Get Mystery Box with random crypto!

Hozir qaysidir odamlar bilan do’st bo’lganing har doim ham shu | Usmonxon Mavlonov || Blog

Hozir qaysidir odamlar bilan do’st bo’lganing har doim ham shunday bo’ladi degani emas. Bir paytlar juda yaxshi chiqishgan odamlaring bilan ba’zida majburan masofa qo’yishingga to’g’ri keladi.

Do’stlaring seni shu darajaga yetishishingda katta xizmat qilishdi, ko’p narsa o’rgatishdi. Lekin keyingi darajaga chiqishingdan to’sib turganlar ham aynan shu odamlar bo’lishi mumkin.

Aynan shuning uchun ham doimiy rivojlanib boradigan do’stlar tanlash juda muhim. Doim rivojlanadigan do’stlar, sizlar TOPsiz.

Rivojlanmaydiganlarni esa avval tortishga harakat qil, yurmasa voz kechishga tayyor bo’l.