Get Mystery Box with random crypto!

Xorijdan Perevod | Ta‘lim yangiliklari 🏛

Telegram kanalining logotibi xorijdan_perevod — Xorijdan Perevod | Ta‘lim yangiliklari 🏛 X
Telegram kanalining logotibi xorijdan_perevod — Xorijdan Perevod | Ta‘lim yangiliklari 🏛
Kanal manzili: @xorijdan_perevod
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 21.34K
Kanalning ta’rifi

Xorijiy oliygohlarda ta‘lim olayotgan O‘zbekiston Yoshlari uchun o‘qishga kirish va xorijdan o‘qishini perevod qilish bo‘yicha eng so‘ngi yangiliklar kanali.
👨‍👦‍👦Guruhimiz: @Xorijdanperevod
Reklama uchun: @Rasmiy_agent

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar

2024-05-14 08:00:32 O'qishni ko'chirish qachon boshlanadi?

15-iyul shanba kunidan rasman o'qishni ko'chirish uchun qabul jarayonlari boshlanadi va 5-avgust kuniga qadar davom etadi.

Ariza topshirish uchun quyidagi saytlar orqali onlayn ro'yxatdan o'tiladi:

transfer.edu.uz — davlat oliygohining biridan boshqasiga;
my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta'lim muassasalaridan davlat oliygohlariga.

Perevod bo‘yicha so‘ngi yangiliklar
@Xorijdan_Perevod
5.6K views05:00
Ochish/sharhlash
2024-05-03 19:30:53
Oʻzbekistonda ishlayotgan talabalar soni maʼlum qilindi

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi maʼlumotiga koʻra, mamlakatda jami ishlayotgan talabalar soni 113 724 nafarni tashkil etmoqda.

Davlat tashkilotlarida – 62 707 nafar yani 55,1 foizni, xususiy subyektlarda – 47 235 nafar yaʼni 41,6 foizni tashkil etadi. Ikkala sektorda – 3 782 nafar foiz, jins boʻyicha erkak - 66 524 nafar, ayol - 47 200 nafarni tashkil etadi.

Bu borada Toshkentda oʻqiyotgan talabalar peshqadam boʻlib, 35864 nafarni tashkil etadi. Ulardan erkak –25 226 nafar, ayol – 10 638 nafardan iborat.

Rasmni pdf qiluvchi: @Pdfimage_bot

Bizni kuzatib boring
@Talabalar_kanali_live

Qo'shimcha ma'lumotlar
https://t.me/+lUj_w7YQDuozODgy
5.2K views16:30
Ochish/sharhlash
2024-04-24 17:25:18 Rasman: huquqshunoslik fanidan ham milliy sertifikat olish mumkin bo'ladi

Bu haqida Bilimlarni baholash agentligi ma'lum qildi.

Agentlik tomonidan huquqshunoslik fanlaridan ham milliy sertifikat imtihonlarini tashkil etish ustida ish olib borilayotgan bo‘lib, joriy yilning 3-may kuni aprobatsiya test sinovlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Bunda huquqshunoslik fanlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan va huquqshunoslik fanlaridan aprobatsiya test sinovlarida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar https://my.uzbmb.uz/service/98 havolasi orqali aprobatsiyada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Huquqshunoslik fanlaridan aprobatsiya test sinovlari Toshkent (200 nafar), Buxoro (600 nafar), Namangan (600 nafar) va Urganch (600 nafar) shaharlarida tashkil etiladi.

Aprobatsiya sinovlarida ishtirok etish bepul bo‘lib, talabgorlarni ro‘yxatga olish 28-aprelgacha davom etadi.

Aprobatsiyada ishtirok etuvchilar soni cheklangan bo‘lib, ma’lum bir hududda o‘rinlar soni to‘lganda, ro‘yxatga olish muddatidan oldin yakunlanishi mumkin.

Rasmni pdf qiluvchi: @Pdfimage_bot

Perevod bo‘yicha so‘ngi yangiliklar
@Xorijdan_Perevod
11.5K views14:25
Ochish/sharhlash
2024-04-21 07:58:09 Rasman: Bu yilgi qabulda abituriyentlar 2 marta ro‘yxatdan o‘tadi

2024-yildan abituriyentlar uchun "avval test, keyin tanlov" tartibi amal qiladi. Bunda abituriyent avval imtihon topshirib, keyin to‘plagan balliga qarab OTM yo‘nalishlarini tanlaydi.

Yangi tartibga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tish 2 bosqichdan iborat bo‘ladi:

-bosqichda abituriyentlar agentlik tizimiga o‘zining shaxsiy ma’lumotlari bilan birgalikda faqatgina test topshirish fanlari, test topshirish tili va joyini tanlaydi. Lekin OTMlar va yo‘nalishlarni tanlamaydi. Dastlabki ma’lumotlar abituriyentlarning test sinovida ishtirok etishi uchun yetarli bo‘ladi xolos.

