Get Mystery Box with random crypto!

Tekin kurslarni topish Hozir qunt bilan kurslarni o`qib tugat | Usmonxon Mavlonov || Blog

Tekin kurslarni topish

Hozir qunt bilan kurslarni o`qib tugatadiganlar kam bo’lsayam (onlayn kurslar tugatilishi 7-15%), onlayn kurslarni qayerdan topish mumkinli haqida qo’llanma yozyapman:

1. Eng birinchi talab - ingliz tilini bilish. Agar unda bemalol gaplasha olsangiz, “free course on …” deb google qilish kifoya.
2. YouTube - google’ning ukasida deyarli har bir soha bo’yicha yaxshigina darsliklar bor. Odamlar u yerdan tayyor kasbli bo’lib chiqishadi.
3. Coursera/Udemy/edX va boshqa shunga o’xshash platformalarda ham kurslar topilishi mumkin.

Bonus: Va yana bir oxirgi paytlarda aktivlashayotgan manbalar bu o’sha o’rganmoqchi bo’lgan narsangizni avtomatlashtiruvchi dasturlar. Montajni o’rganmoqchimisiz, videomontaj dasturlar sayti yoki YouTube’iga kiring, darslar bor. Marketing bo’yicha hubSpot’da, sotuv bo’yicha esa CRM dasturlarning kanalidan foydali ma’lumotlar olish mumkin.