Get Mystery Box with random crypto!

Futbol olamidagi so'nggi yangiliklar: 'Jenoa' Shevchenkoni i | Hasan Turdialiyev | Rasmiy kanal

Futbol olamidagi so'nggi yangiliklar:

"Jenoa" Shevchenkoni iste'foga chiqardi

Gvardiola kovid "Siti"ga yordam berayotgani haqida: "Ba'zida bizga pullar yordam berayotganida, ba'zida kovid yordam berayotganida ayblashadi. Agar bu omad deyilsa, bunga qo'shilgan bo'lardim"

"Man.Siti" APLda ketma-ket 12 o'yinda g'alaba qozondi. Jamoa 6-noyabrdan beri mag'lub bo'lmadi

Gvardiola: "Chempionlar ligasi g'olibi bizga qarshi 180 daqiqa ichida 1ta aniq zarba bera oldi holos. Biz g'alabaga loyiq edik. Men "Arsenal"ga qarshi bahsdagi g'alabadan ham xursand bo'ldim, ammo u adolatli bo'lmagan edi"

Nevill: "APL o'yinlarni boshqa kunga ko'chirishni to'xtatishi kerak. Jamoalarda 30-40ta futbolchi bor"

"Everton" Benitesni iste'foga chiqardi. "Everton" so'nggi 13 o'yindan 1tasida g'alaba qozona oldi holos

Grizmann jarohatdan forig' bo'ldi va "Atletiko" safiga qaytdi

"Arsenal" Vlahovich uchun 70 mln yevro taklif qildi. Dushan boshqa jamoaga o'tishni istamoqda [La Repubblica]

Tuhel Lukaku haqida: "Bosimsiz ham juda ko'p to'p oldirish. Biz unga yordam bermoqchimiz. U jamoaning bir qismi. Hujumimiz bundan yaxshiroq o'ynay oladi"

"Chelsi"ning 11 o'yinlik mag'lubiyatsiz seriyasi barham topdi

Ispaniya kubogi doirasidagi "Betis" - "Sevilya" bahsi muddatdan oldin to'xtatildi. "Betis" muxlisi tomonidan Jordanga uloqtirilgan tayoq futbolchini jarohatlagani sabab hakam o'yinni davom ettirmadi. Bahs qaytadan o'tkazilmaydi

"Bavariya" Bundesligada ketma-ket 66 o'yinda gol musobaqa rekordini yangiladi

Myuller Bundesigadagi 14 mavsum ichida 150ta assistni amalga oshira oldi. TOP5 chempionatlarda faqat Messi undan yaxshiroq (180) natija qayd etmoqda

Levandovski joriy mavsum "Bavariya" safida 27 bahsda 34ta gol urdi

Rangnik: "Biz dastlabki 30 daqiqada ustunlik qildik. So'nggi 15 daqiqada ularga to'pni ko'p berib qo'ydik. Bunday natijani qabul qilish og'ir"

"Atletiko" Feliksni qishda ham yozda ham sotmoqchi emas. Klub uning kelajagiga ishonadi [Marca]

2020-yilda "Barsa"ga Vlahovichning ijarasi taklif qilingan va klub bunga rad javobini bergani ma'lum bo'ldi [Marca]

"Marsel" transfer qoidasini buzgani uchun 2ta transfer oynasiga taqiq oldi va 2,5 mln yevro jarima to'laydi [L'Equipe]

Jerrard: "Koutinyo uchun yaxshi start. "Aston Villa" yuqori sifatli futbolchini xarid qildi"

"Nyukasl" "PSJ"dan Navasni sotib olishga urundi. Ammo parijliklar bunga rad javobini berdi [RMC Sport]

"Yuventus" Vlahovich agentlari bilan muzokara o'tkazmoqda [Tuttosport]

Jerrard Koutinyo haqida: "U muxlislar muhabbatini his qilishi kerak. Bir vaqtlar men ham shunday holatda edim. Menga ishonishlarini xohlardim"

Ryudiger Syerra-Leonedagi 11 bola operatsiyasiga pulni to'lab berdi

Benzema Vinisius haqida: "Men unga dars beryapman. U avvalgidan ancha o'zgardi"

Jou Koul: "Man.Siti" "Liverpul" va "Chelsi"dan bunchalik oson o'tib ketgani meni hayron qoldirdi. Ular orasida farq katta emasdi"

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan