Get Mystery Box with random crypto!

Xorijdan Perevod | Ta‘lim yangiliklari 🏛

Telegram kanalining logotibi xorijdan_perevod — Xorijdan Perevod | Ta‘lim yangiliklari 🏛 X
Telegram kanalining logotibi xorijdan_perevod — Xorijdan Perevod | Ta‘lim yangiliklari 🏛
Kanal manzili: @xorijdan_perevod
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 20.85K
Kanalning ta’rifi

Xorijiy oliygohlarda ta‘lim olayotgan O‘zbekiston Yoshlari uchun o‘qishga kirish va xorijdan o‘qishini perevod qilish bo‘yicha eng so‘ngi yangiliklar kanali.
👨‍👦‍👦Guruhimiz: @Xorijdanperevod
Reklama uchun: @Rasmiy_agent

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-12-17 08:53:54
#bilasizmi

Keyingi yildan 14 ta pedagogik yo‘nalish sirtqi ta’lim shakliga qabul bo‘lmaydi

Prezident qaroriga muvofiq 2023/2024-o‘quv yili qabulidan boshlab pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining ilovada ko‘rsatilgan 14 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi.

Ushbu ro‘yxatda ko‘rsatilmagan pedagogika sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga ta’lim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida besh yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxslar qabul qilinadi.

O‘qish istagida bo‘lgan shaxslarning kamida besh yillik pedagogik ish stajiga ega ekanligiYagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidagi ma’lumotlar asosida belgilanadi.

Abituriyentlarga yuborib qoʻying

Perevod bo‘yicha so‘ngi yangiliklar
@Xorijdan_Perevod
895 views05:53
Ochish/sharhlash
2022-12-15 09:02:38 #Oliy_taʼlim

O‘zbekistondagi oliygohlar diplomi xorijiy davlatlarda ham tan olinadimi? 

JAVOB: Har bir mamlakat o‘z qonunchiligiga ega. Xorijiy davlatlarda ham boshqa davlat oliygohlaridan olingan diplomlarni tan olish tartibi bor. Mana shu tartibda diplomlar boshqa davlatlarda tan olinishiga erishish mumkin. — Taʼlim inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i S.Maqsudov

Ya‘ni, "bizning diplom MDH va Yevropa davlatlari ham tan olinadi" deya qilinayotgan reklamalar maskirovka hisoblanadi. Har bir davlatning diplomlarni tan olish to'g'risida o‘z qonunchiligi bor!

Perevod bo‘yicha so‘ngi yangiliklar
@Xorijdan_Perevod
440 views06:02
Ochish/sharhlash
2022-12-15 08:38:48
#pdf #konvertatsiya

Suratlarni pdf formatga oʻtkazib beruvchi telegram bot.

Bu bot – talabalar uchun sessiya paytida ayniqsa kerakli

LINK @Pdfimage_bot
537 views05:38
Ochish/sharhlash
2022-12-14 10:05:32 O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha tegishli qaror Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan qabul qilinadi

Ma’lumki, Davlat komissiyasining 7- va 8-son bayonlari bilan quyidagi hududlardan O‘zbekiston fuqarolarining o‘qishini O‘zbekistondagi davlat OTMlariga istisno tariqasida ko‘chirishga ruxsat berilgan:

7-son bayoni bilan — Kursk, Bryansk, Belgorod, Voronej, Rostov va Krasnodar hududlari;

8-son bayoni bilan — Qrim va Sevastopol hududlari.

Bunda:

o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar Davlat test markazi tomonidan qabul qilinishi;

talabalarning haqiqatda muayyan OTMda tahsil olganligini tekshirish Tashqi ishlar vazirligi tomonidan amalga oshirilishi;

o‘qishini ko‘chirishga ruxsat berish bo‘yicha qaror Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan qabul qilinishi belgilangan.

Shu sababli Davlat test markazi tomonidan 1-30-noyabr kunlari o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabul qilinib, barcha ma’lumotlar Tashqi ishlar vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga taqdim etilgan.

Perevod bo‘yicha so‘ngi yangiliklar
@Xorijdan_Perevod
1.7K viewsedited  07:05
Ochish/sharhlash
2022-12-14 07:48:49 #Qishki_perevod

Qishki perevodda qaysi uzrli sabablarga ko'ra o'qishni ko'chirish mumkin?

Talabalar qishki perevod vaqtida quyidagi uzrli sabablarga ko‘ra o'qishini ko'chirish mumkin.

Talaba bir hududdan ikkinchi hududga turmushga chiqish munosabati bilan ko‘chib o‘tganda.
Talabaning turmush o‘rtog‘i yoki ota-onasi harbiy xizmat o‘tash joyini o‘zgartirganda.
Talabaning ota-onasi (turmush o‘rtog‘i) xorijdagi davlat xizmatidan qaytganda
.

Joriy yildan talaba bir hududdan ikkinchi hududga doimiy yashash uchun ko‘chib o‘tishi uzrli sabablar ro‘yxatidan olib tashlandi. Demak, qishki perevodda ham ushbu sabab bilan o‘qishni ko‘chirib bo‘lmasligi mumkin.

Qishki perevod uchun qabul jarayonlari qachon boshlanadi? Javob...

Perevod bo‘yicha so‘ngi yangiliklar
@Xorijdan_Perevod
903 views04:48
Ochish/sharhlash
2022-12-14 07:24:18 #Qishki_perevod

Qishki perevod uchun qabul jarayonlari qachon boshlanadi?

Qishki perevod uchun ariza topshirish jarayonlari har yili 20-dekabr sanasidan keyingi yilning 20-yanvariga qadar bir oy davom etadi;

O‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizani ko‘rib chiqib, qaror qabul qilish — har yili 25-yanvardan 15-fevralga qadar amalga oshiriladi.

Qishki perevod jarayonlariga oid qo‘shimcha ma'lumotlarni keyingi postlarimizda kuting.

Perevod bo‘yicha so‘ngi yangiliklar
@Xorijdan_Perevod
967 viewsedited  04:24
Ochish/sharhlash
2022-12-13 08:00:55 Aytishlaricha, Bosh vazir Abdulla Aripov Vazirlar Mahkamasida bo‘lgan Rayosat majlisida oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulovga bir qator tizimli kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etmagani uchun hayfsan bergan.

Perevod bo‘yicha so‘ngi yangiliklar
@Xorijdan_Perevod
452 views05:00
Ochish/sharhlash
2022-12-12 16:30:33
#xulosa #arxiv

"Repetitor — bolalarga 1 yilda til, biologiya, matematika, fizikani oʻrgatadi. Nega maktablar 11 yilda farzandlarimizni mukammal oʻqitmaydi?"- Shavkat Mirziyoyev

Perevod bo‘yicha so‘ngi yangiliklar
@Xorijdan_Perevod
928 views13:30
Ochish/sharhlash
2022-12-12 15:29:32 TOSHKENT SHAHRIDAGI UNIVERSITETLARGA
2022/2023 yil uchun qo’shimcha qabul boshlandi!

Kunduzgi / Sirtqi / Kechki

Bakalavrda ta’lim yo‘nalishlari:
— Maktabgacha ta'lim
— Boshlang'ich ta'lim
— Matematika va Informatika
— Ona Tili va Adabiyoti
— Psixologiya
— Pedagogika va psixologiya.
— Tarix
— Falsafa.
— Sport
— Milliy g'oya,ma'naviyat asoslari va
huquq ta'limi
— Xorijiy til va adabiyoti  ( ingliz tili, rus tili, arab tili)
— Lingvistika tillar bo’yicha.
— Dasturiy injinering.
— Kompyutr injinering.
— Kiberxavfsizlik.
— Iqtisodiyot tarmoqlar va sohalar
— Jahon iqtisodiyoti.
— Buxgalteriya hisobi va Audit
— Bank ishi va Auditi
— Moliya.
— Sug'urta ishi
— Soliqlar va soliqqa tortish
— Axborot tizim va texnologiyalari
— Turizm
— Xalqaro Munosabatlar
— Dizayn
— Kadastr
— Defektologiya.
— Arxitektura.
— Giodeziya va kartografiya.
— Logistika


Qo'shimcha qulayliklar:
Xorijdan o'qishni ko'chirish 2-kursga
Xorijdan o’qishni ko’chirish 3-kursga
2-mutaxasislikda o'qish
Magistraturada o’qish

Tibbiyot yo’nalishiga faqat 1-kursdan
— Davolash ishi.
— Pediatriya ishi.

Tel:
+998933270685
+998974416455
+998943014703
1.0K views12:29
Ochish/sharhlash
2022-12-10 10:18:09
#diqqat #Fardu

Endilikda talabalar uchun darslar 60 minutdan boʻladi


Fargʻona davlat universiteti qish mavsumi uchun dars mashgʻulot jadvali boʻyicha talabalar va professor oʻqituvchilarga qulay shart sharoit yaratish maqsadida 60 minutlik jadvalga asosan 2022-yil 12-dekabr kunidan amal qilishni boshlaydi.

Perevod bo‘yicha so‘ngi yangiliklar
@Xorijdan_Perevod
891 viewsedited  07:18
Ochish/sharhlash