Get Mystery Box with random crypto!

OLIY TA’LIM YANGILIKLARI

Telegram kanalining logotibi talim4 — OLIY TA’LIM YANGILIKLARI O
Telegram kanalining logotibi talim4 — OLIY TA’LIM YANGILIKLARI
Kanal manzili: @talim4
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.82K
Kanalning ta’rifi

OLIY TA'LIM YANGILIKLARI
Talabalar va Abituriyentlar jamlangan kanalga hush kelibsiz !
🎓Ta’limga oid eng so’ngi va qaynoq yangiliklar.
🧑🏻‍💼Abituriyentlar Biz bilan Talabalik davrini oldindan his eting ..
👉 @Online_rek1

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 9

2023-04-26 13:31:42
ZAMONAVIY KASB EGASI BO'LING!
Position: AUTO TRANSPORT BROKER!

Amerikaning top logistika kompaniyasida online O'zbekistondan turib ishlash imkoniyati endi siza bor!

- Up to $3000 monthly salary
- Free training
- Friendly team
- Comfortable workplace
- Timely paid salary

Language requirements: B2+
Only English!
Basic Computer knowledge
Hard-Working

- Location: Navoi

Bizga bog'laning.

@PaulBrownSafe (Telegram)

+998 97 377 15 25
20.4K views10:31
Ochish/sharhlash
2023-04-26 13:31:22
Barcha o'xshatishlar tasodifdir.



@Talim4
20.9K viewsedited  10:31
Ochish/sharhlash
2023-04-26 11:17:56 Online ishga taklif qilamiz.
Bu hamma uchun
Student
Uy bekasi
Maktab oʻquvchisi
Asosiysi internet va telefon boʻlsa boʻldi !
Ishizga qarab pul tushadi!
Ish juda oson!
Bir haftada daromad ola boshlaysz!
Murojaat uchun:
Telegram lic

@uzbbizness1


+998942362484
Eng asosiysi halol
Shoshilib qoling joylar cheklangan
Bu ishda maxsulot oldi sotdi qilinmaydi
21.5K views08:17
Ochish/sharhlash
2023-04-26 09:46:37 SIZ HAQINGIZDA QIZIQARLI FAKT

Siz o‘z qulog‘ingizni ko‘zgusiz ko‘ra olmaysiz.

Siz o‘z soch tolalaringiz soni qanchaligini bilmaysiz.

Siz tilingizni chiqargan holatda burningiz bilan nafas ololmaysiz.

Siz hozir tilingizni chiqarib, burningiz bilan nafas olishga urindingiz.

Siz tilingizni chiqarib turib, burundan nafas olaverish mumkinligiga ishonch hosil qildingiz.

Siz hazillashganimni tushundingiz va yuzingizda tabassum paydo bo‘ldi.

Siz ro‘yxatda 5-fakt yo‘qligini sezmadingiz.

Siz hozir ro‘yxatda 5-fakt bor yoki yo‘qligini tekshirdingiz.

Siz tabassum qilsangiz, dunyodagi eng yaxshi, eng samimiy insonga aylanasiz.....

@Talim4
20.6K viewsedited  06:46
Ochish/sharhlash
2023-04-26 06:50:13


Dunyoning top-10 universitetlari

Ushbu reyting 2023-yilga taalluqli bo‘lib, barcha o‘rinlarni AQSH va Buyuk Britaniya universitetlari egallagan:

1. Oksford
2. Harvard
3. Kembrij
4. Stenford
5. MIT
6. Kalifornia texnologiya instituti
7. Prinston
8. Berkli Kaliforniya universiteti
9. Yel universiteti
10. London Imperial kolleji.


@Talim4
20.6K viewsedited  03:50
Ochish/sharhlash
2023-04-26 04:19:04 ​​15 daqiqa qoidasi

Yaqinda bir kishi bilan suhbatlashdim. U hayotda erishgan yutuqlari sirini ochdi. Uni sizlar bilan o‘rtoqlashmoqchiman.

Suhbatdoshim juda boy-badavlat, ko‘p mulk va aktivlarga egalik qiladi. U bilan suhbat zo‘r o‘tdi, keyin birdan yutuqlari siri haqida gapirdi.

— Bilasanmi, hayotda 15 daqiqa qoidasi mavjud. Sen barchadan ajralib turishni, barchadan ilgari bo‘lishni istasang, shu qoidaga rioya qil. Ya’ni yaqin hamkasb va do‘stlaring 6 soat ishlaydi. Sen esa ulardan 15 daqiqa ko‘proq ishla. Ular har kuni 1 soat kitob o‘qisa, sen 15 daqiqa ko‘proq o‘qi. Ular 7da uyg‘onada, sen 6.45da uyg‘on. Xullas, ko‘p emas, mana shu 15 daqiqa seni doim birinchi bo‘lishingni kafolatlaydi.

Alisher Ro'zioxunov

@Talim4
20.5K viewsedited  01:19
Ochish/sharhlash
2023-04-25 10:58:04 Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tashkil etilmoqda

Prezident qarori (№128 20.04.2023y) bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tashkil etilmoqda.

