Get Mystery Box with random crypto!

Kevin de Bruyne hikoyasi (so'nggi qism) Mavsum men uchun qiyi | Hasan Turdialiyev | Rasmiy kanal

Kevin de Bruyne hikoyasi (so'nggi qism)

Mavsum men uchun qiyin kechdi. Jarohatlar, o‘tkazib yuborilgan o‘yinlar, oson emas. O‘yinni tomoshabinlar qatorida tomosha qilish men uchun barcha qiynoqlardan ham og‘ir edi. Bunga chidashim qiyin.

Rafiqam ham buni tasdiqlaydi – uning aytishicha, mening aqlim joyida emas. Biz birga yetti yil yashadik va u hech qachon mening yig‘laganimni ko‘rmagan. Hatto ta’ziyalarda ham yig‘lamayman. Lekin “Fulhem” bilan o‘yinda tizzamdan jarohat olganimda, shifokorlar qanchadir vaqt maydonga tusha olmasligimni aytishdi. Hatto o‘z kiyimingni birovning yordamisiz kiya olmasliging qo’rqinchli. Og‘ir damlar edi. O‘sha paytlarda xotinim endigina ikkinchi farzandimizni dunyoga keltirgan edi.

U tug‘ruqxonadan endigina qaytgan edi. Unga qo‘ng‘iroq qildim va bu yangilikni aytmoqchi bo‘ldim.

“Bola qalay? Hammasi joyidami?”

“Hammasi yaxshi. Sen yig‘layapsanmi?”

O’ylashimcha, ko‘zimda yosh bor edi.

“Ha, menda yomon yangilik bor. Yana tizzam. Bir necha hafta maydonga tusha olmas ekanman. Xullas, endi uch bolaga o‘zing qarashingga to‘g‘ri keladi”

Shu gaplarni aytayotib, rostdan ham yig‘lab yubordim. Bu nima edi bilmayman, o‘g‘limiz tug‘ilgani uchunmi yoki maydonga tusha olmasligimmi... Balki ikkalasi uchun ham. Bilmadim, lekin telefon kamerasiga qarab ho‘ngrab o‘tirishim, rostdan ham kulgili chiqqan bo‘lsa kerak.

Xotinim ko‘zlariga ishonmasdi.

“Sen to‘yimiz kuni yig‘lamading. O‘g‘illaring tug‘ildi, yig‘lamading. Bir esa kechagina tug’ildi axir?!”

Nazarimda, bu bilan barchasini tushindingiz. To‘y, o‘lim, tug‘ilish? Hech narsa. Men qoyaman. Ammo mendan futbolni tortib olsangiz. Yo‘q, bunga chidolmayman.

Jannat. Futbol men uchun yerdagi jannat. O’ylashimcha men boshqalardan biroz farq qilaman. Chunki men asosan futbol orqali gapiraman. Bu esa mening hikoyam. Tinglaganingiz uchun rahmat.

Kevin De Bruynening ThePlayersTribune saytiga bergan intervyusidan tarjima.

Videoni yaqin kunlarda kanalga joylaymiz.

1-qism
2-qism
3-qism
4-qism
5-qism

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan