Get Mystery Box with random crypto!

O'zbekiston Talabalar Assotsiatsiyasi

Telegram kanalining logotibi talabalar_assotsiatsiyasi — O'zbekiston Talabalar Assotsiatsiyasi O
Telegram kanalining logotibi talabalar_assotsiatsiyasi — O'zbekiston Talabalar Assotsiatsiyasi
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 391
Kanalning ta’rifi

O'zbekiston Talabalar Assotsiatsiyasining telegramdagi #rasmiy kanali
• t.me/Talabalar_assotsiatsiyasi
• https://www.facebook.com/groups/77944675585086
• http://Instagram.com/Talabalarassotsiatsiyasi/

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-07-19 20:02:58 Savol: Nima sababdan magistratura bosqichida o‘qishni ko‘chirish mumkin emas?

Javob: Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 232-bandiga muvofiq xorijiy oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar o‘qishini O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirilishiga ruxsat etilmasligi belgilangan.

Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi 36-son qarori bilan tasdiqlangan Magistratura to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq magistratura talabalariga birinchi o‘quv yilining birinchi ikki oyida magistrlik dissertasiyalari mavzulari va ularga biriktirilgan ilmiy rahbarlar tasdiqlanadi. Magistratura talabalarining magistrlik dissertasiyalarini tayyorlash jarayoni birinchi kursning birinchi semestridan boshlanadi. Magistratura talabalari o‘qishining ko‘chirilishi natijasida ularning qolgan muddatda magistrlik dissertasiyalarini yangidan belgilangan talablar darajasida tayyorlash imkoni mavjud emas. Yuqoridagilarga ko‘ra, magistratura bosqichida talabalar o‘qishini ko‘chirish maqsadga muvofiq emas deb hisoblanadi.

Talabalar assotsiatsiyasi

Telegram|Instagram|Fecebook|
204 views17:02
Ochish/sharhlash
2022-07-19 20:02:02 Ta’lim krediti bo‘yicha xotin-qizlarga yengilliklar berildi

Prezidentning «Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida xotin-qizlarning ta’lim olishlarini qo‘llab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, belgilandiki, xotin-qizlarga:

tijorat banklari Moliya vazirligi tomonidan joylashtiriladigan depozit mablag‘lari hisobidan ta’lim kreditlarini 14 foiz stavkada ajratadi;

ta’lim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi;

ta’lim krediti bo‘yicha foiz stavkalarini so‘ndirish Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan, ularni tijorat banklariga to‘lash orqali amalga oshiriladi;

ta’lim kreditini rasmiylashtirishda va uning qaytarilishida talabaning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila a’zolari va boshqa uchinchi shaxs birgalikda qarz oluvchi sifatida qatnashishiga ruxsat etiladi;

«Ijtimoiy himoya yagona reyestri»ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan ta’lim kreditlari uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.
Talabalar assotsiatsiyasi

Telegram|Instagram|Fecebook|
107 views17:02
Ochish/sharhlash
2022-07-19 20:00:53 Talaba oliy ta’lim muassasasidan quyidagi hollarda chetlashtirilishi mumkin:

a)
o‘z xohishiga binoan;
b) o‘qishning boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirilishi munosabati bilan;
v) salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida);
g) o‘quv intizomini va oliy ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalarini buzganligi uchun;
d) bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli;
e) o‘qish uchun belgilangan to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli (to‘lov-kontrakt bo‘yicha tahsil olayotganlar uchun);
j) talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
z) vafot etganligi sababli.

Harbiy xizmatni o‘tash, salomatligini tiklash, homiladorlik va tug‘ish, shuningdek bolalarni parvarish qilish ta’tillari davrida talabaga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan tartib asosida akademik ta’til berilishi mumkin.

Belgilangan muddatlarda fanlarni o‘zlashtira olmagan (akademik qarzdor bo‘lgan) talaba oliy ta’lim muassasasi rektori buyrug‘i bilan kursdan qoldiriladi.

Akademik qarzdorligi tufayli kursdan qoldirilgan talaba to‘lov-kontrakt asosida o‘qishini quyi kursdagi o‘quv semestri boshidan boshlashi mumkin.

Talabalar assotsiatsiyasi

Telegram|Instagram|Fecebook|
118 views17:00
Ochish/sharhlash
2022-07-19 19:59:56
Magistratura uchun ariza topshirganlar 3085 nafarni tashkil etmoqda.

Magistratura uchun 10mingdan ortiq kvota ajratilgan bo’lib, hozircha 50 foizi ham to’lmagan. Bunga asosiy sabablardan biri ko’plab bitiruvchilarga har doimgidek diplom berilmagan.

Yana bir sabablardan biri bu yildan boshlab hujjat topshiruvchilardan chet tilini bilish darajasi talab etilmoqda.

Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining brifingda aytishicha agar kvota to’lmasa yana qabul tashkil etilishi haqida aytib o’tdi.

Qabul tugashiga 12 kun qoldi.

Yangi qarorga ko’ra magistraturaga qabul 1 yilda 2 marta amalga oshiriladi.

Talabalar assotsiatsiyasi

Telegram|Instagram|Fecebook|
102 views16:59
Ochish/sharhlash
2022-07-19 19:58:16
Britaniya Menejment Universitetiga tashrif: Professorlar va Talabalar, Atmosfera, 30+ Grantlar


Talabalar assotsiatsiyasi

Telegram|Instagram|Fecebook|
95 views16:58
Ochish/sharhlash
2022-07-19 19:58:16
Koreya Xalqaro Universitetiga tashrif: kirish jarayonlari, ichki sharoitlari, fakultetlar, grantlar

Talabalar assotsiatsiyasi

Telegram|Instagram|Fecebook|
98 views16:58
Ochish/sharhlash