Get Mystery Box with random crypto!

Usmonxon Mavlonov || Blog

Telegram kanalining logotibi usmonxon_mavlonov — Usmonxon Mavlonov || Blog U
Telegram kanalining logotibi usmonxon_mavlonov — Usmonxon Mavlonov || Blog
Kanal manzili: @usmonxon_mavlonov
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 92

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 9

2022-11-30 21:50:04 Tekin kurslarni topish

Hozir qunt bilan kurslarni o`qib tugatadiganlar kam bo’lsayam (onlayn kurslar tugatilishi 7-15%), onlayn kurslarni qayerdan topish mumkinli haqida qo’llanma yozyapman:

1. Eng birinchi talab - ingliz tilini bilish. Agar unda bemalol gaplasha olsangiz, “free course on …” deb google qilish kifoya.
2. YouTube - google’ning ukasida deyarli har bir soha bo’yicha yaxshigina darsliklar bor. Odamlar u yerdan tayyor kasbli bo’lib chiqishadi.
3. Coursera/Udemy/edX va boshqa shunga o’xshash platformalarda ham kurslar topilishi mumkin.

Bonus: Va yana bir oxirgi paytlarda aktivlashayotgan manbalar bu o’sha o’rganmoqchi bo’lgan narsangizni avtomatlashtiruvchi dasturlar. Montajni o’rganmoqchimisiz, videomontaj dasturlar sayti yoki YouTube’iga kiring, darslar bor. Marketing bo’yicha hubSpot’da, sotuv bo’yicha esa CRM dasturlarning kanalidan foydali ma’lumotlar olish mumkin.
47 views18:50
Ochish/sharhlash
2022-11-29 21:50:04 Odamlar o’ylaganingchalik zo’r emas

Odamlar bilan gaplashayotganda ular bizga o’zlarining hayotlaridagi ba’zi yaxshi narsalarni aytib beradi. Shunda ularning hayotlarini mukammal deb o’ylashni boshlaysan. Xuddi ular hech qanday xato qilmayotgandek. Natijada o’zingdan haddan tashqari qoniqmaslik paydo bo’ladi.

Aslida ularning hayotlarida ham muammo bor, lekin ular faqatgina yaxshi narsalarni senga aytib berayotganliklari uchun, ularni muammosiz deb o’ylaysan.

Boshqalarga o’zingdagi biror narsani tushuntirayotganda ham ba’zi xatolaringni aytib ketginki, ular senda ham kamchilik borligidan xabardor bo’lishsin. (Nolib qo’y demayapman!)

Bu narsani bilish birinchidan shukrni ko’paytiradi. Ikkinchidan biror odamni mukammal deb o’ylash xatoligidan uzoqlashasan.
24 views18:50
Ochish/sharhlash
2022-11-28 21:50:02 Biror muammo yoki vaziyatga duch kelgan paytingda emotsiyaga berilasan va natijada sifatli qaror qabul qilolmay qolasan. Shu muammoni hal qilish uchun o’zingga qo’llanma yasab qo’y. Xuddi algoritmdek chizma ko’rinishda bo’lsa undanam yaxshi.

Unga misollar:

- Ishdagi muammolarni hal qilish uchun
- Yangi narsa sotib olish uchun
- Yangi ishga o’tish uchun
- Xullas hayotingda ko'p qaytariladigan jarayonlar uchun

Shunda aynan shu algoritmlar xos vaziyatlarda sening o’rningga qaror qilib beradi. Natijada to’g’riroq qarorlar chiqarasan. Tizimlashtirishning asosiy mazmuni ham shu aslida, inson qaror qilish omilini kamaytirish. Lekin bu haqida alohida.
21 viewsedited  18:50
Ochish/sharhlash
2022-11-27 21:50:02 Bundan keyin biror narsa sotib olayotganimda o’zimga beradigan savollar:

1. Bu narsani rostan kerak bo’lgani uchun olyapsanmi yoki kimlargadir maqtanish uchunmi?

Shu joyda bitta gap esimga tushib qoldi: “Odamlar o’zlari yoqtirmaydigan odamlarni hayratlantirish uchun o’zlariga keraksiz bo’lgan matohni o’zlarida yo`q pulga sotib olishadi”.
Gary Vee

2. Shuncha pulni boshqa yaxshiroq (foydaliroq | savobliroq | samaraliroq) joyga ishlatish imkoni bormi? [Opportunity cost]
3. Shu narsani sotib olganingdan keyin hozirgi jarayonlaring qanday o’zgaradi?

