Get Mystery Box with random crypto!

Biroz avval Sobir Rahimov avtovokzali oldida ko’z o’ngimda dah | Xushnudbek - o‘ta shaxsiy

Biroz avval Sobir Rahimov avtovokzali oldida ko’z o’ngimda dahshatli yo’l transport hodisasi bo’ldi. Qarama-qarshi tomondan kelayotgan mashina boshqaruvni yo’qotib, bordyor ustiga chiqib ketdi va o’rtadagi simyog’ochga qattiq urildi. Zarba shu darajada qattiq bo’ldiki, oldi qismi ichkariga kirib ketdi va mashina simyog’ochga qadalib qoldi.

Agar o’rtada simyog’ochga urilmaganda bordyordan sakrab kelib to’g’ri men o’tirgan mashinaga urilgan bo’lardi edi (rulda emasdim, taksida edim).

O’lim shundoq burnimiz tagida yuradi, lekin biz xuddi umrbod yashaydigandek tutamiz o’zimizni.

Alloh barchamizni falokatlardan asrasin. O’sha mashinadagilarning ham jonini omon qilsin (tez yordam chaqirildi).


@xushnudbekuz