Get Mystery Box with random crypto!

Ta’lim krediti kimlarga beriladi? Prezident qarori bilan Vazi | O'zbekiston Talabalar Assotsiatsiyasi

Ta’lim krediti kimlarga beriladi?

Prezident qarori bilan Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlari ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va u bilan tasdiqlangan nizomga o‘zgartirishlar kiritildi.

Endilikda, ta’lim kreditlari tijorat banklari tomonidan ta’lim tashkilotlari* bakalavr hamda magistraturaning kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shaklida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan yoki qabul qilingan, shuningdek, o‘qishini ko‘chirgan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan talabalarga beriladi.

* ta’lim tashkilotlari — O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan ta’lim muddati bir yil va undan ortiqni tashkil etuvchi barcha oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlari (davlat, nodavlat oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari, O‘zbekistondagi xorijiy oliy, o‘rta maxsus va professional taʼlim tashkilotlari.
Manba
@YQQUZB_KANAL
Talabalar assotsiatsiyasi
Telegram|Instagram|Fecebook|