Get Mystery Box with random crypto!

Xorijdan Perevod | Ta‘lim yangiliklari 🏛

Telegram kanalining logotibi xorijdan_perevod — Xorijdan Perevod | Ta‘lim yangiliklari 🏛 X
Telegram kanalining logotibi xorijdan_perevod — Xorijdan Perevod | Ta‘lim yangiliklari 🏛
Kanal manzili: @xorijdan_perevod
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 20.85K
Kanalning ta’rifi

Xorijiy oliygohlarda ta‘lim olayotgan O‘zbekiston Yoshlari uchun o‘qishga kirish va xorijdan o‘qishini perevod qilish bo‘yicha eng so‘ngi yangiliklar kanali.
👨‍👦‍👦Guruhimiz: @Xorijdanperevod
Reklama uchun: @Rasmiy_agent

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2022-11-29 10:49:27
#kontrakt

Barcha davlat oliy ta’lim talabalari uchun 2022/2023 oʻquv yili boʻyicha toʻlov-kontrakt miqdorlari

Foydali bot: @Pdfimage_bot

Perevod bo‘yicha so‘ngi yangiliklar
@Xorijdan_Perevod
332 views07:49
Ochish/sharhlash
2022-11-27 21:10:18 #Nostrifikatsiya

NOSTRIFIKATSIYA O'ZI NIMA?

“Nostrifikatsiya" soʻzi lotincha “noster" - “bizniki" hamda “facere" - “qilmoq" soʻzlaridan olingan. Amalda ushbu atama xorijda berilgan diplomlarni davlat darajasida tan olish, ekvivalentligini qayd etishni bildiradi.

NOSTRIFIKATSIYA QANDAY OLINADI?

Bir narsani bilishingiz kerakki, xorijda olingan har qanday diplom Oʻzbekistonda tan olinishi uchun nostrifikatsiya qilinishi kerak. Faqat hukumatlararo shartnomalar asosida tashkil etilgan OTMlarning diplomi bundan mustasno (Vestminstr, MDIS, Turin, Inxa va h.k.).

Xorijiy diplomlarni nostrifikatsiya qilishning 2 xil yoʻli bor:
biri imtihon asosida,
ikkinchisi imtihonsiz.

IMTIHONSIZ NOSTRIFIKATSIYA

2019-yil 1-martdan boshlab quyidagi shaxslarning xorijiy davlatlarda berilgan diplomlari toʻgʻridan-toʻgʻri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadi va nostrifikatsiya qilinadi:

Oʻzbekiston hududida alohida boʻlinmalari (filiallari) va qoʻshma taʼlim muassasalari faoliyat yuritayotgan xorijiy taʼlim muassasalarida taʼlim olgan Oʻzbekiston fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning;

 QS, THE, ARWU reytingida TOP-1000 talikka kirgan xorijiy OTMlarda taʼlim olganlarning (ilgari TOP-500 edi);

tasarrufida OTMlari boʻlgan Oʻzbekiston vazirlik va idoralarining yoʻllanmalari asosida mutaxassislarni maqsadli tayyorlash uchun xorijiy davlatlar tomonidan ajratilgan kvotalar (grantlar) hisobidan taʼlim olgan fuqarolarning;

1992-yil 1-yanvargacha xorijiy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirgan fuqarolarning;

Oliy taʼlimda sifatni kafolatlash Yevropa assotsiatsiyasining (European Association for Quality Assurance in Higher Education) toʻlaqonli aʼzolari - vakolatli tashkilotlar tomonidan akkreditatsiya qilingan taʼlim muassasalarida taʼlim olgan fuqarolarning, ayrim istisnolar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi;

AQSH, Avstraliya, Isroil, Kanada, Singapur, Janubiy Koreya, Yaponiya davlatlarining ushbu davlatlar vakolatli tashkilotlari tomonidan akkreditatsiya qilingan taʼlim muassasalarida taʼlim olgan fuqarolarning, ayrim istisnolar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi;

Xorijiy OTMlarda mutaxassislarni maqsadli tayyorlash uchun Oʻzbekistonning vazirlik va idoralari tomonidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan taʼlim olgan fuqarolarning;

Oʻzbekistonning xalqaro shartnomalari, Prezident va Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.

Diplomni nostrifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi arizalar faqatgina Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi.

