Get Mystery Box with random crypto!

Inyesta YECHL va La Liga favoritlarini sanadi | Futbolchilar

Inyesta YECHL va La Liga favoritlarini sanadi

"Barselona"ning sobiq futbolchisi Andres Inyesta Chempionlar ligasi va La Liganing joriy mavsumi favoritlari haqida gapirdi.
"Chempionlar ligasi favoritlari? Juda yaxshi jamoalar ishtirok etadigan turnirda nima bo‘lishini oldindan aytish qiyin. Men "Manchester Siti" va "PSJ"ni yana g‘alaba qozonishga yaqin keladigan kuchli jamoalar deb bilaman. Ajoyib formada bo‘lgan boshqa jamoalar ham bor, ammo ular tanaffusdan keyin fevral oyida qanday bo‘lishini bilmaymiz. Masalan, "Napoli" guruh bosqichini ajoyib o‘tkazdi, ammo keyin nima bo‘lishini ko‘ramiz. “Liverpul” va “Real” ham yaxshi natijalarga erishmoqda.
La Ligaga kelsak, favoritlar Madrid va "Barselona" bo‘ladi, umid qilamanki, "Barsa" g‘alaba qozonadi, chunki aks holda bu ularning loyihasiga bo‘lgan ishonchga katta zarba bo‘ladi", - deya Inyestaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Marca.
Chempionlar ligasining 1/8 finalida "PSJ" “Bavariya” bilan, “Manchester Siti” “Leypsig”-