Get Mystery Box with random crypto!

​​'O‘zbekiston endi ochildi, orqaga yo‘limiz yo‘q. Yana bir ma | Surish kerak

​​"O‘zbekiston endi ochildi, orqaga yo‘limiz yo‘q. Yana bir marta ta’kidlamoqchiman, ommaviy axborot vositalari to‘rtinchi hokimiyat bo‘lish nuqtayi nazaridan kimgadir yoqmaydi. Ammo oxirgi bir yil ichida jurnalistlar, blogerlar va yoshlarning ijtimoiy tarmoqlarda chiqqan ovozlari bizning islohotlarimiz va qarorlarimizga katta ko‘mak beryapti, bu haqiqat. Yoqadimi, yoqmaydimi, ularni eshitishga majburmiz"

Bu gaplarni shaxsan Mirziyovev aytgan edi, agar bu bloklanishlar uning buyruqlari bilan bo'layotgan bo'lsa demak Mirziyovev prinsipsiz xisoblanadi agar bulardan prezidentning habari yo'q bo'lsa Mirziyovev qaysidir ma'noda prezidentlikga noloyiq xisoblanadi zero agar shu gap rost bo’lgan taqdirda ham, “past”da nima bo’layotganidan xabar topa olmaydigan tizim yaratish ham prezidentning aybi va kamchiligi bo’ladi albatta.

Nima bo'lganda xam atiga saylovdan 10 kun o'tib yopilishi ko'p shubxalar keltirib chiqaradi, O'zbek chinovniklari butun davlat paydo bo'lganidan beri doimo shimoliy koreyadagi hamkasblariga havas qilib kelishadi, va imkon bo'lishi bilanoq o'rta asrlar tuzumini istab qolishiga ko'p martta guvoh bo'lganmiz.

@surish_kerak1