Get Mystery Box with random crypto!

Xorijdan Perevod | Ta‘lim yangiliklari 🏛

Telegram kanalining logotibi xorijdan_perevod — Xorijdan Perevod | Ta‘lim yangiliklari 🏛 X
Telegram kanalining logotibi xorijdan_perevod — Xorijdan Perevod | Ta‘lim yangiliklari 🏛
Kanal manzili: @xorijdan_perevod
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 20.85K
Kanalning ta’rifi

Xorijiy oliygohlarda ta‘lim olayotgan O‘zbekiston Yoshlari uchun o‘qishga kirish va xorijdan o‘qishini perevod qilish bo‘yicha eng so‘ngi yangiliklar kanali.
👨‍👦‍👦Guruhimiz: @Xorijdanperevod
Reklama uchun: @Rasmiy_agent

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 17

2022-07-06 15:58:45 DIQQAT

Xorijdan o'qishini ko'chirayotgan talabalar uchun to‘liq va rasmiy ma‘lumotlar yetkazib berayotgan quyidagi kanalni tafsiya qilamiz!

Ushbu kanal orqali siz:
O‘tish ballari
Oliygoh fakultetlari
Perevod uchun kerakli hujjatlar
Qabul qilish tartibi
Onlayn ariza topshirish tartibi
Imtihon sanalari

va boshqa qo‘shimcha ma'lumotlarga ega bo‘lasiz!

Obuna bo‘ling
https://t.me/+lUj_w7YQDuozODgy
566 views12:58
Ochish/sharhlash
2022-07-06 13:21:30 ​​​​Rasman! Xorijdan o‘qishni ko‘chirish uchun arizalar 15-iyuldan 5-avgustga qadar qabul qilinadi!

Xorijiy davlatlarning akkreditasiyaga ega bo‘lgan OTMlaridan O‘zbekiston OTMlariga o‘qishni ko‘chirish O‘zbekiston ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi qarori bilan amalga oshiriladi.

Kerakli hujjatlar:

• ariza
• reyting daftarchasi yoki akademik ma’lumotnoma nusxasi
• pasport nusxasi

Birinchi kursni tamomlagandan so‘ng o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha 15-iyuldan 5-avgustga qadar
www.transfer.edu.uz sayti orqali ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.

Imtihonlar test yoki yozma ish yoki kasbiy (ijodiy) imtihon shaklida topshiradi.

Sinov natijasi Davlat komissiyasiga taqdim etiladi va fuqaro Davlat komissiyasi qarori bilan ko‘rsatilgan o‘quv shaklidagi guruhlarga kontrakt asosida ko‘chiriladi
.

Xorijiy OTMlarning magistratura bosqichida o'qiyotgan talabalar o‘qishini O‘zbekiston OTMlariga ko‘chirilishiga ruxsat etilmaydi

Perevod bo‘yicha so‘ngi yangiliklar
@Xorijdan_Perevod
1.5K views10:21
Ochish/sharhlash
2022-07-06 13:08:52
#tarqatamiz

Xorijdan o'qishini ko'chirmoqchi bo‘lgan talabalar uchun beriladigan javoblar varaqasi namunasi (shu yilgi)


Ushbu namunani qog'ozga chiqarib, mashq qilishni boshlang.

Perevod bo‘yicha so‘ngi yangiliklar
@Xorijdan_Perevod
1.5K views10:08
Ochish/sharhlash
2022-07-01 14:24:52 #Eslatma

O‘qishni ko‘chirish jarayonlari boshlanishiga 15 kun qoldi.


15-iyuldan 5-avgustga qadar o'qishni ko'chirish va qayta tiklash uchun hujjatlar qabul qilinadi. — Talabgorlar onlayn shaklda ariza yozishlari mumkin.

Perevod bo‘yicha so‘ngi yangiliklar
@Xorijdan_Perevod
3.4K views11:24
Ochish/sharhlash
2022-07-01 11:27:18 #murojaat

Hurmatli, abituriyentlar! Sizlardan iltimos, qayerda o‘qish niyatingiz bo‘lsa, hozirdan o‘sha yerga topshiring. Perevodni unuting!

Mevachilik va uzumchilikka kirib, keyin shifokor bo‘laman, degan xomxayollarni miyangizdan chiqarib tashlang. Mevachilik qayerdayu tibbiyot qayerda.

Shifokor bo‘lmoqchimisiz, marhamat, hozir yaxshi o‘qing va jiddiy tayyorlaning, tibbiyot yo‘nalishlaridan biriga topshirib, yuqori ball bilan talaba bo‘ling.

Lekin “keyin perevod qivolaman” degan ko‘zbo‘yamachilikka bormang, Xudo xayringizni bersin, iltimos.

Yana bir iltimos, qaysi hududda o‘qish sizga qulay bo‘lsa, o‘sha hududga topshiring.

Ball pastroq bo‘larkan, deb uzoq hududga hujjat topshirib, o‘qishga kirgach, 1 yildan keyin “voy-dod, bu yerda qiynalib ketdimku, bizni dardimizni ham eshitadigan odam bormi, meni yashash joyimga, ota-onamning oldiga perevod qilinglar” deb nolib yurmang. Sizni hech kim boshqa hududga topshirsin, deb majburlayotgani yo‘q, qarorni o‘zingiz mustaqil qabul qilyapsiz, demak, o‘zingiz javob bering endi shunga.

Sharoitingiz bo‘lsa, boshqa hududga topshiring, sharoitingiz bo‘lmasa, topshirmang. Perevoddan umid qilmang. 99% holatda perevod qilolmaysiz.

Kelajagingiz uchun mas’uliyatli bo‘ling, qaror qabul qilishda jiddiyroq yondoshing.

Xushnudbek

Bizni kuzatib boring
@Talabalar_kanali_live

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+lUj_w7YQDuozODgy
2.7K views08:27
Ochish/sharhlash
2022-06-30 21:26:35 #yangilik

Endilikda oliy o‘quv yurtlarining sirtqi bo‘limiga o‘qishga qabul qilingan 500 nafar eng faol yoshlar yetakchisi bo‘lgan talabalarning kontrakt to‘lovlari Yoshlar ishlari agentligi tomonidan to‘lab beriladi. Bu haqda bugun, 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston” istirohat bog‘ida o‘tkazilgan bayram tadbirida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.

Bizni kuzatib boring
@Talabalar_kanali_live

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+lUj_w7YQDuozODgy
2.1K views18:26
Ochish/sharhlash
2022-06-28 12:23:59
Toshkentda fuqaroni Tojikistonga o‘qishga kiritib, keyin O‘zbekistondagi OTMga ko‘chirib berish uchun pul olgan shaxs ushlandi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Batafsil — http://dy.uz/AfHXj

Perevod bo‘yicha so‘ngi yangiliklar
@Xorijdan_Perevod
3.1K views09:23
Ochish/sharhlash
2022-06-28 08:03:46
Oʻqishni koʻchirish boʻyicha oʻtish ballari tasdiqlandi

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining tegishli buyrugʻi bilan 2022/2023 oʻquv yilida xorijiy davlatlardagi oliy taʼlim muassasalari, respublikamizda faoliyat yuritayotgan nodavlat va xorijiy (filiallar) oliy taʼlim muassasalaridan davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishni koʻchirish uchun oʻtish ballari tasdiqlandi.

Joriy yil tizimida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralarning takliflari umumlashtirilib, taʼlim sohalari kesimida oʻtish ballari belgilandi.

Perevod bo‘yicha so‘ngi yangiliklar
@Xorijdan_Perevod
3.1K views05:03
Ochish/sharhlash
2022-06-27 19:11:04 #eslatma

​​​​Xorijdan oʻqishni koʻchirish uchun arizalar 15-iyuldan 5-avgustga qadar qabul qilinadi

Xorijiy davlatlarning akkreditatsiyaga ega bo‘lgan OTMlaridan O‘zbekiston OTMlariga o‘qishni ko‘chirish O‘zbekiston ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi qarori bilan amalga oshiriladi.

Kerakli hujjatlar:

• ariza;
• reyting daftarchasi yoki akademik ma’lumotnoma nusxasi;
• pasport nusxasi.

Imtihonlar test yoki yozma ish yoki kasbiy (ijodiy) imtihon shaklida topshiradi.

Maxsus sinov natijasi Davlat komissiyasiga taqdim etiladi va fuqaro Davlat komissiyasi qarori bilan ko‘rsatilgan o‘quv shaklidagi guruhlarga to‘lov-kontrakt asosida ko‘chiriladi.

Xorijiy OTMlarning magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar o‘qishini O‘zbekiston OTMlariga ko‘chirilishiga ruxsat etilmaydi.

Perevod bo‘yicha so‘ngi yangiliklar
@Xorijdan_Perevod
2.9K views16:11
Ochish/sharhlash
2022-06-20 16:30:18 #pechat #perevod

O‘qishni ko‘chirish vaqtida kirdi-chiqdi pechatlar kerakmi?


Javob: Belgilangan nizom bo‘yicha o‘qishni ko‘chirish vaqtida xorijda o‘qiyotgan talaba uchun shaxsini tasdiqlovchi pasport va xorijiy oliy ta’lim muassasasida haqiqatdan borib o'qiganligini tasdiqlovchi ya'ni shu xorijiy davlatga kirganligi to‘g‘risidagi pechat kerak bo‘ladi.

Ko‘pchilik bunday pechat kerak emas deb o'ylaydi, lekin asosiy sizni xorijda o‘qiganligingizni tasdiqlovchi hujjat sifatida shu pechatlar ham asosiy ro‘l o'ynaydi.

Perevod bo‘yicha so‘ngi yangiliklar
@Xorijdan_Perevod
4.5K views13:30
Ochish/sharhlash