Get Mystery Box with random crypto!

Futbol olamidagi so'nggi yangiliklar: 'Real' el klasikolarda | Hasan Turdialiyev | Rasmiy kanal

Futbol olamidagi so'nggi yangiliklar:

"Real" el klasikolarda 100-g'alabasini qo'lga kiritdi. "Barsa" hisobida 96 g'alaba bor. 52 o'yinda esa durang natija qayd etilgan

Anchelotti: "Rosti "Barselona" yaxshi o'ynadi. "Real" birinchi bo'limda yaxshiroq edi, ammo ikkinchi bo'lim teng o'tdi"

Xavi: "Barselona" Superkubok bilan xayrlashdi. Ammo o'z komplekslaridan qutildi. Biz to'g'ri yo'ldamiz"

Valverde: "Biz ertaroq yutishimiz ham mumkin edi. Biz yaxshi o'ynadik"

"Inter" tarixda 6-marta Italiya Superkubogi sohibiga aylandi

Inzagi "Inter" murabbiyi sifatida ilk sovrinini qo'lga kiritdi

Dani Alves faoliyatidagi 1000-o'yinni o'tkazdi. U el klasikoda maydonga tushgan eng yoshi katta futbolchiga aylandi

"Barsa" 2006-yildan beril ilk bor el klasikoda "Real" darvozasiga 20ta zarba berdi

"Real" ketma-ket 5-klasikoda g'alaba qozondi

Pedri sentabrdan buyon, Fati noyabrdan buyon ilk bor maydonga tushishdi

Fati joriy mavsum "Barsa" safida 5ta gol urdi. Bu uchun unga 385 daqiqa kerak bo'ldi

Ferran Torres Superkubokda "Barselona" safida debyut qildi

"Man.Siti" Braziliya yoshlar jamoasi a'zosi Aberno Santosga qiziqish bildirmoqda [The Telegraph]

Lyuk de Yong "Barsa" safida ketma-ket 3 o'yinda gol urdi

Lyuka Din bugun "Aston Villa" bilan shartnoma imzolaydi. "Everton" El-Gazini ijaraga oladi [Fabritisio Romano]

"Arsenal" yozda Tilemansni tarkibiga qo'shib olishi mumkin. Klub futbolchi agenti bilan muzokara o'tkazgan [Goal]

"Nyukasl" 25 mln funt evaziga Kris Vudni "Bernli"dan sotib oladi [Sky Sports]

Mourinyo N'Dombeleni "Roma"ga taklif etmoqda [Julen Meynar]

"Xetafe" Oskarni tarkibga jalb etmoqchi [todofichajes]

"Sevilya" Okampos bilan shartnomani uzaytirmoqchi [Goal]

"Milan" "Roma"dan Florensi transfer huquqini qo'lga kiritmoqchi [Calciomercato]

"Yuventus" Depayni ijaraga olmoqchi. "Barselona" takliflarni ko'rib chiqishga tayyor [Goal]

Tuhel "Chelsi"ning ketma-ket finallarda ishtirok etishi haqida: "Bu bilan o'z kuchimizga ortiqcha baho berib yubormasligimiz kerak"

Anyelli "Inter"ning 121-daqiqadagi goli haqida: "Alamli. Ba'zan futbolni iblis o'ylab topganmi deb o'ylab qolaman"

Konte: "Ikki o'yin natijasiga ko'ra, "Chelsi" finalga chiqishga haqli edi"

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan