Get Mystery Box with random crypto!

O'zbekiston Talabalar Assotsiatsiyasi

Telegram kanalining logotibi talabalar_assotsiatsiyasi — O'zbekiston Talabalar Assotsiatsiyasi O
Telegram kanalining logotibi talabalar_assotsiatsiyasi — O'zbekiston Talabalar Assotsiatsiyasi
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 391
Kanalning ta’rifi

O'zbekiston Talabalar Assotsiatsiyasining telegramdagi #rasmiy kanali
• t.me/Talabalar_assotsiatsiyasi
• https://www.facebook.com/groups/77944675585086
• http://Instagram.com/Talabalarassotsiatsiyasi/

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2022-07-22 21:04:53 #statistika

2022-2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2022-yil 22-iyul 18:00 holatiga)

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun my.dtm.uz va my.gov.uz saytlari orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlar soni — 1 007 313 nafar.

Qashqadaryo viloyati — 115 484 nafar.
Samarqand viloyati — 111 898 nafar.
Toshkent viloyati — 97 586 nafar.
Farg‘ona viloyati — 91 766 nafar.
Surxondaryo viloyati — 85 793 nafar.
Andijon viloyati — 66 517 nafar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 64 987 nafar.
Namangan viloyati — 63 449 nafar.
Jizzax viloyati — 59 325 nafar.
Toshkent shahri — 58 562 nafar.
Buxoro viloyati — 57 487 nafar.
Xorazm viloyati — 53 328 nafar.
Navoiy viloyati — 44 565 nafar.
Sirdaryo viloyati — 36 566 nafar
Talabalar assotsiatsiyasi

Telegram|Instagram|Fecebook|

Hayotingizni oʻzgartiruvchi 9 ta soʻz.


Talabalar assotsiatsiyasi

Telegram|Instagram|Fecebook|
101 views18:04
Ochish/sharhlash
2022-07-22 18:33:32
#Muhim_eʻlon

Samarqand davlat universitetining Muhandislik fizikasi instituti quyidagi ta’lim yo’nalishlari bo’yicha abituriyentlarni qabul qiladi…

Batafsil:
https://samdu.uz/uz/announcements/32048
Manba:samdu.uz
Talabalar assotsiatsiyasi

Telegram|Instagram|Fecebook|
146 views15:33
Ochish/sharhlash
2022-07-22 18:32:26
Diplom dublikatini olish tartibi soddalashtirildi

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim tizimida raqamlashtirish borasida yana bir muhim qadam tashlandi.

Hukumat qarori (21.07.2022-y.) bilan oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarning dublikatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.

Unga koʻra endilikda,

fuqaro Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz orqali onlayn yoki oʻziga yaqin joydagi Davlat xizmatlari markazlariga borib diplom dublikatini olish uchun soʻrovnomani toʻldiradi;

fuqarodan boshqa hech qanday hujjat talab etilmaydi;

fuqaro tahsil olgan taʼlim muassasasiga borib, ovvora boʻlishiga hojat qolmaydi;

Diplom dublikati 15 ish kuni davomida soʻrovnomada koʻrsatilgan manzilga yetkaziladi.
Talabalar assotsiatsiyasi

Telegram|Instagram|Fecebook|
127 views15:32
Ochish/sharhlash
2022-07-21 22:43:16
SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida boshlang‘ich ta’lim, kimyo, biologiya yo‘nalishlari ochildi

Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filiali o‘tgan o‘quv yilida tashkil etilgan bo‘lib, unda biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari hamda pedagogika va tillarni o‘qitish fakultetlari mavjud.

Filialda 2022-2023 o‘quv yili uchun bakalavriat kunduzgi ta’lim shaklida sport faoliyati (kurash) hamda ijtimoiy ish: bolalar bilan ishlash yo‘nalishlari yopilib, yangi boshlang‘ich ta’lim, kimyo, biologiya yo‘nalishlari ochildi.

- Shuningdek, filialda yangi o‘quv yilidan sirtqi ta’lim shaklida maktabgacha ta’lim yo‘nalishi ochildi, - deydi filial qabul komissiyasi mas’ul kotibi Anvar Sobirov. – Ushbu yo‘nalishga 50 nafar talaba o‘qishga qabul qilinadi.

