Get Mystery Box with random crypto!

OLIY TA’LIM YANGILIKLARI

Telegram kanalining logotibi talim4 — OLIY TA’LIM YANGILIKLARI O
Telegram kanalining logotibi talim4 — OLIY TA’LIM YANGILIKLARI
Kanal manzili: @talim4
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.82K
Kanalning ta’rifi

OLIY TA'LIM YANGILIKLARI
Talabalar va Abituriyentlar jamlangan kanalga hush kelibsiz !
🎓Ta’limga oid eng so’ngi va qaynoq yangiliklar.
🧑🏻‍💼Abituriyentlar Biz bilan Talabalik davrini oldindan his eting ..
👉 @Online_rek1

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 8

2023-05-04 04:03:03
Maqsadlarni belgilang

Nega yangi bilimlarni oʻrganishni xohlaysiz? Ularni keyinchalik amalda qoʻllay olasizmi? Ularni qayerda qoʻllaysiz? Bu sizga nima beradi?

Oʻzingiz uchun asosiy savollar roʻyxatini tuzing. Ular besh, oʻn, yigirmata boʻlishi mumkin. Qancha koʻp boʻlsa, shuncha yaxshi. Ushbu savollar niyatingiz va erishmoqchi boʻlgan natijani turli tomondan koʻrishga yordam beradi. Javoblaringizni iloji boricha batafsil va aniq berishga harakat qiling, hech narsani unutmang. Ularni qayta oʻqing, toʻldiring va har doim yoningizda saqlang. Ular ajoyib eslatma boʻlib qoladi va sizni keyingi choralarni koʻrishga undaydi.


https://t.me/Talim4
17.6K views01:03
Ochish/sharhlash
2023-05-03 13:39:56
Sening inglizchani "yorvoradigan" do'sting...

https://t.me/Talim4
20.2K viewsedited  10:39
Ochish/sharhlash
2023-04-29 08:32:12
Kim shifokor bo'lmoqchi edi?
Shuni o'qishga yordam bervoringlar, iltimos!


Har ehtimolga qarshi alifboni ham tashlab qo'ydik. Siz ham o'qishga urinib ko'ringchi.

Guruhlarga tashlab qo'yamiz!

https://t.me/Talim4
21.0K views05:32
Ochish/sharhlash
2023-04-29 04:48:20 ​#tonggi_motivatsiya

Xotirjamlik – insonning eng katta dushmani!

Dzen ustozi o‘z o‘quvchisini kamondan o‘q uzishga o‘rgatayotgan edi. O‘quvchi kamonni va ikkita o‘qni olib, mashq bajarishga shaylandi. Biroq, Ustoz uning oldiga borib, undan o‘qning birini olib qo‘ydi.

— Nima uchun ikkinchi o‘qimni olib qo‘ydingiz? — so‘radi o‘quvchi.
— Men sendan ikkinchi o‘qingni emas, birinchi o‘qingni olib qo‘ydim, chunki birinchi o‘qing baribir nishonga tegmas edi.
— Ammo nima uchun? — hayrat bilan so‘radi o‘quvchi.
— Chunki o‘q uzayotib, sen zaxirada yana bitta urinish borligini anglab turgan bo‘lar eding, mana shu xotirjamlik, insonning eng katta dushmanidir, — dedi Ustoz.

Yapon rivoyati

Yaqinlaringizga yuboring

https://t.me/Talim4
21.1K viewsedited  01:48
Ochish/sharhlash
2023-04-28 09:27:55 Joriy yildan boshlab nodavlat maktablar ham baholash reytingida ishtirok etishlari mumkin

Xabaringiz bor, Hukumatning tegishli qarori asosida tuman (shahar)lar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kesimida umumta’lim muassasalarining reytingi tuzib kelinmoqda.

Ushbu jarayonda qur’a tashlash yo‘li bilan tanlab olingan 10 foiz maktablardagi 9-sinf o‘quvchilarining bilimlari baholanadi, o‘qituvchilar o‘rtasida xalqaro TALIS baholash dasturi metodikasi asosida ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkaziladi.