So‘ng abituriyentlar imtihonga kirib chiqadi. Mana shundan keyin abituriyentning qo‘lida o‘z to‘plagan balli bo‘ladi va u prognoz qila oladi.

To‘plagan ballari aniq bo‘lgach, shunga qarab 2-bosqichdagi ro‘yxatdan o‘tishda yo‘nalish tanlashadi.

Rasmni pdf qiluvchi: @Pdfimage_bot

Bizni kuzatib boring
@Talabalar_kanali_live

Qo'shimcha ma'lumotlar
https://t.me/+lUj_w7YQDuozODgy
9.1K views04:58
Ochish/sharhlash
2024-04-21 06:44:27 IMTIHONLARSIZ 
Qabulning so’ngi kunlari
Vaqtingizni tejab qoling.

Perevodingiz va hujjatlaringizni Qóshni davlatlardan olib kelamiz ortiqcha xarajat va ortiqcha vaqt yo’qotishlarisiz.O’zbekiston universitetlarda 2-3 kursdan deyarli barch yo’nalishlarda o’qishni davom ettirasiz.

Ortiqcha toʻlovlarsiz.

Kontrakt
9 mlndan boshlanadi
Forward kafolatlaydi.

Sirtqi - Kunduzgi-kechgi

GRANT (BYUDJET) ASOSIDA taʼlim beramiz.

SIRTQI, MAGISTRATURA, PEREVOD 2-3-kursdan o‘qishni koʻchirib  (перевод) olishingiz ham mumkin
Magistratura uchun IELTS talab qilinmaydi.

Bizda barcha yo‘nalishlarda imtihonlarsiz

fillologiya
Arab  tili
Ingliz tili
Rus    tili
Ózbek tili

BOSHQA  YUNALISHLAR
Iqtisodiyot
Bank ishi va moliya
Jismoniy tarbiya
Xorijiy til va adabiyoti
Tarix
Axborot texnalogiyasi
Boshlangʻich ta’lim
Maktabgacha ta’lim
Pedagogika va psixologik
Biologiya
Kompyuter injinering
Ona tili va adabiyoti
Soliqlar va soliq
Elektr energetika
Konchilik ishi
Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarish

Tibbiyot yo‘nalishlari
1.Davolash ishi
2.Stomatologiya
3.Farmatsiya
4.Biotibiyot muhandisligi
5.Pediatriya

ma'lumot uchun:
@QABUL_FORWARD
@forward_consultin


+998900652428
+998935803539
9.3K views03:44
Ochish/sharhlash
2024-04-17 23:01:28
Сергелида ўқувчилари қўлига игна ва “саморез” санчган ўқитувчини фош қилган оналардан бири босимга учраётгани айтилмоқда...

Перевод янгиликлари
@Xorijdan_Perevod
7.5K views20:01
Ochish/sharhlash
2022-12-17 15:38:45 Ushbu post talaba va abituriyentlarning talabiga binoan qayta joylandi. Buni o‘qib qayta yana o‘qigingiz keladi!

Albatta, o'qing!!!

