Get Mystery Box with random crypto!

​​​​Bir rahbar qishloqqa borib odamlarning dardini eshitadigan | Surish kerak

​​​​Bir rahbar qishloqqa borib odamlarning dardini eshitadigan bo‘libdi. Uzoq bir qishloqqa borib "Men muammolaringizni tinglagani keldim. Nima muammolaringiz bo‘lsa aytinglar, hal qilaman" debdi.

Bir kishi chiqib debdi:

- Janob rahbar, biz oddiy qishloq odamlarimiz. Bizga ko‘p narsa kerak emas. Ikkita muammomiz bor, shuni hal qilib bersangiz bo‘ldi.

- Bo‘ldi, ayting

- Birinchisi, bizning qishloqda gaz, svet yo‘q. Shuni hal qilib bersangiz.

Rahbar "hozir" debdida, bir chekkaga chiqib uyali telefonidan qayoqqadir telefon qilib, kimlarnidir rosa urushib, "qishloqqa gaz va svetni ertagayoq hal qilib beringlar" deb qaytib kelibdi va debdi:

- Bo‘ldi, gaz va svet muammolaringiz hal bo‘ldi. Ertagayoq hal qilishadi. Ikkinchi muammo nima?

- O‘rtoq rahbar, mazgimizni qotirib bizni lox qilmay qo‘yavering. Bu qishloq hududi barcha telefon kompaniyalari antennalardan uzoqda joylashganligi uchun bizda uyali telefondan gaplashishning iloji yo‘q.
Ikkinchi muammomiz shu edi debdi...
Videoni postga aloqasi yo'q, fitna qidirmanglar))

Uchzamon
@surish_kerak1