2022-08-29 08:55:32
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi bayramiga bag‘ishlab “Urganchtransgaz” UK birinchiligi uchun mini futbol musobaqasi o‘tkazildi.
“A” guruhda - Qoraqalpog‘iston, Tuley, Akchaloq, Qo‘ng‘irot MGQBlari va Qo‘ng‘irot TSTB, “B”guruhda - Zaung‘ur, Urganch MGQBlari, “Gazenergiktaʼmir” TICHK, Urganch QMB, ICHTBvaTB hamda Boshqaruv apparati jamoalari ishtirok etdi.
Saralash o‘yinlar natijasiga ko‘ra finalga yo‘llanmani Qoraqalpog‘iston, Aqchaloq, Zaung‘ur MGQBlari hamda ICHTBvaTB jamoalari qo‘lga kiritdi. Qizg‘in kechgan musobaqalar yakunida Zaungur MGQB jamoasi birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Qoraqalpog‘iston va Aqchaloq MGQB jamoalari kuchli uchlikdan o‘rin oldilar.
Ko‘tarinki ruxda o‘tgan tadbirning g‘oliblari va qatnashchilari korxona maʼmuriyati va kasaba uyushmasi tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
UTG.UZ|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
371 views05:55