Get Mystery Box with random crypto!

Futbol olamidagi so'nggi yangiliklar: 'Atletik' Ispaniya Sup | Hasan Turdialiyev | Rasmiy kanal

Futbol olamidagi so'nggi yangiliklar:

"Atletik" Ispaniya Superkubogi yarim finalida "Atletiko"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi. "Real" - "Atletik" ishtirokidagi final 16-yanvar kuni soat 00:00da bo'lib o'tadi

Italiya kubogining 1/8 final bosiqichi doirasida bo'lib o'tgan "Napoli" - "Fiorentina" bahsida 7ta gol urildi va 3 futbolchi maydondan chetlatildi. Yakunda florensiyaliklar chorak finalga yo'l olishdi

Ronaldu: "6-7 o'rinlarni egallashni istamayman. "MYU"ning mentaliteti kamida kuchli uchlikka kirishga mos bo'lishi kerak"

Benzema France Football nashri tomonidan Fransiyaning 2021-yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Klopp: "Bir kishi ko'p bo'lib o'ynagandan ko'ra, gol urganimizda yaxshi bo'lardi. Chetlatishdan keyin biz bosim ostida qoldik"

Kimmix 2021-yilda Germaniya terma jamoasining eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Arteta: "Chetlatishga qaramasdan, biz taslim bo'lmadik. Yigitlar oxirigacha kurashishdi"

Italiya kubogi doirasida bo'lib o'tgan "Milan" 3:1 "Jenoa" bahsida milanliklar Shevchenkoga bag'ishlab banner ko'tarishdi. U yerda shunday yozilgan edi: "Uzoq muhabbat tarixi. Manchesterdagi xotira qalblarimizda. Sheva - abadiy afsona"

"Barselona" ijara muddati yakunlangani sababli Demirni "Rapid" klubiga qaytarib yubordi

Ryudiger "Chelsi"da qolishni istamoqda. Futbolchi va klub o'rtasida muzokarlar yaxshi tomonga o'zgargan [Kristian Falk]

Messi "Brest" klubiga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi. Futbolchi yanvar oyidagi FIFA kunlarida ham Argentinaga yordam bera olmaydi [Mundo Deportivo]

Pedri klasikodagi 2:3 hisobi haqida: "Vaziyatlardan foydalana olmagandan keyin bunday hisob qayd etilishi aniq"

Nani "Venetsiya" klubiga o'tishi mumkin [Matteo Moretto]

Laporta kiyim almashtirishxonasida futbolchilarga: "Biz "Barsa" muxlisi ekanimiz bilan faxrlanamiz. Bizda deyarli barchasi o'xshadi. Biz to'g'ri yo'ldamiz"

Xames Rodriges Qatar chempionatining 13-turida yurak hurujiga uchragan Usmon Kulibalini hayoti saqlanib qolishiga ko'maklashdi [beinsports]

Torres "Barsa"dagi debyuti haqida: "Barsa"dagi debyutim bilan faxrlanaman. Endi mehnat qilishim va rivojlanishda davom etishim kerak"

Tuhel 1 yil ichida "Chelsi" bilan Chempionlar ligasi, Angliya kubogi, Angliya liga kubog finaliga chiqqan ilk murabbiyga aylandi

"Everton" "Aston Villa" futbolchisi El-Gazini ijaraga oldi

Messi kovid haqida: "Men deyarli tiklanib bo'ldim. Meni oldinda sinov kutmoqda"

"Nyukasl" Golovin uchun kurashga qo'shildi [metaratings]

Ronaldu o'zini Lebron Jeyms bilan solishtirishlari haqida: "Hech bir sport turida futboldagichalik yuklamalar yo'q"

"Liverpul" Bouen transferiga jiddiy qiziqish bildirmoqda [footballinsider247]

"Valensiya" hujumchisi Gomes "Yuventus"ga ko'chib o'tishi mumkin [Nikolo Skira]

"Atletiko" "MYU"dan Dalotni sotib olish haqida o'ylamoqda [Matchtv]

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan