Get Mystery Box with random crypto!

Hasan Turdialiyev | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi turdialiyev_hasan — Hasan Turdialiyev | Rasmiy kanal H
Telegram kanalining logotibi turdialiyev_hasan — Hasan Turdialiyev | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @turdialiyev_hasan
Toifalar: Bloglar , Sport
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.34K
Kanalning ta’rifi

Sharhlovchi Hasan Turdialiyevning rasmiy kanali:
Reklama bo'yicha savollarga 👉 @Sport_Rek
Instagram: https://instagram.com/hasan_turdialiyev

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 125

2022-01-16 02:12:48 Futbol olamidagi so'nggi yangiliklar:

"Jenoa" Shevchenkoni iste'foga chiqardi

Gvardiola kovid "Siti"ga yordam berayotgani haqida: "Ba'zida bizga pullar yordam berayotganida, ba'zida kovid yordam berayotganida ayblashadi. Agar bu omad deyilsa, bunga qo'shilgan bo'lardim"

"Man.Siti" APLda ketma-ket 12 o'yinda g'alaba qozondi. Jamoa 6-noyabrdan beri mag'lub bo'lmadi

Gvardiola: "Chempionlar ligasi g'olibi bizga qarshi 180 daqiqa ichida 1ta aniq zarba bera oldi holos. Biz g'alabaga loyiq edik. Men "Arsenal"ga qarshi bahsdagi g'alabadan ham xursand bo'ldim, ammo u adolatli bo'lmagan edi"

Nevill: "APL o'yinlarni boshqa kunga ko'chirishni to'xtatishi kerak. Jamoalarda 30-40ta futbolchi bor"

"Everton" Benitesni iste'foga chiqardi. "Everton" so'nggi 13 o'yindan 1tasida g'alaba qozona oldi holos

Grizmann jarohatdan forig' bo'ldi va "Atletiko" safiga qaytdi

"Arsenal" Vlahovich uchun 70 mln yevro taklif qildi. Dushan boshqa jamoaga o'tishni istamoqda [La Repubblica]

Tuhel Lukaku haqida: "Bosimsiz ham juda ko'p to'p oldirish. Biz unga yordam bermoqchimiz. U jamoaning bir qismi. Hujumimiz bundan yaxshiroq o'ynay oladi"

"Chelsi"ning 11 o'yinlik mag'lubiyatsiz seriyasi barham topdi

Ispaniya kubogi doirasidagi "Betis" - "Sevilya" bahsi muddatdan oldin to'xtatildi. "Betis" muxlisi tomonidan Jordanga uloqtirilgan tayoq futbolchini jarohatlagani sabab hakam o'yinni davom ettirmadi. Bahs qaytadan o'tkazilmaydi

"Bavariya" Bundesligada ketma-ket 66 o'yinda gol musobaqa rekordini yangiladi

Myuller Bundesigadagi 14 mavsum ichida 150ta assistni amalga oshira oldi. TOP5 chempionatlarda faqat Messi undan yaxshiroq (180) natija qayd etmoqda

Levandovski joriy mavsum "Bavariya" safida 27 bahsda 34ta gol urdi

Rangnik: "Biz dastlabki 30 daqiqada ustunlik qildik. So'nggi 15 daqiqada ularga to'pni ko'p berib qo'ydik. Bunday natijani qabul qilish og'ir"

"Atletiko" Feliksni qishda ham yozda ham sotmoqchi emas. Klub uning kelajagiga ishonadi [Marca]

2020-yilda "Barsa"ga Vlahovichning ijarasi taklif qilingan va klub bunga rad javobini bergani ma'lum bo'ldi [Marca]

"Marsel" transfer qoidasini buzgani uchun 2ta transfer oynasiga taqiq oldi va 2,5 mln yevro jarima to'laydi [L'Equipe]

Jerrard: "Koutinyo uchun yaxshi start. "Aston Villa" yuqori sifatli futbolchini xarid qildi"

"Nyukasl" "PSJ"dan Navasni sotib olishga urundi. Ammo parijliklar bunga rad javobini berdi [RMC Sport]

"Yuventus" Vlahovich agentlari bilan muzokara o'tkazmoqda [Tuttosport]

Jerrard Koutinyo haqida: "U muxlislar muhabbatini his qilishi kerak. Bir vaqtlar men ham shunday holatda edim. Menga ishonishlarini xohlardim"

Ryudiger Syerra-Leonedagi 11 bola operatsiyasiga pulni to'lab berdi

Benzema Vinisius haqida: "Men unga dars beryapman. U avvalgidan ancha o'zgardi"

Jou Koul: "Man.Siti" "Liverpul" va "Chelsi"dan bunchalik oson o'tib ketgani meni hayron qoldirdi. Ular orasida farq katta emasdi"

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
1.5K viewsedited  23:12
Ochish/sharhlash
2022-01-15 11:41:45
Hurmatli telegram foydalanuvchilari!

Bir necha kun avval kanalimiz IOS (iPhone) foydalanuvchilari uchun blok holatiga tushib qolgandi. #FUTBOLTV jamoasi ushbu muammoni qisqa muddat ichida hal qildi hamda ayni vaqtda IOS foydalanuvchilari uchun ham kanalimiz ishlashda davom etadi.

Haqiqiy va rasmiy kanalimiz @FUTBOLTV. Boshqa kanallar soxtadir. Bu xabarni barchaga yetkazing!

FUTBOLTV rasmiy sahifalari

Telegram| Insta| YouTube| Facebook
3.5K views08:41
Ochish/sharhlash
2022-01-15 10:51:29 Futbol olamidagi so'nggi yangiliklar:

Luish Nani "Venetsiya" klubi bilan shartnoma imzoladi

Holand agentiga "Real" bilan muzokara o'tkazishni aytgan. Futbolchi Mbappe bilan birga o'ynashga qarshi emas [As]

Gvardiola: "Tuhel futbolni yanada yaxshi qilmoqda. U har taraflama kuchli"

Rahim Sterling va Xosep Gvardiola APLda dekabr oyining eng yaxshi futbolchi va murabbiyi deb topilishdi

Tuhel: "Man.Siti" APLning eng yaxshi jamoasi va boshqalar uchun namuna. Ular bilan raqobatlashish uchun imkoniyatimizdan maksimal darajada foydalanishimiz kerak"

"Arsenal" "Yuventus"dan Arturni ijaraga olish borasida muzokaralarni davom ettirmoqda

Arteta Jakaning qizil kartochkasi haqida: "Men doimo futbolchilarim tomonda bo'lganman. Ammo bunday statisika bilan uni oqlash qiyin"

Dibala "Yuve"dan ketmoqchi emas. Jamoa bilan yangi shartnoma borasida muzokaralar fevral oyida davom ettiriladi [TyC Sports]

Allegri Dibala haqida: "Bu menga bog'liq emas, ammo men uni katta qilganman. U noyob iqtidor egasi"

Konte: "Tottenhem"da o'tayotgan vaqtimdan zavq olmoqdaman. Bu yerdagi muhit fantastik darajada. Biz ko'prog'iga loyiqmiz"

Kovid yuqtirib olgan Obameyangning yuragida muammo paydo bo'lgan. Shu tufayli u Ganaga qarshi bahsni o'tkazib yuborgan

Runi Ronalduning so'zlari haqida: "MYU" TOP1 jamoa bo'lishi kerak. TOP3 jamoadan biri emas. Klubning va muxlislarning talabi shunday"

"Arsenal" APLdan "Tottenhem"ga qarshi bahs qoldirilishini iltimos qildi. Ammo "shporlar" o'yin qoldirlishidan norozi [Sky Sports]

Gyundogan ayni damdagi eng yaxshi futbolchilarni sanadi: "Levandovski, Salah va Benzema"

"Bavariya" va "Barselona" Kristensenga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Futbolchi "Chelsi" bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmayapti [Fabritisio Romano]

Fede Valverdening ayoli klasikodan oldin futbolchiga yozgan smsni ko'rsatdi: "Agar "Barsa" jarima maydoni ichida to'pni olsang va gol urmasang, oshpazimizni bo'shatib yuboraman va sen har kuni meni qo'limdan ovqat yeysan. O'ylab ko'r"

"Barselona" Holandni qo'lga kiritish uchun Frenki de Yongni sotishga ham rozi [Marca]

Messining instagramdagi obunachilari soni 300 mlntaga yetdi

"PSJ" Mbappe bilan qisqa muddatli shartnoma borasida ishlamoqda [Telefoot]

Ronaldu: "Bir narsani aniqlamoqchiman. 40,41 va 42 yoshda ham o'ynay olarmikanman ?"

"Ayaks" futbolchisi Neres12 mln yevro evaziga "Shaxtyor"ga ko'chib o'tdi

Tomori tizzasidan operatsiya qilindi. Futbolchi 30 kundan so'ng "Milan"ga yordam bera oladi

"Chelsi" "Flamengo"da o'ynayotgan Kenedini ijaradan qaytarib oldi

Rangnik futbolchilarga dam bergani esidan chiqib seshanba kuni mashg'ulot bazasiga yetib keldi [Daily Mail]

"Atletiko" Trippyerga o'rinbosar sifatida Dalot va De Shilyoni kuzatmoqda [As]

Neymar 6-fevral kuni "Lill"ga qarshi bahsda maydonga tushishi mumkin [RMC Sport]

"MYU" va "Atletiko" Simone Inzagi bilan aloqaga chiqdi. "Inter" murabbiyini qo'yib yubormoqchi emas [Corriere dello Sport]

"Barsa" Morata transferidan voz kechdi va bor e'tiborini Holand transferiga qaratgan [Mundo Deportivo]

Ronaldu: "Portugaliya mundialga chiqa olmasa bu juda qayg'uli bo'ladi. Umid qilamanki biz u yerga boramiz. Bizni jang kutmoqda"

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
18.2K views07:51
Ochish/sharhlash
2022-01-14 11:51:24 Futbol olamidagi so'nggi yangiliklar:

"Atletik" Ispaniya Superkubogi yarim finalida "Atletiko"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi. "Real" - "Atletik" ishtirokidagi final 16-yanvar kuni soat 00:00da bo'lib o'tadi

Italiya kubogining 1/8 final bosiqichi doirasida bo'lib o'tgan "Napoli" - "Fiorentina" bahsida 7ta gol urildi va 3 futbolchi maydondan chetlatildi. Yakunda florensiyaliklar chorak finalga yo'l olishdi

Ronaldu: "6-7 o'rinlarni egallashni istamayman. "MYU"ning mentaliteti kamida kuchli uchlikka kirishga mos bo'lishi kerak"

Benzema France Football nashri tomonidan Fransiyaning 2021-yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Klopp: "Bir kishi ko'p bo'lib o'ynagandan ko'ra, gol urganimizda yaxshi bo'lardi. Chetlatishdan keyin biz bosim ostida qoldik"

Kimmix 2021-yilda Germaniya terma jamoasining eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Arteta: "Chetlatishga qaramasdan, biz taslim bo'lmadik. Yigitlar oxirigacha kurashishdi"

Italiya kubogi doirasida bo'lib o'tgan "Milan" 3:1 "Jenoa" bahsida milanliklar Shevchenkoga bag'ishlab banner ko'tarishdi. U yerda shunday yozilgan edi: "Uzoq muhabbat tarixi. Manchesterdagi xotira qalblarimizda. Sheva - abadiy afsona"

"Barselona" ijara muddati yakunlangani sababli Demirni "Rapid" klubiga qaytarib yubordi

Ryudiger "Chelsi"da qolishni istamoqda. Futbolchi va klub o'rtasida muzokarlar yaxshi tomonga o'zgargan [Kristian Falk]

Messi "Brest" klubiga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi. Futbolchi yanvar oyidagi FIFA kunlarida ham Argentinaga yordam bera olmaydi [Mundo Deportivo]

Pedri klasikodagi 2:3 hisobi haqida: "Vaziyatlardan foydalana olmagandan keyin bunday hisob qayd etilishi aniq"

Nani "Venetsiya" klubiga o'tishi mumkin [Matteo Moretto]

Laporta kiyim almashtirishxonasida futbolchilarga: "Biz "Barsa" muxlisi ekanimiz bilan faxrlanamiz. Bizda deyarli barchasi o'xshadi. Biz to'g'ri yo'ldamiz"

Xames Rodriges Qatar chempionatining 13-turida yurak hurujiga uchragan Usmon Kulibalini hayoti saqlanib qolishiga ko'maklashdi [beinsports]

Torres "Barsa"dagi debyuti haqida: "Barsa"dagi debyutim bilan faxrlanaman. Endi mehnat qilishim va rivojlanishda davom etishim kerak"

Tuhel 1 yil ichida "Chelsi" bilan Chempionlar ligasi, Angliya kubogi, Angliya liga kubog finaliga chiqqan ilk murabbiyga aylandi

"Everton" "Aston Villa" futbolchisi El-Gazini ijaraga oldi

Messi kovid haqida: "Men deyarli tiklanib bo'ldim. Meni oldinda sinov kutmoqda"

"Nyukasl" Golovin uchun kurashga qo'shildi [metaratings]

Ronaldu o'zini Lebron Jeyms bilan solishtirishlari haqida: "Hech bir sport turida futboldagichalik yuklamalar yo'q"

"Liverpul" Bouen transferiga jiddiy qiziqish bildirmoqda [footballinsider247]

"Valensiya" hujumchisi Gomes "Yuventus"ga ko'chib o'tishi mumkin [Nikolo Skira]

"Atletiko" "MYU"dan Dalotni sotib olish haqida o'ylamoqda [Matchtv]

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
10.9K viewsedited  08:51
Ochish/sharhlash
2022-01-13 12:24:15 Futbol olamidagi so'nggi yangiliklar:

"Real" el klasikolarda 100-g'alabasini qo'lga kiritdi. "Barsa" hisobida 96 g'alaba bor. 52 o'yinda esa durang natija qayd etilgan

Anchelotti: "Rosti "Barselona" yaxshi o'ynadi. "Real" birinchi bo'limda yaxshiroq edi, ammo ikkinchi bo'lim teng o'tdi"

Xavi: "Barselona" Superkubok bilan xayrlashdi. Ammo o'z komplekslaridan qutildi. Biz to'g'ri yo'ldamiz"

Valverde: "Biz ertaroq yutishimiz ham mumkin edi. Biz yaxshi o'ynadik"

"Inter" tarixda 6-marta Italiya Superkubogi sohibiga aylandi

Inzagi "Inter" murabbiyi sifatida ilk sovrinini qo'lga kiritdi

Dani Alves faoliyatidagi 1000-o'yinni o'tkazdi. U el klasikoda maydonga tushgan eng yoshi katta futbolchiga aylandi

"Barsa" 2006-yildan beril ilk bor el klasikoda "Real" darvozasiga 20ta zarba berdi

"Real" ketma-ket 5-klasikoda g'alaba qozondi

Pedri sentabrdan buyon, Fati noyabrdan buyon ilk bor maydonga tushishdi

Fati joriy mavsum "Barsa" safida 5ta gol urdi. Bu uchun unga 385 daqiqa kerak bo'ldi

Ferran Torres Superkubokda "Barselona" safida debyut qildi

"Man.Siti" Braziliya yoshlar jamoasi a'zosi Aberno Santosga qiziqish bildirmoqda [The Telegraph]

Lyuk de Yong "Barsa" safida ketma-ket 3 o'yinda gol urdi

Lyuka Din bugun "Aston Villa" bilan shartnoma imzolaydi. "Everton" El-Gazini ijaraga oladi [Fabritisio Romano]

"Arsenal" yozda Tilemansni tarkibiga qo'shib olishi mumkin. Klub futbolchi agenti bilan muzokara o'tkazgan [Goal]

"Nyukasl" 25 mln funt evaziga Kris Vudni "Bernli"dan sotib oladi [Sky Sports]

Mourinyo N'Dombeleni "Roma"ga taklif etmoqda [Julen Meynar]

"Xetafe" Oskarni tarkibga jalb etmoqchi [todofichajes]

"Sevilya" Okampos bilan shartnomani uzaytirmoqchi [Goal]

"Milan" "Roma"dan Florensi transfer huquqini qo'lga kiritmoqchi [Calciomercato]

"Yuventus" Depayni ijaraga olmoqchi. "Barselona" takliflarni ko'rib chiqishga tayyor [Goal]

Tuhel "Chelsi"ning ketma-ket finallarda ishtirok etishi haqida: "Bu bilan o'z kuchimizga ortiqcha baho berib yubormasligimiz kerak"

Anyelli "Inter"ning 121-daqiqadagi goli haqida: "Alamli. Ba'zan futbolni iblis o'ylab topganmi deb o'ylab qolaman"

Konte: "Ikki o'yin natijasiga ko'ra, "Chelsi" finalga chiqishga haqli edi"

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
11.3K views09:24
Ochish/sharhlash
2022-01-13 00:07:02
"Barselona" 2:3 "Real"

Valverdening goli
4.4K views21:07
Ochish/sharhlash
2022-01-12 23:48:58
"Barselona" 2:2 "Real"

Fatining goli
5.2K views20:48
Ochish/sharhlash
2022-01-12 23:42:33
"Barselona" 1:2 "Real"

Benzemaning goli
5.2K views20:42
Ochish/sharhlash
2022-01-12 22:54:16
"Barselona" 1:1 "Real"

Lyuk de Yongning goli
6.3K views19:54
Ochish/sharhlash
2022-01-12 22:40:11
"Barselona" 0:1 "Real"

Vinisiusning goli
6.8K views19:40
Ochish/sharhlash