Joriy yilda mazkur jarayonlarga yangilik kiritish maqsadida yurtimizda faoliyat olib borayotgan nodavlat ta’lim tashkilotlari faoliyatini ham baholash nazarda tutilmokda.

Shu munosabat bilan milliy reytingda ishtirok etish istagini bildirgan nodavlat ta’lim tashkilotlarini https://forms.gle/tAhZ5EbfbiZBLURS7 havolasi orqali ro‘yxatdan o‘tishlarini so‘rab qolamiz.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

Maktab reytingini aniqlash bo‘yicha NIZOM

https://t.me/Talim4
21.2K viewsedited  06:27
Ochish/sharhlash
2023-04-28 08:25:33
3-kurs talabalar ham maktabgacha ta’lim tizimida ishlashlari mumkin

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining davlat maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibini takomillashtirish to‘g‘risidagi qarori 7-2 bandiga ko‘ra, Oliy ta’lim muassasalarining pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi, kechki, sirtqi bo‘limlarning 3-4-kurslarida o‘qiyotgan talabalar davlat maktabgacha ta’lim tizimida pedagogik faoliyatni amalga oshirishi mumkin.

Bunda ularga o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotga ega bo‘lgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi.

Ularning mehnatiga haq to‘lashning bazaviy tarif stavkalari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

https://t.me/Talim4
20.9K viewsedited  05:25
Ochish/sharhlash
2023-04-28 02:25:01
ЖУМА АЙЁМИНГИЗ МУБОРАК БЎЛСИН!

Энг яқин инсоним кириб келган “Жума” куни муборак бўлсин.
Бу кунда барча дуо қилувчиларнинг дуолари ижобат бўлсин. Қалбларимизни ўзининг муҳаббати билан шод айласин!

Яқинларингизни биринчи бўлиб табриклаш эсдан чиқмасин

https://t.me/Talim4
18.2K viewsedited  23:25
Ochish/sharhlash
2023-04-27 04:58:54 ​#tonggi_motivatsiya

Imkoniyatni qo'ldan boy berdim deb o'ylaysizmi?

Hamma narsadan afsuslanishni bas qiling. Bu taslim bo'lishga odatlangan zaif odamlarning ishi.

Sinab ko'ring, o'sing, rivojlaning!

Hayot o'tmishdagi xatolardan saboq olish, intuitivligingizga ishonish, oldinga siljish, tavakkal qilish va baxtli daqiqalarni topish uchun berilgan. Siz sodir bo'lgan hamma narsa tasodifiy emasligini tushunishingiz kerak.

O'tmishni qoldiring!

Haqiqat bo'lmagan narsaga ergashmang. E'tiboringizni hozirgi kunga yo'naltiring, siz hali ham hamma narsani kutmoqdasiz. Yengilmang. Har bir lahza sizga yangi boshlanish va yangi yakun beradi.

Har bir soniya - bu yangi imkoniyat!

Yaqinlaringizga yuboring

https://t.me/Talim4
21.3K viewsedited  01:58
Ochish/sharhlash
2023-04-27 04:01:51 #tonggi #motivatsiya

Bugun boshlang!

Start va Finish orasini bir chiziq ajratib turadi xalos. Ma’lum narsaning tugashi bilan boshqasi boshlanadi va aksincha, nimadir boshlanishi boshqasi yakun topganini bildiradi.

Maqsadga erishishda eng muhimi - boshlash!

Boshlash bu - mavhumlik, boshlash bu - komfort zonadan chiqish, boshlash bu - sarhadlarimizni yorib chiqish...

Start va Finishni ajratib turgan chiziqni kesib o‘ta olasiz. Bu juda oson. Shunchaki, bugun harakatni boshlang!

https://t.me/Talim4
21.0K views01:01
Ochish/sharhlash
2023-04-26 21:12:47
So'radim : Nechun men imtihondan yiqildim

Dedilar : Dunyo seni tog'angmas

@Talim4
14.0K viewsedited  18:12
Ochish/sharhlash