Get Mystery Box with random crypto!

Tegma noziklar o‘qimasin! Profilingga 3-4 ta 'siqilgan' rasmn | OLIY TA’LIM YANGILIKLARI

Tegma noziklar o‘qimasin!

Profilingga 3-4 ta "siqilgan" rasmni qo‘yib olib, o‘zingcha hayotdan xafasan. 2-3 ta xatto o‘zing ham tushunmaydigan "chiroyli" gaplarni bilib olib, "aqlli baxtsiz"ni yoqvolasan! Hayotdan adolat kutib yashaysan. Ammo esingdan chiqarma, hayot senga hech narsani va'da qilmagan!

Ijtimoiy tarmoqlarda kayfiyatingning har bir modulini ommaga ko‘rsatib yurishdan biror naf bor deb o‘ylaysanmi? Hh, ular sening kayfiyatingga "tupurib qo‘ygan"! Hammaga o‘zining muammosi qiziq!

O‘zingni omadsiz, jabrdiyda qilib ko‘rsatish o‘rniga (qo‘pol bo‘lsa ham aytaman) ketingni ko‘tar, harakatga tush! Hayotda har bir narsadan hikmat izla! Hattoki, Alloh yozishni qalbimga solgan mana shu postni o‘qib turganingdan ham bir xayr qidir!

O‘zingning yashashga arzirli orzu-maqsadlaring bo‘lmasa, tug‘ilishing sababchilari — ota-onangning orzu-maqsadlarini amalga oshirish uchun yasha! Ular sendan o‘zing o‘ylaganingdan-da ko‘proq narsa kutishlarini va ular kutayotgandan-da ko‘prog‘i qo‘lingdan kelishiga ishonishlarini mendan ham yaxshi bilasan!

Shunday ekan, har kuningni g‘aflatda o‘tkazmoqlikdan voz kech-da, harakatga tush! Bugunoq, yo‘q, yo‘q, hoziroq!

Lekin shu gaplar ham ta'sir qilmasa, BILGANINGNI QIL!


@Talim4