2021-09-25 06:57:32
Gruziya mo'jizasi : ingliz tili va korruptsiya
Jurnalist: Gruziya hukumatida eng “keksa” amaldorning yoshi 40 yosh ekanligi rostmi?
Saakashvili: Ha, hukumatda shunday yosh kadrlar borki, ular hatto Sovet ittifoqini bilmaydi, Leninni bilmaydi. Ko‘pchiligi G‘arb ta’limini olgan yoshlar. Sababi shu.
Biz Gruziyaga minglab amerikalik, angliyalik, avstraliyalik va yangi zellandiyalik o‘qituvchilarni olib keldik. Hatto qishloqlardagi xar bir maktablarga ham.
Shunday davr keladiki, tahminan 10 yildan keyin, Gruziyada 40-50 yoshgacha bo‘lgan vatandoshlarning bari ingliz tilini mukammal biladigan bo‘ladi.
Nega ingliz tili? Chunki har bir gruziyalik dunyoda nima bo‘layotganini bilishi, zamonaviy bilimlarni egallashi kerak.
Biz bizning tilni boshqalar o‘rgansin deya olmaymiz, chunki gegemon millat emasmiz . Agar dunyoga chiqmoqchi bo‘lsak, ingliz tilini bilishimiz kerak.
Hozirda TVdagi barcha filmlarni original – ingliz tilida (gruzincha subtitr bilan) beradigan bo‘ldik, toki odamlarning qulog‘i ingliz tiliga o‘rgansin uchun.
Ingliz tili maktablarda majburiy fan qatoriga kiritildi. Ingliz tili va kompyuterni biladigan barcha o‘qituvchilarning oyligini ikki barobarga oshirdik. Oylik 500-600 dollargacha oshdi.
J.: – Va bu kambag‘al va qoloq Gruziya?
S.: – Ha. Hozirgi kunda eng asosiysi – bu ta’lim. Eng avvalo hukumatning o‘zi o‘qimishli, bilimli bo‘lishi kerak.
J.: - Ma’lumki, siz ko‘plab idora-tashkilotlarni tag-tugi bilan tugatdingiz, masalan, “sanepidem” stansiya, o‘t o‘chirish stansiyasi. Nega?
S.: – O‘zingiz o‘ylang, agar “sanepidem” stansiya mavjud bo‘lsa, oshxonalarda suvaraklar o‘z-o‘zidan kamayib qoladimi?
Masalan, “SES” tekshirib keldi, kamchiliklarni aniqladi, lekin o‘sha kamchiliklar bartaraf qilinishi, oshxona tozalanishi o‘rniga nima qilinadi? Suvaraklarni yo‘qotishga ketadigan pul boshqa suvaraklarga sarflanadi. “SES” – bu poraxo‘rlikning o‘zi.
Agar o‘t o‘chirish stansiyasi mavjud bo‘lib tursa, bunday holatda yong‘inlar o‘z-o‘zidan kamayib qoladimi?
Yoki “Goststandart”ni olaylik. Bu shunday tashkilotki, hech nima bilan shug‘ullanmaydi. Gruziyada ishlab chiqariladigan maxsulotlarni qandaydir narsalarga mos kelish-kelmasligini tekshiradi. U yerda nimani tekshirish mumkin? Ular qandaydir qog‘ozlarga imzo chekish bilan shug‘ullanadi. Shu xolos, boshqa hech narsa emas. Ahmoqgarchilikning o‘zginasi.
Bilasizmi, bularning bari ataydan o‘ylab topilgan narsa. Maqsad – rivojlanish bo‘lmasin, poraxo‘rlik ildiz otsin.
Yaxshi bo‘lardi, agar biz supermillat bo‘lsak va bizda hammasi mukammal, tartibli ishlasa: “sanepidem” stansiya haqiqatdan ham tozalik haqida qayg‘ursa, o‘t o‘chiruvchilar chindan ham yong‘in havfsizligiga amal qilinishi ustidan qattiq nazorat olib borsa...
J.: – Bularning barini siz ongli ravishda, qasddan yo‘q qildingiz, shundaymi?
S.: – Korrupsiyaga qarshi kurash – agar tizimning o‘zini yo‘q qilmasa – foydasi yo‘q. Bu –keng maydonda shamolni ortidan quvish bilan bir xil. Agar kasal tizim mavjud bo‘lsa, har yili poraxo‘r amaldorlarni ishdan bo‘shatish bilan hech nimaga erishib bo‘lmaydi.
J: - Shu rostmi, Gruziyada “texosmotr” bekor qilingan va kim yangi avtomobil xarid qilsa, uni rasmiylashtirish uchun bor-yo‘g‘i 20 daqiqa ketar ekan?
S: – Ha.
J : –Gruziyada bir necha soat ichida GAI butunlay tugatilgani rostmi?
S.: – Shunday. GAIni yo‘q qildik, politsiyachilarning 80% ini ishdan oldik. O‘shanda endi hamma yoqda tartibsizlik, mushtlashuvlar, qoidabuzarliklar avjiga chiqadi, deb o‘ylagandik. Yo‘q, bunday bo‘lmadi. Haqiqatda, ilgari politsiya muammoni hal qiladigan tuzilma emas, aynan muammoning bir qismi bo‘lgan ekan. Shuning uchun biz barini ishdan oldik, hozirda politsiyaning 90% ini yangi kadrlar tashkil qiladi.
Politsiyachining oyligi hozirda kamida 400 dollargacha boradi. Bundan tashqari, ular eng zo‘r mashinalarda, yangi kiyimlarda yuradi, hayratda qoldiradigan zo‘r binolarda ishlaydilar. Qanday binoda ishlashing katta ahamiyatga ega.
Ukrainalik jurnalist D.Gordon Gruziya sobiq davlat rahbari Saakashvilli bilan suhbatidan parcha.
@surish_kerak1
2.4K views03:57