4. Xuddi shu mahsulotdan 2ta sotib olishga qurbim yetadimi? (Agar ‘ha’ bo’lsa, demak buni sotib olishga rostan qurbim yetarkan. ‘Yo`q’ bo’lsa, sen hali buni o’zingga “позволять” qilolmaysan degani. Chunki qimmat xarid o’zi bilan birga boshqa xarajatlarni ham keltiradi. Moshina olsang ta’mirlash va h.k.). Shuning uchun - Sabr!

P.S: Yangi MacBook yoki moshina olish uchun talablarga javob berar ekansanmi?

Umumiy sxema
38 views18:50
Ochish/sharhlash
2022-11-26 21:50:42 -Qalaysan?
-Yaxshi, o’zingchi?
-Men ham yaxshiman, rahmat.

Oxirgi paytlar eng yomon ko’rayotgan gaplarim. Hol-ahvol so’ragan juda kamdan-kam inson yonidagi odamning javoblariga rostan qiziqyapti. Yoki bo’lmasam, hech kim bu savolga “Yomonman” deb javob bermayapti. Ikki tomon bir birini aldashini nima keragi bor?

Sayoz suhbatlardan ko’ra, sifatli va ma’noli “conversation”larga ehtiyoj bo’lmayaptimikin?

Odamlarga javobiga rostan ham qiziqadiganing savollarni ber. Agar javobi sen uchun umuman farqi yo`q bo’lsa, u savollarni bermay qo’yaver.

“Ishing yaxshimi?” -deb so’ramoqchisan, lekin shu qarshingdagi odamning ishlari yaxshi bo’lmasa, yordam berishga xohishing yo`q bo'lsa, savol bermay qo'yaqol. Bunday be’mano savollardan ko’ra jimlik yaxshi
47 views18:50
Ochish/sharhlash
2022-11-25 21:46:13 Hozir qaysidir odamlar bilan do’st bo’lganing har doim ham shunday bo’ladi degani emas. Bir paytlar juda yaxshi chiqishgan odamlaring bilan ba’zida majburan masofa qo’yishingga to’g’ri keladi.

Do’stlaring seni shu darajaga yetishishingda katta xizmat qilishdi, ko’p narsa o’rgatishdi. Lekin keyingi darajaga chiqishingdan to’sib turganlar ham aynan shu odamlar bo’lishi mumkin.

Aynan shuning uchun ham doimiy rivojlanib boradigan do’stlar tanlash juda muhim. Doim rivojlanadigan do’stlar, sizlar TOPsiz.

Rivojlanmaydiganlarni esa avval tortishga harakat qil, yurmasa voz kechishga tayyor bo’l.
20 viewsedited  18:46
Ochish/sharhlash
2022-11-24 21:52:33 Kasal bo’lding, uni bir sinov deb o’ylab, “sabr qilishim kerak” -deb o’ylading. Keyin bilsang aslida unga shukr qilishing kerak ekan. Chunki u yaxshilik edi.

2ta ketma-ket ishing o’ngidan kelgani uchun aql, farosat va zehnni o’zingdan deb bilishni boshlading. Aslida esa hammasi buyuk Zotdan kelayotgan edi.

Bu narsalarni esa senga kichkinagina kasallik eslatdi. Qanchalik zaif ekaning yodingga tushdi. Shunday bo’lgandan keyin, uni (kasallikni) sinov deyishga qanday jur’at qila olasan?! Axir u sening hayoting va yaratilishingdan maqsadingni esga solib qo’yuvchi eng sevimli “уведомление” ku?!