MAXSUS IMTIHON BILAN NOSTRIKATSIYA

Agar siz oʻqigan OTM ushbu roʻyxatda boʻlmasa, demak, Sizning diplomingiz maxsus imtihondan keyingina Oʻzbekistonda tan olinadi.

Qanday hujjatlar zarur? 

diplom va ilovaning asli (ariza qabul qilingandan soʻng egasiga qaytariladi);

diplom va ilovani aslini davlat (oʻzbek) tiliga tarjima qilib notariusdan tasdiqlangani (2 nusxada);

pasport va pasport nusxasi;

davlat boji toʻlanganligi haqidagi kvitansiya (bazaviy hisoblash miqdorining 3 barobari – 735 ming so'm).


Hujjatlarni topshirish onlayn tizimida amalga oshiriladi.

Taʼlim shakli ham mos boʻlishi kerak

Diplomingiz nostrifikatsiya qilinishi uchun albatta Siz oʻqigan xorijiy OTMdagi taʼlim shakli Oʻzbekistonda ham mavjud boʻlishi lozim.

Perevod bo‘yicha so‘ngi yangiliklar
@Xorijdan_Perevod
666 viewsedited  18:10
Ochish/sharhlash
2022-11-25 16:43:01
JCH vaqtida darsda o'tirgan talabalar!

Foydali bot:
@Pdfimage_bot

Perevod bo‘yicha so‘ngi yangiliklar
@Xorijdan_Perevod
669 views13:43
Ochish/sharhlash
2022-11-25 16:13:29 XORIJDAGI TALABALAR uchun o'qishni ko'chirish imkoniyatini qo'ldan boy bermang

Hozirning o'zidayoq 2 va 3-kursni O'zbekistonda davom ettiring.

Firma to’loviga 20%Chegirma asosida  o’qishga topshiring!

Bizga murojaat qiling va talabalar safidan joy oling
DAVOLASH ISHI 2-kursga
PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA(sirtqi va kunduzgi)
MAKTABGACHA TA'LIM(kunduzgi va sirtqi)
BOSHLANGICH TA'LIM(sirtqi va kunduzgi)
XORIJIY TIL VA ADABIYOTI(kunduzgi va kechki)
IQTISOD
TURIZM
TARIX

Online murojaat:

@worldforum_operator1
Toshkent filial:

33-978-00-09
817 views13:13
Ochish/sharhlash
2022-11-24 11:50:05
#bilasizmi?

Talabalar nechinchi bosqichdan boshlab maktabda dars berishga haqli va necha soatgacha?

Batafsil:
https://telegra.ph/Talaba-10-soatdan-ortiq-dars-berishi-mumkin-emasmi-08-24

Foydali bot: @Pdfimage_bot

Perevod bo‘yicha so‘ngi yangiliklar
@Xorijdan_Perevod
833 views08:50
Ochish/sharhlash
2022-11-24 10:50:17
Yaponiya Xalqaro universitetida o'qing va Yaponiyada KAFOLATLANGAN ISHga ega bo'ling!

Japanese International University (JIU) yapon standartlariga asoslangan xalqaro universitet bo'lib, O'zbekistonda ilk bor Yaponiyaning SSI tashkiloti bilan hamkorlikda eng yaxshi natija ko'rsatgan talabalarni Yaponiyada ish bilan taminlaydi!

JIU talabasi sifatida siz quyidagi yo'nalishlarda o'qishingiz mumkin:
Biznes boshqaruv
Moliya
IT
Pedagogika
Turizm

Universitetni yaxshi natijaga bitiring va Yaponiya o'rtacha yillik $50,0000 maosh to'laydigan nufuzli tahskilotlarda ishlang.

Agarda Siz ham JIU universiteti talabsi bo'lib, Yaponiyaning nufuzli kompaniyalarida ishlamoqchi bo'lsangiz, unda quyidagi link orqali ariza qoldiring!

https://bit.ly/xorijdan_perevod
930 views07:50
Ochish/sharhlash
2022-11-24 10:01:51 Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 10-dekabrga qadar uzaytirildi

2022/2023-oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari, magistratura mutaxassisliklariga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar hamda oʻqishini koʻchirayotgan va tiklayotgan talabalar uchun belgilangan kontrakt toʻlovlarini toʻlashning soʻnggi muddati joriy yilning 10-dekabriga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi.