Ayni paytda filialda 702 nafar talaba tahsil olmoqda. Yangi o‘quv yilidan filialda 12 yo‘nalishda ta’lim beriladi.

Manba: @YQQUZB_KANAL
Talabalar assotsiatsiyasi

Telegram|Instagram|Fecebook|
145 views19:43
Ochish/sharhlash
2022-07-21 22:28:42
Toshkentda universitet o‘qituvchisi oraliq imtihonga baho qo‘yish uchun pora olganda ushlandi

Toshkent davlat texnika universiteti
geologiya-qidiruv va kon-metallurgiya fakulteti konchilik ishi kafedrasi katta o‘qituvchisi shu fakultetning 2-bosqich talabalaridan (20 nafar) oraliq nazorat imtihonlariga baho qo‘yib berish uchun pul yig‘ib berishlarini talab qilgan.

Aks holda, ularga qoniqarsiz baho qo‘yilishi va oraliq imtihonlardan o‘tkazilmasligini aytib qo‘rqitgan. Talabalardan 3 bahoga 100 ming, 4 va 5 baholarga 150 ming so‘m pul talab qilingan va jami 2 million 300 ming so‘m pulni olayotganda qo‘lga olingan.

Ma’lum bo’lishicha, u avval ham Jinoyat kodeksining 211-moddasi (pora berish) bilan belgilangan jinoyatni sodir etishda aybli deb topilgan.

P/s Sizda ham shunday holat kuzatilganmi?
Manba:
@YQQUZB_KANAL
Talabalar assotsiatsiyasi

Telegram|Instagram|Fecebook|
112 views19:28
Ochish/sharhlash
2022-07-21 22:06:37
121 views19:06
Ochish/sharhlash
2022-07-21 16:03:27 Ta’lim krediti kimlarga beriladi?

Prezident qarori bilan Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlari ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va u bilan tasdiqlangan nizomga o‘zgartirishlar kiritildi.

Endilikda, ta’lim kreditlari tijorat banklari tomonidan ta’lim tashkilotlari* bakalavr hamda magistraturaning kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shaklida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan yoki qabul qilingan, shuningdek, o‘qishini ko‘chirgan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan talabalarga beriladi.

* ta’lim tashkilotlari — O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan ta’lim muddati bir yil va undan ortiqni tashkil etuvchi barcha oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlari (davlat, nodavlat oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari, O‘zbekistondagi xorijiy oliy, o‘rta maxsus va professional taʼlim tashkilotlari.
Manba
@YQQUZB_KANAL
Talabalar assotsiatsiyasi
Telegram|Instagram|Fecebook|
134 views13:03
Ochish/sharhlash
2022-07-21 16:02:23
Webster Universiteti: fakultetlari, kirish jarayoni, ichki sharoiti, to'lovlari, magistratura...


Talabalar assotsiatsiyasi

Telegram|Instagram|Fecebook|
118 views13:02
Ochish/sharhlash
2022-07-21 16:02:23
Yodju Texnika Institutiga tashrif: Ichki sharoitlari, kontrakt to'lovlari, yangi yo'nalishlar

Talabalar assotsiatsiyasi

Telegram|Instagram|Fecebook|
114 views13:02
Ochish/sharhlash
2022-07-19 21:36:05
#Qabul2022

E’LON!

Toshkent shahridagi “MEI” milliy tadqiqot universiteti”
Federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasi filialida qabul jarayonlari davom etmoqda.

2022/2023-o‘quv yili uchun qabul kvotasi 500 ta o‘rin bo‘lib, bakalavriatning kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha hujjatlar qabul qilinadi.

Hujjatlarni qabul qilish onlayn tarzda (http://qabul.mpei.uz/) amalga oshiriladi.

Batafsil: https://t.me/mpeiuz/319
На русском: https://t.me/mpeiuz/318

Talabalar assotsiatsiyasi

Telegram|Instagram|Fecebook|
156 views18:36
Ochish/sharhlash