Talabaman! 2-3yil o'qib izlanib talaba bo'lish nasib etdi. Vodiyda o'qish qiyin ekan!!!
O'qishga kirsam mazza, oq ko'ylak galstuklarni taqib kastyum shimlarda hammani ozimga qaratib yuraman, hamma menga havas qilib boqadi))) shunday o'ylardim.
- To‘g‘ri menga havas qilishyapti.
Lekin yuragim chetida bir nima kamdek!!!
- Bugun uydan pul keldi. Juda juda hursandman. Faqat pul emas pul bilan birga yaxshi ko'rishimni bilgan onam pista, bodom bervorishibdi. Faqat shuginamas uydaligimda! Oyiii pishtimi noniiiz qorin ochib kettikuuu! deb baqirgan paytimda oldimga kuyib pishib yanoqlariga qora tekkanini ham sezmasdan isssiq nonni oldimga qo'ygan onam yana shu nondan ham yuborishibdi. Pulni bir o'rtog'im olib keldi. Dadam pul berishsa dadasi bilmasin deb yoniga oz-moz yashirganini ham qo'shib beribdi onam.
Dadam bo‘lsa ayasi bilmay qo'ya qolsin o'g'il bolasilar bu pul yetmaydi begona joy deb ular ham yonidagi pulni qo'shib berishibdi.
Bugun gaplashdim onam o'rtog'ing yetib bordimi dedi.
- Raxmat onajon yetib keldi. Onam hudoga shukur yaxshi o'qinglar bolam dedi. Rahmat onaaa deyolmay tilimga so'z kelmadi. Bo'g'zimga yig'i tiqildi. Yana onam o'g'lim oyog'ingdagi tuflingni rangi menga yoqmasdi boshqa ovolgin deyishdi.
- Ehh onaa deb to‘xtab qoldim . Sizgakuu tufligimni rangi yoqmabti boshqa ool deysiz o'ziz qachon yangi kiydingiz onaa .
Kastyum shim kiyib birovga yoqishni o'ylabmanu, o'z jannatimni unutayozibmanku men nodon. Otam bolsa qizlar qale deb xazil qilishdi . Kulgim kelib bo'g'zimdagi yig'i tarqab ketti. Yana o‘g'lim pul ozgina kam bo'lib qoldi o'zing kelganingda olib ketarsan. Yana o'sha yig'i bo‘g'zimni bug'di. Esimda dadam issiq kurtka olsam bo‘larkan deb yurgandi. Dada kurtka oldizmi dedim. Yoq o‘g'lim dedi biroz o'ylanib. Bittasi qarz so'ragandi shunga bergandim pulimni. Ehhh dada men oldimkuu shu qarzni bugun sizdan. Hech narsa deyolmay qoldim hech narsa.
Dada o‘zim tel qilaman chaqirib qolishti deb zo'rg'a telefonni qo‘ydim. Menimcha hammaning ota-onasi o‘z farzandini o‘zidan ko'p yaxshi ko'radi. Biz bo‘lsak hali vaqt boor deymiz. Tog'ri vaqt boor!!! Eendigina 21 ga kirdim. Xato o‘ylaymiz! 21ga kirgunimcha 21 yilga qarishtiku otam, onam. Tun-u kun telefon chuqulab qizlarga shirin gapirguncha onangga bir og'iz ona sizni yaxshi ko‘raman degin!!! Qizlarga aytsang ishonmadim ishontiring deydi sen onangga aytgin nima derkan. O'ylab o‘tirmasdan ehh oppog'im bolam sendan boshqa suyanchig'im bormi bu dunyoda. Shu gapni tinglaysan.
Sizdan iltimos ota onangizni bir yo'qlang. Rahmat! Hammamizning ota-onamiz baxtimizga sog'-omon bo'lishsin. O'qishilarga OMAD. Ota-onalarimizni qadriga yetaylik baxtimizga sog‘ bo'lishsin!!!

Imkon topsangiz yaqinlaringizga ham ulashing! Kanalimizga obuna bo‘ling

Bizni kuzatib boring
@Talabalar_kanali_live

Davomi ...
https://t.me/+lUj_w7YQDuozODgy
667 views12:38
Ochish/sharhlash
2022-12-17 08:53:54
#bilasizmi

Keyingi yildan 14 ta pedagogik yo‘nalish sirtqi ta’lim shakliga qabul bo‘lmaydi

Prezident qaroriga muvofiq 2023/2024-o‘quv yili qabulidan boshlab pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining ilovada ko‘rsatilgan 14 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi.

Ushbu ro‘yxatda ko‘rsatilmagan pedagogika sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga ta’lim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida besh yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxslar qabul qilinadi.

O‘qish istagida bo‘lgan shaxslarning kamida besh yillik pedagogik ish stajiga ega ekanligiYagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidagi ma’lumotlar asosida belgilanadi.

Abituriyentlarga yuborib qoʻying

Perevod bo‘yicha so‘ngi yangiliklar
@Xorijdan_Perevod
895 views05:53
Ochish/sharhlash
2022-12-15 09:02:38 #Oliy_taʼlim

O‘zbekistondagi oliygohlar diplomi xorijiy davlatlarda ham tan olinadimi? 

JAVOB: Har bir mamlakat o‘z qonunchiligiga ega. Xorijiy davlatlarda ham boshqa davlat oliygohlaridan olingan diplomlarni tan olish tartibi bor. Mana shu tartibda diplomlar boshqa davlatlarda tan olinishiga erishish mumkin. — Taʼlim inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i S.Maqsudov

Ya‘ni, "bizning diplom MDH va Yevropa davlatlari ham tan olinadi" deya qilinayotgan reklamalar maskirovka hisoblanadi. Har bir davlatning diplomlarni tan olish to'g'risida o‘z qonunchiligi bor!

Perevod bo‘yicha so‘ngi yangiliklar
@Xorijdan_Perevod
440 views06:02
Ochish/sharhlash
2022-12-15 08:38:48
#pdf #konvertatsiya

Suratlarni pdf formatga oʻtkazib beruvchi telegram bot.

Bu bot – talabalar uchun sessiya paytida ayniqsa kerakli

LINK @Pdfimage_bot
537 views05:38
Ochish/sharhlash