Get Mystery Box with random crypto!

Surish kerak

Telegram kanalining logotibi surish_kerak1 — Surish kerak S
Telegram kanalining logotibi surish_kerak1 — Surish kerak
Kanal manzili: @surish_kerak1
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 721

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar

2021-11-03 19:59:38 Bloklangan saytlar qayta ochildimi? Kim ochdi?

Oxirgi qaynoq xabarlarga ko'ra, ijtimoiy tarmoqlarga qo'yilgan taqiqlar yana bekor qilinganmish.

Bundan go'yo hamma xursand. Lekin shuni unutmangki, odamlarning vahimasidan qo'rqib yoki xavotirga tushib, kimdir blokni ochvoringlar, degan bo'lsa, bu yerda aniq qonun buzilishi yuz beryapti.

Chunki ijtimoiy tarmoqlarga qo'yilgan blok qonun talabi asosida qilingan. Kimningdir og'zaki buyrug'i qonundan ustun bo'la olmaydi.

"Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida"gi qonunning 27-moddasi 1-bandiga ko'ra, O'zbekiston fuqarolariga oid shaxsiy ma'lumotlar jisman O'zbekiston hududida joylashgan texnik vositalarda, ya'ni serverlarda yig'ilishi, tizimlashtirilishi va saqlanishi shart. Mana shu qonun talabini bajarish uchun ijtimoiy tarmoqlar birin-ketin (ularga qonun talabini bajarish uchun ma'lum vaqt bergan holda) bloklanayotgan edi.

Xullas, shu qonundagi mantiqsiz modda olib tashlanmaguncha yoki o'zgartirilmaguncha bu muammodan qutila olmaysiz yoki og'zaki buyruqlarga asoslangan tuturuqsiz va qonunsiz jamiyatda yashashda davom etasiz.

Behzod Mamadiyev

@surish_kerak1
5.9K views16:59
Ochish/sharhlash
2021-11-03 19:42:18 Hukumat ko‘rsatmasiga asosan «O‘zkomnazorat» tomonidan bir yoqlama, uzoqni o‘ylamay qilgan harakati haqida Prezident xabar topdilar. O'ylaymanki, tez orada barcha tarmoqlarga ulanish tiklanadi.

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov.
5.1K views16:42
Ochish/sharhlash
2021-11-03 19:32:38
O'zbekistondagi so'ngi ishlarni ko'rib Kim Jong-un va Arkadag' .

@surish_kerak1
5.6K views16:32
Ochish/sharhlash
2021-11-03 19:20:57 ​​"O‘zbekiston endi ochildi, orqaga yo‘limiz yo‘q. Yana bir marta ta’kidlamoqchiman, ommaviy axborot vositalari to‘rtinchi hokimiyat bo‘lish nuqtayi nazaridan kimgadir yoqmaydi. Ammo oxirgi bir yil ichida jurnalistlar, blogerlar va yoshlarning ijtimoiy tarmoqlarda chiqqan ovozlari bizning islohotlarimiz va qarorlarimizga katta ko‘mak beryapti, bu haqiqat. Yoqadimi, yoqmaydimi, ularni eshitishga majburmiz"

Bu gaplarni shaxsan Mirziyovev aytgan edi, agar bu bloklanishlar uning buyruqlari bilan bo'layotgan bo'lsa demak Mirziyovev prinsipsiz xisoblanadi agar bulardan prezidentning habari yo'q bo'lsa Mirziyovev qaysidir ma'noda prezidentlikga noloyiq xisoblanadi zero agar shu gap rost bo’lgan taqdirda ham, “past”da nima bo’layotganidan xabar topa olmaydigan tizim yaratish ham prezidentning aybi va kamchiligi bo’ladi albatta.

Nima bo'lganda xam atiga saylovdan 10 kun o'tib yopilishi ko'p shubxalar keltirib chiqaradi, O'zbek chinovniklari butun davlat paydo bo'lganidan beri doimo shimoliy koreyadagi hamkasblariga havas qilib kelishadi, va imkon bo'lishi bilanoq o'rta asrlar tuzumini istab qolishiga ko'p martta guvoh bo'lganmiz.

@surish_kerak1
4.3K viewsedited  16:20
Ochish/sharhlash
2021-10-25 16:04:43 ​​O'zbekistonda ilk bor 80.1 foiz ovoz olgan xolatda Shavkat Mirziyovev 2-muddatga saylandi, bu voqeadan chin ravishda xursandman chunki bundan avvalari xatto 96 foizli ovozlar bilan Karimov saylangan edi. Va bu O'zbekiston tarixidagi eng past natija, saylov yanada haqqoniylashib borishi xam odamni xursand qiladi albatta.
Ko'p demokratik ishlar qilindi, va yanada shiddat bilan, sustlashmay, 2017-yildagidek shiddatda davom etishiga tilakdoshman. Shaxsan o'zim Mirziyovevning tanqidchilaridan bo'lsam xam xolis tarzda tan olish kerak bo'lgan ko'p ishlar bo'ldi.

Yana bir xursand qiladigan jixati ilgari 6.6 foiz ovozga Vorisova erishgani chunki O'zbekistonda yopiqlik davrida bunday yuqori natija qayd etilmagan(Muhammad Solih istisno albatta). O'zbekiston demokratiyaga qarab qadamlar qo'yayabdi va bu odamni xursand qiladi albatta, tog'ri bundan ko'p ishlar qilish mumkin edi lekin eng muxim erkinliklar berildi va endi bu islohotlarni yanada jadallashtirish va huquqiy erkinliklar taminlangan va demokratik O'zbekiston sari borishga umid qilamiz.

O'zbekistonni tubdan o'zgartirgan Demokrat Mirziyovev bo'lish xam, O'zbekistonni yanada tubga tortadigan Mirziyovev bo'lib qolish xam prezidentning o'z qo'lida. Islohotlar bardavom bo'lishiga va 2026-yil Mirziyovev qonuniy o'z o'rnidan ketishiga umid qilgan xolda Mirziyovevga keyingi 5 yillikda O'zbekistonni rivojlantirishida omad tilab qolaman.

@surish_kerak1
4.5K viewsedited  13:04
Ochish/sharhlash
2021-10-25 13:09:24
Kreml rasmiy matbuot xizmati Vladimir Putin telefon orqali Shavkat Mirziyoyevni saylovdagi ishonchli g‘alabasi bilan tabrikladi deb yozmoqda va bundan tashqari Shavkat Mirziyoyev nomiga yo‘llangan Putinning tabrik telegrammasi matni ham rasmiy ravishda e'lon qilindi.
Bundan avvalroq O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi dastlabki natijalarni soat 16:00 da to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda e’lon qilinishi haqida aytgan edi.

Tog'ri Mirziyovevning Saylovda g'olib bo'lish ehtimoli yuqori lekin rasmiy natijalar e'lon qilinmasdan avval tabrik telegrammasini jo'natish g'alati xolat albatta.

UPD : Rossiyaga siyosiy jixatdan qaram bo'lgan Belorussiya xam Mirziyovevni tabrikladi, qovun tushurish navbati endi Emomali Raxmongami)).
@surish_kerak1
4.2K viewsedited  10:09
Ochish/sharhlash
2021-10-16 12:33:58 ​​Shavkat Mirziyoyev xorijdagilarning daromadini soliqqa tortish bo‘yicha o‘z fikrini bildirdi.

"Men birinchi kundan boshlab aytganman, chetda yurganlar bizning aybimiz bilan yuribdi. To‘qsoninchi yillarda xorijga ketish yo‘q ediku. Chetda yurganlarning daromadini soliqqa tortish bo‘yicha tashabbuslar bo‘ldi. Men bir gapni aytaman – bu mutlaqo noto‘g‘ri gap. Xorijdagi yurtdoshlarimiz halol mehnatlari bilan topgan pullarini soliqqa tortsak bu adolatdan bo‘lmaydi, siyosatimizga to‘g‘ri kelmaydi" deydi Shavkat Mirziyovev Toshkent viloyati saylovchilari bilan uchrashuvda.

Every search for a hero must begin with something that every hero requires – a villain yani Qahramon bo‘lishni ko‘zlagan inson ishni avvalo har qanday qahramon uchun zarur bo‘lgan narsani ya’ni yovuz obrazni topishdan boshlashi kerak).

Alisher Qodirov o'z rolini ajoyib ijro etmoqda.

@surish_kerak1
4.3K views09:33
Ochish/sharhlash
2021-10-14 09:14:30
Saylovoldi uchrashuvda Alisher Qodirov mehnat migrantlarini soliq to‘lamayotgan shaxslar deb atab, ularning daromadlarini soliqqa tortish haqida keskin taklif bildirdi.

Aslida O'zbekistonda amaldagi prezidentdan boshqa to‘rtta nomzodga ham oson emas - ular o‘zlari yurib berishga rozi bo‘lgan dorda o‘ta nozik muvozanatni saqlashlari kerak. Jim o‘tiraverishsa, qo‘g‘irchoq nomzod degan tamg‘alar takrorlanaveradi, lekin tashviqotniyam keragidan oshirib yunorib, to‘satdan 10-20% ovoz olib qo‘yishsa, saylovdan keyin siyosiy sahnadan butkul badarg‘a qilinishlari xavfi bor. Ular buni aftidan yaxshi bilishadi va tez-tez o'zlarini notog'ri fikrlarini ko'rsatib turishga majburlar).

@surish_kerak1
4.8K views06:14
Ochish/sharhlash
2021-10-13 16:11:13 ​​Iqtisodchi va sotsiologlar insonlarning oʻzaro munosabatini oʻrganganda “Oʻyinlar nazariyasi”ni keng qoʻllashadi. Oʻyinlar nazariyasi orqali bir subyektning tanlovi avvaldan bashorat qilinishi mumkin. Har bir tanlov ikkinchi bir subyektning javob reaksiyasiga bogʻliq boʻladi. Bu oʻyin siyosiy strategiya oʻyinidir.

Shunday oʻyinlardan biri Ultimatum oʻyinidir.
Unda bir ishtirokchiga, deylik, 100 dollar beriladi. Va unga bu pulni ikkinchi bir ishtirokchi bilan boʻlishasan deyiladi. Ikkinchi odamga pulning qanchasini berish birinchi ishtirokchining ixtiyorida, xohlasa 100 dolladan 10 dollar, xohlasa yarmini berishi, xohlasa umuman bermasligi mumkin. Ammo oʻyinning bir sharti bor. Ikkinchi ishtirokchi birinchisi bergan summaga rozi boʻlib, qabul qilishi kerak. Agar qabul qilmasa, har ikki ishtirokchi puldan mosuvo boʻladi. Birinchi ishtirokchi imkon qadar kamroq berishni, ikkinchisi esa koʻproq olishni koʻzlaydi. Ammo buning ham chegarasi bor. Birinchisi kam bersa, ikkinchi olmay qolishi, ikkinchisi ortiqcha talab qilvorsa, birinchisi bermay qoʻyishi mumkin.

Xullas, birinchi ishtirokchining tanlovi ikkinchining reaksiyasiga bogʻliq. Ishtirokchilarning moliyaviy ahvoli, adolat tuygʻusi va bir-birini qanchalik bilishi koʻp narsani hal qiladi.

Bu holatda bir narsa aniqki tor doiradagi, cheklangan tomonlar qatnashgan munosabatlarda har ikki tomon bir-biriga taʼsir oʻtkaza oladi. Adolatsizlik uchun bir-birini jazolaydi.

Ammo, Ishtirokchilar soni koʻpayib borgani sari adolat tuygʻusining taʼsiri kamayib, boriga rozi boʻlish kayfiyati paydo boʻladi. Tasavvur qiling, birinchi beruvchi tomon hukumat, ikkinchi oluvchi tomon esa fuqarolar. Bu yerda ikkinchi tomonning birinchi tomonga taʼsiri sustlashadi. Davlat xazinasi qanday taqsimlanishi, kimga qancha huquq yoki imtiyoz berilishi, kim qancha muddat hokimiyatda qolishi masalasida millionlab odamlarda haligi ikki kishining ishtirokidaqa munosabat paydo boʻlmaydi.

Davlat va fuqarolar oʻrtasidagi munosabat mohiyatan Ultimatum oʻyinidagining ayni oʻzi. Farqi ularning sonida. “Koʻpga kelgan toʻy” koʻpincha adolat tuygʻusini boʻshashtiradi.

Yana bir jihati, ikkinchi tomon haqida koʻproq maʼlumoti boʻlgan tomon doim yutib chiqadi. Davlat fuqarolarni, ularning kayfiyatini yaxshi biladi. Fuqarolar esa davlatni bilmaydi. Biladigan tomon bilmaydigan tomonning reaksiyasini avvaldan koʻradi va qaror qabul qilishda ustunlikka ega boʻladi.

Fuqarolar bu oʻyinda kuchli boʻlishlari uchun ikkinchi tomonni yaxshi bilishlari kerak. Bu borada ularga yaxshi taʼlim va sergak OAV yordam beradi.

Xullas, muddao shuki, birinchi tomon yaxshi taʼlim va sergak OAV ikkinchi tomonga xizmat qilishini yaxshi biladi va, tabiiyki, ustunligini boy berishiga sabab boʻladigan bu vositalar kuchayib ketishini istamaydi. Ayni shu holat O'zbekiston hukumatida kuzatilyabdi, Karimov davrida boshlangan ma'naviyatga burkangan absurd ta'lim tizimi, OAV noerkinligi hozirgi hukumat davrida ham davom etmoqda.

Behbudiy aytgan “Haq olinur, berilmas” degan gap esa asrlar osha oʻz ahamiyatini yoʻqotmaydi. Kuch bilim va xabardorlikda. Fuqarolari bilimli hukumat oʻylab ish qilishga majbur. Johillarni, bilimsizlarni esa boshqarish hardoim oson bo'lib kelgan.

@surish_kerak1
2.9K views13:11
Ochish/sharhlash
2021-10-11 11:59:10 ​​​​Bir rahbar qishloqqa borib odamlarning dardini eshitadigan bo‘libdi. Uzoq bir qishloqqa borib "Men muammolaringizni tinglagani keldim. Nima muammolaringiz bo‘lsa aytinglar, hal qilaman" debdi.

Bir kishi chiqib debdi:

- Janob rahbar, biz oddiy qishloq odamlarimiz. Bizga ko‘p narsa kerak emas. Ikkita muammomiz bor, shuni hal qilib bersangiz bo‘ldi.

- Bo‘ldi, ayting

- Birinchisi, bizning qishloqda gaz, svet yo‘q. Shuni hal qilib bersangiz.

Rahbar "hozir" debdida, bir chekkaga chiqib uyali telefonidan qayoqqadir telefon qilib, kimlarnidir rosa urushib, "qishloqqa gaz va svetni ertagayoq hal qilib beringlar" deb qaytib kelibdi va debdi:

- Bo‘ldi, gaz va svet muammolaringiz hal bo‘ldi. Ertagayoq hal qilishadi. Ikkinchi muammo nima?

- O‘rtoq rahbar, mazgimizni qotirib bizni lox qilmay qo‘yavering. Bu qishloq hududi barcha telefon kompaniyalari antennalardan uzoqda joylashganligi uchun bizda uyali telefondan gaplashishning iloji yo‘q.
Ikkinchi muammomiz shu edi debdi...
Videoni postga aloqasi yo'q, fitna qidirmanglar))

Uchzamon
@surish_kerak1
3.8K views08:59
Ochish/sharhlash