Mazkur Respublika markazi:

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 34 ta shtat birligini hamda faoliyati tugatilayotgan Ta’lim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazining 18 ta shtat birligini;

Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazining 10 ta shtat birligini qisqartirish hisobiga tashkil etiladi.

Markazning asosiy vazifalari qilib:

ta’lim jarayoniga innovasion pedagogik texnologiyalarni, o‘qitishning samarali shakl va usullarini, ta’lim sifatini baholash va monitoring qilishning zamonaviy tizimlarini joriy qilish;

maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari, shuningdek, qisqa muddatli, shu jumladan xususiy o‘quv kurslar (keyingi o‘rinlarda - o‘quv kurslari)ning ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlariga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash;

ta’lim tashkilotlarida o‘qitish metodikasini takomillashtirish, zamonaviy talablar va ilg‘or xorijiy tajriba asosida yangi darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni nashr qilish, tajriba-sinovdan o‘tkazish va ekspertiza qilishni tashkillashtirish;

ta’lim tashkilotlarining rahbar va pedagogik kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning ilg‘or shakllarini joriy qilish, o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini uzluksiz oshirib borish uchun shart-sharoit yaratish;

ta’lim tashkilotlaridagi o‘quv-tarbiya jarayonlari va kadrlarni tayyorlash sifatini monitoring qilishda, ta’lim oluvchilarning bilimi ta’lim standartlari va talablariga muvofiqligini tahlil qilishda ishtirok etish, O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sifati sohasida xalqaro dasturlar va tadqiqotlar o‘tkazilishini tashkillashtirish;

ta’lim sohasini rivojlantirishga qaratilgan tahliliy va amaliy tadqiqotlar o‘tkazish, ta’lim jarayonida jahon ilm-fani va texnologiyalari yutuqlaridan keng foydalanish bo‘yicha ilmiy ishlanmalar va tavsiyalar tayyorlash;

ta’lim sohasidagi ilg‘or amaliyotni o‘rganish va tizimli tahlil qilish hamda uni respublikada joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni qabul qilish, yetakchi xorijiy ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan aloqalarni rivojlantirish belgilandi.

@Talim4
20.9K viewsedited  07:58
Ochish/sharhlash
2023-04-25 04:40:04 #tonggi_motivatsiya

​​Kamtar bo‘ling — hurmat qozonasiz;

Mehnatkash bo‘ling — nasibalanasiz;

Nozik ta’b bo‘ling — eslanasiz;

Saxovatli bo‘ling — rizqlanasiz;

Qiziquvchan bo‘ling — o‘rganasiz;

Ishonchli bo‘ling — qadrlanasiz;

Kechirimli bo‘ling — xotirjam bo‘lasiz;

Aslingiz kabi bo‘ling — baxtli bo‘lasiz.

Ushbu xabarni eng yaqin insonlaringiz bilan baham ko'ring - Ularni xursand qilasiz!

@Talim4
21.5K viewsedited  01:40
Ochish/sharhlash
2023-04-24 05:41:27
Oʻqish 6 yillik boʻlarmish O'qishda o'qiydigan ayrim 4-kurs qizlar...

Qiyin bo'lmasa reaksiya qoldiring

Bizni kuzatib boring
@Talim4
21.3K viewsedited  02:41
Ochish/sharhlash
2023-04-24 05:38:16 Tegma noziklar o‘qimasin!

Profilingga 3-4 ta "siqilgan" rasmni qo‘yib olib, o‘zingcha hayotdan xafasan. 2-3 ta xatto o‘zing ham tushunmaydigan "chiroyli" gaplarni bilib olib, "aqlli baxtsiz"ni yoqvolasan! Hayotdan adolat kutib yashaysan. Ammo esingdan chiqarma, hayot senga hech narsani va'da qilmagan!

Ijtimoiy tarmoqlarda kayfiyatingning har bir modulini ommaga ko‘rsatib yurishdan biror naf bor deb o‘ylaysanmi? Hh, ular sening kayfiyatingga "tupurib qo‘ygan"! Hammaga o‘zining muammosi qiziq!

O‘zingni omadsiz, jabrdiyda qilib ko‘rsatish o‘rniga (qo‘pol bo‘lsa ham aytaman) ketingni ko‘tar, harakatga tush! Hayotda har bir narsadan hikmat izla! Hattoki, Alloh yozishni qalbimga solgan mana shu postni o‘qib turganingdan ham bir xayr qidir!

O‘zingning yashashga arzirli orzu-maqsadlaring bo‘lmasa, tug‘ilishing sababchilari — ota-onangning orzu-maqsadlarini amalga oshirish uchun yasha! Ular sendan o‘zing o‘ylaganingdan-da ko‘proq narsa kutishlarini va ular kutayotgandan-da ko‘prog‘i qo‘lingdan kelishiga ishonishlarini mendan ham yaxshi bilasan!

Shunday ekan, har kuningni g‘aflatda o‘tkazmoqlikdan voz kech-da, harakatga tush! Bugunoq, yo‘q, yo‘q, hoziroq!

Lekin shu gaplar ham ta'sir qilmasa, BILGANINGNI QIL!


@Talim4
21.1K viewsedited  02:38
Ochish/sharhlash