Get Mystery Box with random crypto!

Superliga. 'Paxtakor' - 15 karra O‘zbekiston chempioni! | Futbolchilar

Superliga. "Paxtakor" - 15 karra O‘zbekiston chempioni!

Superliganing so‘nggi 26-turida "Paxtakor" "Bunyodkor" mehmoni bo‘lib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
"Sherlar" safida Dragan Cheran va Akmal Turg‘unboyev gollar muallifi bo‘ldi.
Bu g‘alaba orqali "Paxtakor" o‘z tarixidagi 15-chempionlikni qo‘lga kiritdi. Ular 26 turda 54 ochko to‘plab, 2-o‘rindagi "Navbahor"ni 1 ochkoga ortda qoldirdi.
O‘zbekiston Superligasi 26-tur.
"BUNYODKOR" - "PAXTAKOR" - 0:2
Gollar: 14 - Cheran (0:1), 16 - Turg‘unboyev (0:2)
Chetlatish: 82 - Abdulloh Omonaliyev (Bunyodkor)
Hakam: Ahrol Risqullayev.
"Bunyodkor": Sultonov, Mahammadjonov, Ergashev, O‘lmasaliyev, Narx, Pobulich, Hakimov, Mogileves, Olimjonov, Rahmonaliyev, O‘rozov.
Zaxira: Karimov, Yoqubov, Yo‘ldoshev, Ismonaliyev, Karimov, Izzatov, O‘tkirov, Omonaliyev.
"Paxtakor": Suyunov, Nasonov, Azmiddinov, Tursunov, Sayfiyev, Hamrobekov, Sobirxo‘jayev, Turg‘unboyev, Hamdamov, Fayzullayev, Cheran.
Zaxira: Quvvatov, Alijonov, Aliboyev, Mar-