼlumotlaringiz tushib qolsa, o‘z g‘arazli maqsadlari yo‘lida foydalanishlari mumkin.

Agar mabodo o‘zgalar shu kabi shaxsiy maʼlumotini ochiq qoldirganini ko‘rsangiz, ularni ham ogohlantirib qo‘ying.


@xushnudbekuz
190.3K viewsedited  09:54
Ochish/sharhlash