Get Mystery Box with random crypto!

Kevin de Bruyne hikoyasi (3-qism) Esimda, bu gaplardan so’ng | Hasan Turdialiyev | Rasmiy kanal

Kevin de Bruyne hikoyasi (3-qism)

Esimda, bu gaplardan so’ng onam ko’z yosh to’kkandi, men esa toʼpni olib, koʼchaga, bir oʼzim toʼp tepadigan hovliga chiqib ketgandim.

Birgina soʼz mening qalbimga qattiq muhrlandi – “shunaqa bo’lganing uchun!”. Bu soʼzlar miyamda tinmay takrorlanardi.

Soatlab toʼp tepib, oʼzimga oʼzim aytardim: “Hammasi yaxshi boʼladi, ikki oy oʼtib men albatta birinchi jamoaga oʼtaman. Nima bo’lgan taqdirda ham uyga omadsiz sifatida qaytmayman. Nima boʼlsayam”.

Yozgi taʼtildan soʼng Genkka qaytdim. Toʼgʼrisi, u yerda hech kim emasdim. Аmmo mashgʼulotlarga zoʼr berdim. Qalbimda nimadir otash bo’lib yonar edi.

Hammasi oʼzgargan oʼsha kunni eslayman. Bu juma oqshomi edi. Oʼyinni zaxirada boshladim, ikkinchi boʼlimda maydonga tushganimda esa, jinni boʼlib qolgandim.

Birinchi gol!
“Ular seni boshqa istashmaydi!”

Ikkinchi gol.
“Haddan tashqari sokin ekansan”

Uchinchi gol.
“Xaraktering juda ogʼir”

Toʼrtinchi gol.
“Sen ularga kerak emassan”

Beshinchi gol.
“Shunaqa boʼlganing uchun”

Shu tariqa, bir boʼlimda beshta gol urdim. Shundan keyin klubdagi vaziyatim oʼzgardi. Rostan ham ikki oy oʼtmasdan, birinchi jamoaga oʼtdim. Bir necha kun ichida maqsadimga yetdim. Tabiiyki, klub ham uyimdagilarga, yangi xonadon uchun toʼlov qila olishini aytdim. Futbolda hammasi yaxshi boʼlgan paytda senga boʼlgan munosabati ham oʼzgarishini koʼrish, haqiqatan ham, juda qiziq.

Bir kuni klubda o’sha xonadondagi oilamni ko’rib qoldim, “ta’tildan keyin uchrashimiz” degan o’sha ayol go’yoki, barchasiga o’rtada yuzaga kelgan katta anglashilmovchilik sababligini aytdi. U menga shunday dedi: “Biz seni qaytarmoqchi bo’lgandik! Biz shunchaki bir necha haftaga dam olishga ketgandik. Xohlasang dam olish kuni biznikida qolishing mumkin”

Aslida bu qilgan ishim noto’g’ri bo’lganini bilaman. Lekin ular meni qattiq hafa qilishgandi. Shu tufayli men ularga shunday javob berdim: “U yerga yana qaytishimni xohlayapsizmi ? Yo’q. Siz meni ahlatga uloqtirdingiz. Hozir menda hammasi yaxshi”

To’g’risi men ularga rahmat aytishim kerak edi. Chunki bu voqea mening faoliyatim rivojiga katta ta’sir o’tkazdi. Biroq meni qurshab turgan qora bulutlar to’liq tarqalmadi. “Genk”ning yosh oʼyinchisi boʼlib yurganimda va hatto “Chelsi”ga oʼtgan paytlarimda ham, Belgiya matbuotida men haqimda salbiy fikrlar chiqishda davom etardi. Koʼpincha, oʼsha meni rad qilgan oilani eslashar va mening ogʼir xarakterli ekanimga urgʼu berishardi.

Bir tomoni haqiqat, men rostdan ham baʼzida maydonda ehtiroslarimni jilovlay olmayman. Oʼzimni bosib turib, birdaniga oʼzimni yoʼqotib qoʼyaman va odatda besh soniya oʼtib yana xotirjam tortaman. Aslida bunday asabiylashishlarimga sabab bitta – futbol oʼynashga bo’lgan katta xohish.

“Chelsi” tarkibida o’ynay boshlagan paytlarimda Joze Mourinyo bilan munosabatimiz haqida ko’p yozishardi. Qiziq tomoni aslida, u bilan faqat ikki marta gaplashganman, xolos.

Shu sababli asosiy maqsadim biror joyda ijarada o’ynash edi. 2012-yilda “Verder”ga oʼtdim. U yerda mavsumni juda yaxshi oʼtkazdim.

Yozda "Chelsi"ga qaytganimda, bir qator nemis klublari meni tarkibida ko’rishni istayotgan edi. Klopp meni “Borussiya”da koʼrishni xohlar edi, chunki ularning oʼyin uslubi menga juda mos tushardi. Shuning uchun men ham “Chelsi” balki meni qoʼyib yuborar deb o’ylar edim.

Keyin Mourinyo menga “Sen qolasan. Jamoamning bir boʼlagi boʼlishingni istayman”, deb xabar yubordi. Bu smsdan so’ng “Yaxshi. Demak, men uning rejalarida borman”, deb o’yladim.

Davomi bor...

1-qism
2-qism

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan