Get Mystery Box with random crypto!

Barchaga jiddiy maslahat! Shu kunlarda OTMlarga qabul jarayon | Xushnudbek - o‘ta shaxsiy

Barchaga jiddiy maslahat!

Shu kunlarda OTMlarga qabul jarayonlari davom etmoqda. Abituriyentlar o‘zlarining tushunmagan savollarini turli guruhlar yoki ijtimoiy tarmoqlarda yozishmoqda.

Ammo baʼzi yoshlar bu jarayonda bilmasdan shaxsiy maʼlumotlarini ham ochiq platformalarda qoldirayotganini ko‘rish mumkin.

Masalan, yuqoridagi suratda 2 ming kishilik guruhda bir abituriyent (huquqshunoslik kollejini tugatgan ekan!) o‘zining pasport maʼlumotlari, JSHSHIR, tug‘ilgan sanasi, yashash manzili, qachon va qayerni tugatgani kabi maʼlumotlarni yozib qoldirgan (qizil rang bilan men berkitib chiqdim, originalida ochiq edi).

Hurmatli, do‘stlar!

Bir narsani yodda tuting va hech qachon unutmang. Shaxsiy maʼlumotlaringizni hech qachon begonalar oldida oshkor qilmang. Ularni ochiq internetda qoldirmang. Zamonaviy dunyoda internet firibgarlari juda keng tarqalgan va ularning qo‘liga sizning shaxsiy maʼlumotlaringiz tushib qolsa, o‘z g‘arazli maqsadlari yo‘lida foydalanishlari mumkin.

Agar mabodo o‘zgalar shu kabi shaxsiy maʼlumotini ochiq qoldirganini ko‘rsangiz, ularni ham ogohlantirib qo‘ying.


@xushnudbekuz