Get Mystery Box with random crypto!

OLIY TA’LIM YANGILIKLARI

Telegram kanalining logotibi talim4 — OLIY TA’LIM YANGILIKLARI O
Telegram kanalining logotibi talim4 — OLIY TA’LIM YANGILIKLARI
Kanal manzili: @talim4
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.82K
Kanalning ta’rifi

OLIY TA'LIM YANGILIKLARI
Talabalar va Abituriyentlar jamlangan kanalga hush kelibsiz !
🎓Ta’limga oid eng so’ngi va qaynoq yangiliklar.
🧑🏻‍💼Abituriyentlar Biz bilan Talabalik davrini oldindan his eting ..
👉 @Online_rek1

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-08-22 04:55:01
Талаба бўлганлар ОТМга қандай ҳужжатлар бериши керак?

1. Ректор номига ариза;
2. Паспорт нусхаси (асли кўрсатилган ҳолда);
3. Диплом ёки аттестат (иловаси билан бирга) асл нусхаси;
4. Тил билиш даражасини тасдиқловчи сертификат асли; (агар бўлса)
5. 3,5х4,5 фото 12 та;
6. Ҳужжатлар йиғма жилди (папка скоросшивател);
7. Конверт А5 форматида;
8. Талабалар турар жойи (шароити оғир ва кам таъминланганлигини тасдиқловчи ҳужжати бор талабалар учун) ариза (керак бўлса)
9. Имтиёз асосида талабаликка тавсия этилганлар учун (имтиёз берувчи ҳужжатнинг асли, агар бўлса).

Эслатма: Бу ҳужжатлар Қабул комиссияси 2022-йилда тасдиқлаган вариант. Бу йил рўйхатда ўзгариш бўлиши мумкин. Канални кузатиб борсангиз, бу ҳақида хабар берамиз.

Тавсия: Қайси ОТМга қабул қилинган бўлсангиз, ўша ОТМга ушбу ҳужжатларни топширишингиз сўралади. Иложи бўлса, талабаси бўлган ОТМингизнинг ижтимоий тармоқлардаги саҳифаларини кузатиб боринг!

Барча талаба бўлганларни хабардор қилинг.


https://t.me/Talim4
10.6K viewsedited  01:55
Ochish/sharhlash
2023-08-22 04:55:01 5100 рақамига Ид рақамини смс орқали юбориб тезда мандат жавобини билинг

https://t.me/Talim4
10.4K viewsedited  01:55
Ochish/sharhlash
2023-08-22 04:55:01 МАНДАТ ЧИҚДИ

Абитуриентлар ўз натижаларини қуйидаги усулларда билишлари мумкин:

my.uzbmb.uz/answer саҳифасидан;

https://mandat.uzbmb.uz сайтидан;


https://t.me/Talim4
10.4K viewsedited  01:55
Ochish/sharhlash
2023-08-21 09:45:18
Кечаси билан мандат чиқишини ухламасдан кутиб чиққан абитуриент

Бугун обедгача мандат натижалари чиқиши кутилмоқда.

Абитуриентларга юбориб қўйинглар)

ESLATMA: 2022-2023 o'quv yilidagi KIRISH BALLARI qancha ekanligini @Kirish_Ballari_uzbot orqali bilib olishingiz mumkin.

Bizni kuzating
https://t.me/Talim4
10.4K viewsedited  06:45
Ochish/sharhlash
2023-08-20 09:35:59Sentyabrdan boshlab 10-11-sinf o‘quvchilari oʻzi xohlagan fanlarni tanlab o‘qishlari mumkin

2023/2024 o‘quv yilidan boshlab 10–11-sinf o‘quvchilarining qiziqish va qobiliyatiga mos bo‘lgan ixtisoslashgan dasturlar asosida bilim berish amaliyoti joriy qilinadi.

O'quvchilarga 8 ta majburiy fan va 2 ta tanlov fan (kimyo-biologiya, matematika fizika, tarix-huquq, ona tili va adabiyot-chet tili)ni tanlash imkoniyati yaratiladi.

ESLATMA: 2022-2023 o'quv yilidagi KIRISH BALLARI qancha ekanligini @Kirish_Ballari_uzbot orqali bilib olishingiz mumkin.

Bizni kuzating
https://t.me/Talim4
10.5K viewsedited  06:35
Ochish/sharhlash
2023-08-20 09:30:37 #diqqat #mandat

#Bugun yakuniy mandat natijalari e'lon qilinishi kerak

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 14-bandiga ko‘ra, abituriyentning talabalikka tavsiya etilgani yoki etilmagani bo‘yicha tanlov natijasi (mandat) test sinovlarini o‘tkazish jarayoni to‘liq yakunlanganidan keyin bir hafta muddat ichida BMB (sobiq DTM) rasmiy veb-saytida eʼlon qilinishi kerak.

Abituriyentlar uchun 13-avgust oxirgi test kuni bo'ldi. Belgilangan qonunga ko'ra barcha OTMlarda yakuniy mandat 20-avgustda e'lon qilinishi kerak

Demak, qonunchilik talabi bo’yicha yakuniy mandat chiqishiga oz qoldi!

Barcha yaqinlarizga ulashib qo'ying!


Bizni kuzating
https://t.me/Talim4
10.3K viewsedited  06:30
Ochish/sharhlash
2023-08-18 09:04:46
Nodavlat universitet keyinchalik yopilib ketsa ham u bergan diplom tan olinaveradimi?

"Nodavlat universitet men bitirib bo‘lganimdan keyin qachondir yopilib ketsa diplomim tan olinmasligi mumkinmi?

O‘zbekiston telekanali orqali 31-yanvar kuni efirga uzatilgan "Munozara maydoni" ko‘rsatuvida Ta‘lim inspeksiyasi matbuot kotibi Shavkat Xo‘jaqulov ushbu savolga javob bergan.

ESLATMA: 2022-2023 o'quv yilidagi KIRISH BALLARI qancha ekanligini @Kirish_Ballari_uzbot orqali bilib olishingiz mumkin.

Bizni kuzating
https://t.me/Talim4
17.8K viewsedited  06:04
Ochish/sharhlash
2023-07-17 15:27:06 Kimlar abituriyent sifatida o‘qishga topshira olishadi?
#abituriyent 

Yuqoridagi savolga bittada javob berishga harakat qilaman. Demak, OTMlarning bakalavriat bosqichiga quyidagilar hujjat topshira olishadi:

Umumiy o‘rta taʼlimning 11-sinfini tugatganlar.

Bunda barcha maktablar, shu jumladan Prezident va ijod maktablari, ixtisoslashgan va harbiy maktablar, litseylar, gimnaziyalar, kasb-hunar maktablari, xullas barchasi kirib ketadi. Muhim jihati albatta 11-sinf negizida shahodatnoma bo‘lishi kerak, 10-sinfni tugatib topshirib, talaba bo‘lib o‘qish imkoni yo‘q;

Professional va o’rta maxsus taʼlim tashkilotini tugatganlar.

Bunda akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va texnikumlar kiradi. Faqat bir jihati, agar kollejga 9-sinfni tugatib kirganlar bo’lsa, hujjatni kollej diplomi bilan topshiradi, agar kollejga 11-sinfni tugatib kirgan bo’lsa, unda maktab shahodatnomasi bilan topshiradi.

Akademik litsey bitiruvchilari — diplomi bilan;
Texnikum bitiruvchilari — 11-sinf shahodatnomasi (yoki litsey diplomi) bilan topshiradi. Texnikum diplomi bilan emas.

