Get Mystery Box with random crypto!

Toshkentda universitet o‘qituvchisi oraliq imtihonga baho qo‘y | O'zbekiston Talabalar Assotsiatsiyasi

Toshkentda universitet o‘qituvchisi oraliq imtihonga baho qo‘yish uchun pora olganda ushlandi

Toshkent davlat texnika universiteti
geologiya-qidiruv va kon-metallurgiya fakulteti konchilik ishi kafedrasi katta o‘qituvchisi shu fakultetning 2-bosqich talabalaridan (20 nafar) oraliq nazorat imtihonlariga baho qo‘yib berish uchun pul yig‘ib berishlarini talab qilgan.

Aks holda, ularga qoniqarsiz baho qo‘yilishi va oraliq imtihonlardan o‘tkazilmasligini aytib qo‘rqitgan. Talabalardan 3 bahoga 100 ming, 4 va 5 baholarga 150 ming so‘m pul talab qilingan va jami 2 million 300 ming so‘m pulni olayotganda qo‘lga olingan.

Ma’lum bo’lishicha, u avval ham Jinoyat kodeksining 211-moddasi (pora berish) bilan belgilangan jinoyatni sodir etishda aybli deb topilgan.

P/s Sizda ham shunday holat kuzatilganmi?
Manba:
@YQQUZB_KANAL
Talabalar assotsiatsiyasi

Telegram|Instagram|Fecebook|