Kasallik kelsa sabr emas, shukr qilish kerak. Bunday qilish uchun esa u kasallik nima maqsadda senga yuborilganini eslash, fikrlash kifoya.
25 viewsedited  18:52
Ochish/sharhlash
2022-11-23 21:50:43 Senga kelgan xabarlarning ba’zilari xursand, ba’zilari xafa qiladi. Ba’zilari xavotirga soladi. Lekin shu paytda xotirjamlikni saqlab qolish juda muhim.

-xursand bo’lsang ‘Haza min fazli Robbi’ هَٰذَا مِن فَضْلِ رَبِّي,

-xafa bo’lsang ‘Ya Hayyu, ya Qayyum, birohmatika astag’iys’
يَا حَيُّ يَا قَيُّوْمُ بِرَحْمَتِكَ أَسْتَغِيْث

-xavotirlansang, ‘La Havla vala quvvata ill Billah'
’لَا حَوْلَ وَلَا قُوَّةَ إِلَّا بِاللَّهِ

deb ayt, shukr qil.

Juda xursand ham bo’lma, sen yaxshilik deb o’ylaganing balki sinovdir. Yomonlik kelsa ham juda xafa bo’lma, balki bundan ham kattaroq yomonlikning oldi olinayotgandir.

Xotirjam bo’l.

Xotirjammisan yoki yo`q, tekshirib olishing uchun savol:

Cho’ntagingda hech narsa bo’lmagan va $100 bo’lgan paytingdagi yurishing bir xilmi? Yo`q bo’lsa mashq qil, xotirjamlikni.
30 viewsedited  18:50
Ochish/sharhlash
2022-11-22 21:48:28 Samarali vaqt o’tkazmoqchimisan?

Buning uchun har xil sirlarni bilishing, yoki shu mavzuda yuzlab ilmiy kitoblar o’qib chiqishing shart emas (bo’lsa yaxshi). Shunchaki keraksiz ishlarni, odatlarni, odamlarni tark etsang kifoya. Ular seni qilishing kerak bo’lgan asosiy ishdan to’sib turibdi.

Senga vaqt yetmayaptimi, telefoning “настройка”sidan instagram va youtube’ga qancha vaqt ishlatayotganingga bir qarab qo’y?!

Samaradorlik ko’p ishlarni qilish bilan emas, ko’p ishlarni qilmaslik bilan. Bir nechagina kerakli narsalar ustida ishlash bilan keladi.

Shunday ekan, qaysi paytlarni bekorga sarflayotganingni aniqla va o’shalarni foydali ishlar bilan to’ldir, masalan kitob o’qish [har ikki turlisini]

P.S: Ba'zida haddan tashqari ko'p uxlash ham vaqt isrofi bo'lishi mumkin. Uyqu normal bo'lgani yaxshi.

@usmonxon_mavlonov
36 viewsedited  18:48
Ochish/sharhlash
2022-11-21 21:47:00 Ba’zi odamlar boshqalardan yordam so’rashga uyalishadi yoki o’zlarini noqulay his qilishadi. Buning sababi har xil bo’lishi mumkin:

1. Yordam so’raganda, rad etilishdan qo’rqish
2. Boshqalarni noqulay vaziyatga solishni xohlamaslik
3. Yoki kelajakda uning evaziga boshqa kattaroq narsa so’ralishidan xavfga tushish.

Lekin tadqiqotlarga ko’ra yordam so’raganingda, o’sha odam seni yanada ko’proq yoqtiradi va kelajakda senga yana yordam bergisi keladi.

Albatta buni yomon maqsadda ishlatmaslik kerak, lekin rostan ham yordam zarur bo’lganda, atrofingdagilardan so’rashga uyalma.

O’z navbatida ularga ham xolis niyatda yaxshilik qil.

@usmonxon_mavlonov
32 views18:47
Ochish/sharhlash