Get Mystery Box with random crypto!

URGANCHTRANSGAZ_INFO

Telegram kanalining logotibi urganchtransgaz_info — URGANCHTRANSGAZ_INFO U
Telegram kanalining logotibi urganchtransgaz_info — URGANCHTRANSGAZ_INFO
Kanal manzili: @urganchtransgaz_info
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 675

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2023-05-01 09:28:52
Joriy yilning 28 aprel kuni «Urganchtransgaz» UK mehnat jamoasi konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Kun tartibida “Urganchtransgaz” UKning 2023-2025 yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasini qabul qilish masalasi ko‘rib chiqildi. Yangi jamoa shartnomasini qabul qilishda 30 apreldan kuchga kiradigan O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Mehnat kodeksiga muvofiqlashtirilishiga, shuningdek, “O‘ztransgaz” AJ jamoa shartnomasida belgilab qo‘yilgan kompensatsiyalar, imtiyozlar, xodimlar bilan ish beruvchilarning mehnatga oid munosabatlarini shartnoma asosida tartibga solishga va ularning ijtimoiy-iktisodiy manfaatlarini muvofiqlashtirishga yordam berishga qaratilgan bir qator bandlar yangidan kiritilishi ma’qullandi. Konferensiya ishtirokchilari tomonidan bildirilgan fikr va takliflarni inobatga olgan holda korxona jamoa shartnomasini ma’qullash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
409 views06:28
Ochish/sharhlash
2023-04-28 15:02:57
"Urganchtransgaz" UKda 28-aprel butun jahon mehnatni muhofaza qilish kuniga baģishlab òtkazilgan tadbirdan video lavhalar.
360 views12:02
Ochish/sharhlash
2023-04-28 14:17:51
“O‘ztransgaz” Aksiyadorlik Jamiyatining “Urganchtransgaz” Unitar Korxonasida butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni munosabati bilan “UTG-training” o‘quv markazida korxona mehnatni muhofaza qilish xodimlari, muxandis texnik xodimlar, ishchi xodimlari bilan Xorazm viloyati Bandlik boshqarmasi mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha davlat texnik inspektori hamda Xorazm viloyati yo‘l xarakati xavfsizligi boshqarmasi mutaxassislari bilan xamkorlikda “Mehnat muhofazasi sohasidagi asosiy prinsip va xuquq-xavfsiz va sog‘lom ish muhitidir” shiori ostida o‘quv seminari o‘tkazildi.
Xorazm viloyati yo‘l harakati xavfsizligi mutaxassislari xaydovchi xodimlarga yo‘l xarakati xavfsizligiga to‘liq rioya qilgan holda o‘z hayoti va boshqa insonlar hayotiga xavf tug‘dirmasligini va insonning hayoti va sog‘ligi ustivorligi ta’kidlab o‘tishdi.
“Urganchtransgaz” unitar korxonasi va uning tasarrufidagi barcha tarkibiy tuzilmalarda “Mehnat muhofazasi sohasidagi asosiy prinsip va xuquq-xavfsiz va sog‘lom ish muhitidir” shiori ostidagi tadbirlar ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.
394 views11:17
Ochish/sharhlash
2023-04-28 12:08:45
Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi bo‘yicha malaka oshirish kurslari Xivada davom ettirildi

O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi bo‘yicha ichki lokal hujjatlarni belgilangan tartibda muvofiqlashtirish ishlarini to‘g‘ri tashkillashtirish hamda Jamiyat ijroiya apparati va tarkibiy tuzilmalarining shu yo‘nalishda faoliyat yurituvchi masʼullarining malakasini oshirish maqsadida o‘quv-seminarining ikkinchi guruhi uchun mashg‘ulotlar tashkil etildi.

Mehnat qonunchiligi bo‘yicha "MTSFER-U Nashriyot uyi" MCHJ mutaxassislari o‘tkazayotgan 2- seminarda "O‘ztransgaz" AJ tizimidagi shimoliy hududlarda joylashgan korxona va boshqarmalarning vakillari ishtirok etmoqa. Xiva tumanidagi “UTG training” o‘quv markazida tashkil etilgan mashg‘ulotlar ikki kun davom etdi.