Shuningdek, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar, xorijiy (filiallar) va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan oʻqishini koʻchiriyotgan talabalar uchun bir yillik oʻqitish qiymatining 50 foizini toʻlash va talabalar safiga qabul qilishning soʻnggi muddati ham 10-dekabr (shu kuni ham) etib belgilandi.

Edu.uz

Foydali bot: @Pdfimage_bot

Perevod bo‘yicha so‘ngi yangiliklar
@Xorijdan_Perevod
938 views07:01
Ochish/sharhlash
2022-11-24 09:00:02
Tibbiyot sohasiga o'qishini ko'chirmoqchi bo'lgan talabalar diqqatiga!

Namangan shahrida joylashgan "Impuls tibbiyot instituti" xorijdan va yurtimizdagi oliygohlardan o'qishini ko'chirmoqchi bo'lgan talabalar uchun qabul jarayonlarini boshladi.

Ta'lim yo'nalishi:
Davolash ishi, kunduzgi

Imtihonlardan muvaffaqqiyatli o'tgan talabgorlar chegaralangan kvota asosida talabalikka qabul qilinadi. Hech qanday firma to'lovlari mavjud emas.

(Litsenziya — №047559, 09.11.2022y)

Oliygoh haqida batafsil ma'lumot

Onlayn ro'yxatdan o'tish: https://bit.ly/3OB9Qqd

Manzil: Namangan shahar, G'ishtko'prik MFY, K. Otamirzayev ko'chasi, 1-uy.

(69) 239 50 15
988 views06:00
Ochish/sharhlash
2022-11-23 19:34:36Sessiya bu - ...

Sessiya bu - internet bilan yuksak hamkorlik va undagi ma'lumotlarga "mening fikrimcha", "xulosam shuki" kabi qolipdagi so'zlarni qo'shib, shu orqali "ijod etgani"ni ko'rsatish...

Sessiya bu - a'lochi talaba bo'lsang, kursdoshlaring tomonidan ismingga "jon" qo'shimchasi qo'shib murojaat qilinishi

Sessiya bu - "baribir domla o'qimaydi-ku" deb daftarni savollarga aloqasi yo'q javoblar bilan to'ldirish...

Sessiya bu - daftar to'lishi qiyin bo'lganida o'rtasidan 2 varoqni yirtvolib, go'yoki daftarning o'rtasiga tezroq kelganini bildirish...

Sessiya bu - ayrim joylarda o'qituvchilar uchun yiliga 2 marta hosil oladigan hosil bayrami...

Sessiya bu - qo'llaringni maqtashing, qo'llaring esa seni qarg'ashi...

Sessiya bu - 12 varoqli daftar sotuvchilarining kuni tug'ishi...

Sessiya bu - domlalar tanimagan talabalarini "tanib olishi" yoki aksi...

Sessiya bu - abituriyentlikdagi bilimlarni yana esga olishing...

Sessiya bu - ayrimlarning "hushidan ketib qolishi-yu", ayrimlarning esa 1-avgustda yordamlashgan tankasini yana ishga solishi...

Sessiya bu - sen boshqacha o'ylagan domla "o'ylamaganing"ni qilishi-yu, aksincha o'ylamaganing "o'ylagani"ni qilishi...

Sessiya uchun foydali bot: @Pdfimage_bot

Perevod bo‘yicha so‘ngi yangiliklar
@Xorijdan_Perevod
1.3K viewsedited  16:34
Ochish/sharhlash
2022-11-22 09:00:08 Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 10-dekabrga qadar uzaytirildi

2022/2023-oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari, magistratura mutaxassisliklariga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar hamda oʻqishini koʻchirayotgan va tiklayotgan talabalar uchun belgilangan kontrakt toʻlovlarini toʻlashning soʻnggi muddati joriy yilning 10-dekabriga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi.

Shuningdek, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar, xorijiy (filiallar) va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan oʻqishini koʻchiriyotgan talabalar uchun bir yillik oʻqitish qiymatining 50 foizini toʻlash va talabalar safiga qabul qilishning soʻnggi muddati ham 10-dekabr (shu kuni ham) etib belgilandi.

Edu.uz

Foydali bot: @Pdfimage_bot

Perevod bo‘yicha so‘ngi yangiliklar
@Xorijdan_Perevod
572 views06:00
Ochish/sharhlash