Get Mystery Box with random crypto!

Usmonxon Mavlonov || Blog

Telegram kanalining logotibi usmonxon_mavlonov — Usmonxon Mavlonov || Blog U
Telegram kanalining logotibi usmonxon_mavlonov — Usmonxon Mavlonov || Blog
Kanal manzili: @usmonxon_mavlonov
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 92

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 11

2022-10-01 20:14:19 Growth is (sometimes) painful.
35 viewsedited  17:14
Ochish/sharhlash
2022-09-04 21:50:37 Key Performance Indicator

Marketingda yuqoridagi atama (KPI) juda ko'p qo'llaniladi.

Chunki, odatda marketingni ishini jarayon emas, natija ko'rsatadi.

Doim tashqaridagi begona odam uchun marketing bo'limi hech nima ish qilmay ertalabdan kechgacha kompyuter oldida o'tigan odamga o'xshab ko'rinadi.

Shuning uchun Marketing uchun ham alohida KPI joriy qilish kerak va samaradorlik yuqori bo'lsa rag'bat ham shunga yarasha bo'lishi kerak.

Siz zo'r ishlasangiz ham, oddiy ishlasangiz ham bir xil daromad topsangiz o'zingizni qiynab zo'r ishlashga harakat qilmay qo'yasiz.

P/s: KPI ni to'g'ri yo'lga qo'yish ham osonmas, juda katta summaga "tushib qolishingiz" mumkin.

@Rostdan — Abdulaziz O'rinov
18 views18:50
Ochish/sharhlash
2022-09-04 18:20:00 SMMchi zo`r marketing agentligi yuritolmaydi

Bir sohadagi texnik ishni bilishing, sen o`sha ishni qiladigan biznesni yurita olasan degani emas. Ya`ni, zo`r mebel yasash va zo`r mebel yasaydigan korxonani boshqarish bu ikkita alohida boshqa-boshqa ishlar va ko`nikmalar talab qiladi.

Bu boshqa texnik ishlar: dasturchi, dizayner, fotograf va boshqalarga ham tegishli.

Yangi biznes boshlading degani endi san faqat texnik ishchi (mebel yasovchi, dasturchi, dizayner va h.k.) emas, shu bilan birga bosh direktor, operatsion direktor, marketolog, moliyachi va bosh texnologsan degani.
Bu kasblarning esa hammasida alohida vazifalar bor:

- mijozlar jalb qilish;
- moliyaviy hisobotlarni yuritish;
- reklama kampaniyasi ishlab chiqish;
- jarayonlarni optimallashtirish;
- produktni yaxshilash va minglab boshqa kichik task’lar.

Agar faqatgina zo`r non yopishni bilsang-u boshqa sohalardan xabaring bo`lmasa, katta ehtimol bilan nonvoyxona uxlaydi .

Chunki sanda xodimlarni ishga olish, vazifalarni boshqarish va taqsimlash, hisob yuritish ko`nikmalari bo`lmaydi.

Endi, asosiy savol shu: bunday holat bo`lmasligi uchun nima qilish kerak?

Korxona haqida eng boshidan franshiza kabi o`ylash kerak. Bu nima degani? Siz franshizada hamma qilinadigan ishlarni detaligacha yozib chiqasiz. Agar sizning qo`llanmangizda ishlar qilinsa zo`r natija bo`lmasdan iloj yo`q holga keladi. Shunda sizning korxonangiz odamlarga emas, tizimga bog`liq bo`ladi.

Shu xulosalar Maykl Gerberning “E-myth” kitobidan olingan.
Kichik korxona egalari uchun “mindset shift” bo`ladi, manimcha.

@usmonxon_mavlonov
25 views15:20
Ochish/sharhlash
2022-08-05 10:48:23 Sen o'zingnikimisanki, qo'lingdagilar seniki bo'lsin???
50 views07:48
Ochish/sharhlash
2022-07-30 18:32:28 Ozchilik

Shu voqeani o`qigandan keyin kuzatishni boshladim: "Odamlarning qanchasi qiyin (foydali lekin ba`zida zerikarli) ishlarni doimiy qiladi?"
Javobni oldindan aytaman: judayam kam. Endi nima uchun shunaqaligini ba`zi sabablar bilan mulohaza qilsak:

- Qanchalik chuqurlashgan sari ishtirokchilar soni kamayib boradi. Bu odamlarning qiyinchilikni yoqtirmasligidan. Inson tabiati shunaqa. Oddiy misol: Tushunilishi oson bo`lgan kitoblarni judayam ko`pchilik o`qigan. Lekin judayam foydali va ozgina tafakkur qilish talab etiladigan kitoblarni o`qiganlar soni juda kam. Misol.

- Doimiylikni ushlab turish ham o`ziga yarasha harakat va iroda talab qiladi. Buni rivojlantirish ham uzoq muddatli jarayon bo`lgani uchun ko`pchilik qilmaydi.
O`zimga maslahat: hoy Inson, ozchilikdan bo`lishga harakat qil.

P.S: Bu yerda aksariyat odam yomon demoqchi emasman. Post o`zingizga nisbatan yuqoriroq standartlar qo`yish haqida edi.

@usmonxon_mavlonov
39 views15:32
Ochish/sharhlash
2022-07-27 15:36:35 Rivojlanishni xohlaydiganlar, shu qatori men ham, biladigan lekin ko'pincha unutib qo'yadigan bir narsa bor:

Doimiylik va songa ishlash sifatga olib boradi.

Shunday ekan, rivojlantirmoqchi bo'lgan sohangizni ko'p mashq qiling.
Prokrastinatsiya bo'lmasin.

@usmonxon_mavlonov
35 viewsedited  12:36
Ochish/sharhlash
2022-07-21 07:35:07 1. Oldin o`qilgan kitoblar, treninglar ko`rilgan videolar va eshitilgan ma`ruzalarni tizimli ravishda tartiblab borgin.

2. Buning sababi bizning miyamiz g`oyalarni saqlab turish uchun emas, ularni ishlab chiqish uchun ekanligidan kelib chiqadi.

3. Foydalari keyinchalik biror "keyword" (kalit so`z, misol uchun "niyat") qidirsang, oldin u haqida o`qigan, eshitgan hamma narsang kelib chiqadi va miyangda qancha chang bosib turgan foydali bilimlar borliigni eslaysan.

4. Yana bir foydasi, ularni keyinchalik ko`zdan kechirib, shu vaqt oralig`ida qanchalik o`zgarganingni kuzatib borasan. Agar o`zgarish juda katta bo`lmasa, demak sekin rivojlanganing uchun o`zingga jazo bersang bo`laveradi. Ba`zida hatto orqaga ketgan bo`lishing ham mumkin.

5. Qabul qilingan informatsiyani nimada tartiblayman desang, notion.so degan sayt seni kutib turibdi. (Blogdan reklama sotib olishmagan ) Ishingdagi loyihalardan tortib, oshga keladigan mehmonlar ro`yxatigacha shunda yozsang bo`ladi.

P.S: Ma`lumotlar bilan qanaqa ishlash bo`yicha CODE degan metod bor. U haqida ham alohida post yozamiz, insholloh.
@usmonxon_mavlonov
18 views04:35
Ochish/sharhlash
2022-07-16 13:46:40 1. Sen bilan har qanaqa muammo bo'lganda, buning eng katta sababchisi o'zingsan.

2. Mijozlaring bilan muammo bormi? O'zing aybdorsan, chunki ular bilan ishlashga o'zing rozi bo'lgansan yoki ruxsat bergansan.

3. Do'stlaring yoki xodimlaring senga yoqmaydigan ish qilishyaptimi? Bundayam sen aybdorsan. Chunki ularni sen qabul qilgansan.

Nima bu shuncha ayb qilib qo'ygan ekansanku, yana boshqalardan nolib yuribsan.

Eslab qol:
Mas'uliyatni bo'yniga oladiganlar va muammo hal qiluvchilar judayam ko'p foyda olishadi. Bu ba'zida pul ko'rinishida bo'lishi ham mumkin.

Shuning uchun, nolishni va boshqalarni ayblashni to'xtat. Mas'uliyatni bo'yningga olib, ta'sir doirangdagi yechimlarni sinab ko'r.

@usmonxon_mavlonov
23 views10:46
Ochish/sharhlash
2022-07-15 06:34:03
O'zimga eslatma
21 viewsedited  03:34
Ochish/sharhlash