Get Mystery Box with random crypto!

Bloklangan saytlar qayta ochildimi? Kim ochdi? Oxirgi qaynoq | Surish kerak

Bloklangan saytlar qayta ochildimi? Kim ochdi?

Oxirgi qaynoq xabarlarga ko'ra, ijtimoiy tarmoqlarga qo'yilgan taqiqlar yana bekor qilinganmish.

Bundan go'yo hamma xursand. Lekin shuni unutmangki, odamlarning vahimasidan qo'rqib yoki xavotirga tushib, kimdir blokni ochvoringlar, degan bo'lsa, bu yerda aniq qonun buzilishi yuz beryapti.

Chunki ijtimoiy tarmoqlarga qo'yilgan blok qonun talabi asosida qilingan. Kimningdir og'zaki buyrug'i qonundan ustun bo'la olmaydi.

"Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida"gi qonunning 27-moddasi 1-bandiga ko'ra, O'zbekiston fuqarolariga oid shaxsiy ma'lumotlar jisman O'zbekiston hududida joylashgan texnik vositalarda, ya'ni serverlarda yig'ilishi, tizimlashtirilishi va saqlanishi shart. Mana shu qonun talabini bajarish uchun ijtimoiy tarmoqlar birin-ketin (ularga qonun talabini bajarish uchun ma'lum vaqt bergan holda) bloklanayotgan edi.

Xullas, shu qonundagi mantiqsiz modda olib tashlanmaguncha yoki o'zgartirilmaguncha bu muammodan qutila olmaysiz yoki og'zaki buyruqlarga asoslangan tuturuqsiz va qonunsiz jamiyatda yashashda davom etasiz.

Behzod Mamadiyev

@surish_kerak1