Get Mystery Box with random crypto!

Samarali vaqt o’tkazmoqchimisan? Buning uchun har xil sirlar | Usmonxon Mavlonov || Blog

Samarali vaqt o’tkazmoqchimisan?

Buning uchun har xil sirlarni bilishing, yoki shu mavzuda yuzlab ilmiy kitoblar o’qib chiqishing shart emas (bo’lsa yaxshi). Shunchaki keraksiz ishlarni, odatlarni, odamlarni tark etsang kifoya. Ular seni qilishing kerak bo’lgan asosiy ishdan to’sib turibdi.

Senga vaqt yetmayaptimi, telefoning “настройка”sidan instagram va youtube’ga qancha vaqt ishlatayotganingga bir qarab qo’y?!

Samaradorlik ko’p ishlarni qilish bilan emas, ko’p ishlarni qilmaslik bilan. Bir nechagina kerakli narsalar ustida ishlash bilan keladi.

Shunday ekan, qaysi paytlarni bekorga sarflayotganingni aniqla va o’shalarni foydali ishlar bilan to’ldir, masalan kitob o’qish [har ikki turlisini]

P.S: Ba'zida haddan tashqari ko'p uxlash ham vaqt isrofi bo'lishi mumkin. Uyqu normal bo'lgani yaxshi.

@usmonxon_mavlonov