UTG.UZ|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
332 views09:08
Ochish/sharhlash
2023-04-28 08:00:37
28-APREL — BUTUNJAHON MEHNATNI MUHOFAZA QILISH KUNI!

Halqaro mehnat tashkiloti tashabbusi bilan bu sana 2003-yildan nishonlab kelinadi. Shu kuni 100 dan ortiq davlatlarda dunyo hamjamiyatini ish joylarida sodir bo‘layotgan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklariga chalinishining oldini olish hamda mehnat muhofazasi masalalariga eʼtiborni yanada kuchaytirishga qaratilgan tadbirlar o‘tkaziladi. Mehnatni muhofaza qilish bu — mehnat qilish jarayonida insonning xavfsizligini, hayotini, sog‘lig‘i va ish qobiliyatini saqlab qolinishiga qaratilgan tadbirlarni bajarilishi orqali taʼminlanadi. Bularga huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiyenik, davolash-profilaktika va boshqa shunga o‘xshash tadbirlar kiradi. Batafsil...

UTG.UZ|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
296 views05:00
Ochish/sharhlash
2023-04-27 15:35:17
Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi bo‘yicha xodimlarning malakasini oshirilmoqda

O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi bo‘yicha ichki lokal hujjatlarni belgilangan tartibda muvofiqlashtirish ishlarini to‘g‘ri tashkillashtirish hamda Jamiyat ijroiya apparati va tarkibiy tuzilmalarining shu yo‘nalishda faoliyat yurituvchi masʼullarining malakasini oshirish maqsadida o‘quv-seminarining ikkinchi guruhi uchun mashg‘ulotlar tashkil etildi.

Mehnat qonunchiligi bo‘yicha "MTSFER-U Nashriyot uyi" MCHJ mutaxassislari o‘tkazayotgan 2- seminarda "O‘ztransgaz" AJ tizimidagi shimoliy hududlarda joylashgan korxona va boshqarmalarning vakillari ishtirok etmoqa. Bugun Xiva tumanidagi “UTG training” o‘quv markazida tashkil etilgan mashg‘ulotlar ertaga ham davom etadi.
471 views12:35
Ochish/sharhlash
2023-04-27 14:12:27
Zaungur MGQB mutaxassislari “Buxoro-Ural” magistral gaz quvurining II tarmog'idan “Shovot-2” GTSga boruvchi qismidagi nuqsonli kran almashtirildi. Dametri 150 mm bo‘lgan kranni 200 mm bo‘lgan kranga almashtirish natijasida o‘tkazuvchanlikni oshirish ta'minlandi.
438 views11:12
Ochish/sharhlash
2023-04-25 14:21:25
"Urganch" MGQB tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan Buxoro-Ural magistral gaz quvurining I tarmoq 287-kilometridan boshlab 20 km qismida gidrosinov ishlari 2023-yil rejasiga kiritilgan.

Ayni kunlarda shu ishlarning 1-bosqichi boshlandi. 300- 307 km.da gidrosinov ishlarini bajarish uchun montaj qilish, suv to‘ldirish uchun nasos o‘rnatish va porshen chiqarish joyini tuzatish kabi ishlar bajarilmoqda.

UTG.UZ|Facebok|Instagram|YouTube|Telegram
358 views11:21
Ochish/sharhlash
2023-04-21 04:01:59
342 views01:01
Ochish/sharhlash
2023-04-20 10:17:32
Урганч МГҚБ томонидан эксплуататция қилинадиган Бухоро-Урал магистрал газ қувурининг I тармоқ 287-307 километрларида гидросинов ишлари 2023-йил режасига киритилган. Бугунги кунда ушбу ишларнинг 1- босқичи бошланди. 300- 307 км.да гидросинов ишларини бажариш учун монтаж қилиш, сув тўлдириш учун насос ўрнатиш ва поршен чиқариш жойини тузатиш ишлари бажарилмоқда.
698 views07:17
Ochish/sharhlash