Kasb-hunar kolleji va texnikumda o’qiyotganlar

Bugungi kunda professional ta’lim tashkilotida o’qiyotganlar garchi hali o’qishi tugamagan bo’lsa-da, bemalol hujjat topshira oladi. Faqat yuqorida aytganimdek, ular 11-sinf shahodatnomasi bilan topshiradi;

Oliy taʼlimda o‘qiyotgan talabalar.

Bunda hozirda O‘zbekistondagi davlat yoki nodavlat, shuningdek xorijdagi OTMlarda talaba bo‘lib o‘qiyotganlar maktab, litsey, kollej va h.k. diplomlari bilan o‘qishga hujjat topshirishlari mumkin. O‘qishga kirgan taqdirda qayerda o‘qishini o‘zi tanlaydi, xohlasa hozirgi talabaligini davom ettiradi, xohlasa yangi kirgan joyida o‘qiydi.

Talabalarning o‘qishga topshirishi hech qanday muammo (masalan, o‘qishdan chetlatish) olib kelmaydi. Ammo Sizlardan iltimosim, shunchaki o‘yin uchun topshirib o‘tirmang, mabodo o‘qishga kirsangizu, keyin tashlab ketsangiz, bitta abituriyent joyini behudaga band qilgan bo‘lasiz, keyinchalik bo‘shab qolgan o‘ringa hech kimni olishmaydi;

OTMlarni tugatgan diplomli oliy maʼlumotlilar.

Allaqachon bir marta oliy maʼlumot olib bo‘lgan shaxslar ham bemalol yana qayta bakalavriat bosqichiga hujjat topshirib ko‘rishlari mumkin. Ular ham xuddi hozirgi talabalar singari maktab, litsey, kollej va h.k. diplomlari bilan o‘qishga hujjat topshirishadi, universitet diplomi bilan emas. Bu yerda yana bir jihat, amaldagi qonunchilikka ko‘ra, bir marta oliy maʼlumot olib bo‘lganlarning (grant yoki kontraktda o‘qiganligidan qatʼi nazar) ikkinchi marta talaba bo‘lishi faqat to‘lov-kontrakt asosida bo‘ladi. Yaʼni ular grantga daʼvogarlik qila olmaydi, kirsa ham faqat kontraktda o‘qishadi.

Xullas, mana shu yuqoridagi 5 ta toifadagi shaxslar bemalol my.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent sifatida hujjat topshirib ko‘rishlari mumkin. Barchaga omad!

ESLATMA: 2022-2023 o'quv yilidagi KIRISH BALLARI qancha ekanligini @Kirish_Ballari_uzbot orqali bilib olishingiz mumkin!

Barcha abituriyentlarga ulashing!


https://t.me/Talim4
3.7K views12:27
Ochish/sharhlash
2023-07-12 12:58:33
Адлия вазирлиги умумтаълим мактабларига ишга олиш ва ишдан бўшатиш буйруқларини августда амалга оширишни сўради

2022-йил сентябр ойида туман ва шаҳарлардаги Юридик хизмат кўрсатиш марказларида давлат умумий ўрта таълим мактабларига ишга қабул қилиш ва ишдан бўшатишга оид буйруқ лойиҳаларининг ҳажми ортганлиги кузатилган. Бу эса лойиҳаларни ўз вақтида ҳуқуқий экспертизадан ўтказилишига таъсир қилган.

Шу сабабли Адлия вазирлиги Мактабгача ва мактаб таълими вазирлигига умумтаълим мактабларига ишга олиш ва ишдан бўшатишга оид буйруқ лойиҳаларини сентябр ойида эмас, августда қабул қилиш бўйича хат юборди.


https://t.me/Talim4
12.1K viewsedited  09:58
Ochish/sharhlash
2023-07-09 16:09:55
"Qanday qilib o‘qimasdan byudjetga o‘qishga kirish mumkin?"

Shu savolni Google'ga yozib ko‘rishibdi. Javobga biror narsa chiqadi deb o‘ylaysizmi?

https://t.me/Talim4
9.7K viewsedited  13:09
Ochish/sharhlash