Get Mystery Box with random crypto!

Luish Nani... (So'nggi qism) Agar siz menga hali ham ishonmag | Hasan Turdialiyev | Rasmiy kanal

Luish Nani... (So'nggi qism)

Agar siz menga hali ham ishonmagan bo’lsangiz. Sizlarga aytishim mumkin bo’lgan yana bir hikoya bor. So’nggi hikoya...

12 yoshlik paytimda men do’stim Sabino bilan Mustafo murabbiyligida bir jamoada o’ynar edik. Uning nomi "Bairro 6 de Maio" edi. Biz raqib maydoniga kelganimizda avtomat ko’tarib olgan politsiya xodimlari bizni tintuv qilishgandi. Raqib jamoa futbolchilari esa bizdan 2-3 yoshga katta edi.

O’yin boshlanganidan keyin ular bizni qo'rqitish uchun baqira boshlashdi. “Anavini oyog’iga tep. Qattiqroq o’yna!”. Maydon tashqaridagilar ham bizga bosim qilishardi. Qo’rqib ketgandim. Barchamiz qo’rquvda edik. Ular esa ketma-ket gollar urishardi. Tanaffusda hisob 9:2 ko’rinishiga keldi.

Tanaffusda o’zaro suhbatlashdik va bir birimizni tanqid qildik.
“Ko’proq yugurishimiz kerak!”
“Hoy nega qo’rqyapsan ?”


Keyin esa Mustafo shunday degandi: “Yigitlar, tinchlaning. Biz bu o’yinni yutamiz. Shunchaki o’yindan rohatlaning”

Biz chuqur nafas oldik. Keyin esa u Sabino va menga qarab shunday dedi: “Sabino, Luish, biroz tanaffus qiling. Keyin yana maydonga qaytasiz"

Ikkinchi taym boshlanganidan so’ng biz yaxshiroq o’ynay boshladik. Endi kamroq asabiylashardik. Mustafoning nutqi ish berdi. Sabino va men maydonga tushganimizdan so’ng gol urdik. Keyin yana bitta gol. Kutilmaganda muhit o’zgara boshladi. Qo’rquvimiz yo’qoldi. Biz endi turli xil texnik harakatlar va fintlar qila boshladik. Stadion chetidagi insonlar bir birlariga qarab shunday deyishardi: “Ox, Xudoyim, sen buni ko’rdingmi ? Ajoyib yigitlar ekan!”. Muxlislar endi bizni ko’proq qo’llab-quvvatlay boshlashdi. Biz o'yinda to'liq ustunlik qila boshladik. Tumandagi ayrim qizlar bizga suv berishga o’tishdi. Aynan o’sha vaqtda endi bizni yengib bo’lmasligini his etdik. Yakunda 16-12 hisobida g’alaba qozondik.

Odamlar o’yin yakunlanganidan keyin stadionga yugurib chiqishdi, ular aqldan ozishgandi. “Ox! Ox! Bu ajoyib bolalar ekan. Aql bovar qilmaydi!”

Keyin esa bir qiz yonimga keldi va ruchka bilan qog’oz uzatdi.

Men esa unga qarab: “Buni nima qilaman ?” deb o'ylanib qoldim.
“Qo’l qo’y, qog'ozga qo’lingni qo’y” – dedi Mustafo.
Men nima yozishga xayron edim.
“O’z ismingni yoz!” – dedi murabbiyim.

Shunday ham qildim. Keyin esa Musftafo meni quchoqladi va menga shunday dedi: “Omadli qiz ekan. Bir necha yillardan keyin bu dastxatni katta pulga sotsa bo’ladi”. Lekin Mustafo adashgan edi. Chunki men u yerga Luish deb yozgandim.

Luish Nani intervyusidan olindi.

1-qism
2-qism
3-qism
4-qism
5-qism
6-qism

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan