Get Mystery Box with random crypto!

SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida boshlang‘ich ta’lim, kimyo, biol | O'zbekiston Talabalar Assotsiatsiyasi

SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida boshlang‘ich ta’lim, kimyo, biologiya yo‘nalishlari ochildi

Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filiali o‘tgan o‘quv yilida tashkil etilgan bo‘lib, unda biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari hamda pedagogika va tillarni o‘qitish fakultetlari mavjud.

Filialda 2022-2023 o‘quv yili uchun bakalavriat kunduzgi ta’lim shaklida sport faoliyati (kurash) hamda ijtimoiy ish: bolalar bilan ishlash yo‘nalishlari yopilib, yangi boshlang‘ich ta’lim, kimyo, biologiya yo‘nalishlari ochildi.

- Shuningdek, filialda yangi o‘quv yilidan sirtqi ta’lim shaklida maktabgacha ta’lim yo‘nalishi ochildi, - deydi filial qabul komissiyasi mas’ul kotibi Anvar Sobirov. – Ushbu yo‘nalishga 50 nafar talaba o‘qishga qabul qilinadi.

Ayni paytda filialda 702 nafar talaba tahsil olmoqda. Yangi o‘quv yilidan filialda 12 yo‘nalishda ta’lim beriladi.

Manba: @YQQUZB_KANAL
Talabalar assotsiatsiyasi

Telegram|Instagram|Fecebook|