Get Mystery Box with random crypto!

Shohrux Mirzayev

Telegram kanalining logotibi shohrukh_blog — Shohrux Mirzayev S
Telegram kanalining logotibi shohrukh_blog — Shohrux Mirzayev
Kanal manzili: @shohrukh_blog
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 632
Kanalning ta’rifi

Eng katta boylik — bu bilim. Eng dahshatli qashshoqlik — bu nodonlikdir.
Самое большое богатство — это ум. Страшнейшая нищета — это невежество.
Creator: @shmirzayev_uz

Ratings & Reviews

5.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2023-03-26 09:41:22 Eng katta dushmaning zanjirband qilingan, yana biri zaiflashgan muddat kirib keldi.

Hozir o'zgarishning ayni vaqti.

Sababi dushmanlaring karaxt ahvolda.

Senga hech ham ta'sir o'tkazishmaydi.

O'rningdan tur.

Anchadan beri tashlay olmayotgan yomon odat va illatlarni uloqtir.

Anchadan beri boshlay olmayotgan yaxshi amallaringni boshla.

Bu oz fursatdir. Undan maksimal foydalanish sening vazifang.

Shu oyni ham g'aflatda o'tkazsang aniq yutqazuvchilardan bo'lasan.

Ramazon muborak do'stim)

@shohrukh_blog
177 views06:41
Ochish/sharhlash
2023-03-07 11:50:20 Ko’p savollarga beriladigan javoblar mavhum bo’ladi.

Masalan:

-Aytgan lug’atlarimni yodladingmi?
-Yo ozgina qoldi.

Ozgina qancha? Siz uchun ozgina 10 ta so’z bo’lishi mumkin, ustoz uchun esa 1 ta so’z.

-Kelyapsanmi qayerdasan?
-Ha mana salgina qoldi?

Salgina siz uchun 100 metr, kimdir uchun 10 metr bo’lishi mumkin.

Umuman qandaydir narsani sifatini ta’riflayotganda aniq raqamlarni ishlatish yaxshi.

Shunda suhbatdoshingiz kerakli xulosani o’zi qiladi.

Chunki har kimni standarti har xil.

Kimdir 25/30 ishlagan shogirtiga tanbeh bersa

Kimdir aynan shu natija uchun o’quvchisini peshonasidan o’pishi mumkin

Kimdir uchun 100$ katta pul

A kimdir uchun choychaqa

Hamma sifatlar shunday

Bilimli, bilimsiz, chiroyli, xunuk, yaxshi, yomon…

Hammaning o’zini dunyoqarashi, tanlovi, ichki dunyosi bor.

Demak, sifatlarni songa o’girib aytishni boshlash kerak.

Masalan:

U DTMdan yaxshi ball olibdi o’rniga U DTMdan 111,1 ball olibdi

Yaxshi yomonligini o’zi hal qiladi

Songa o’girib bo’lmaydiganlarini oldiga esa “menimcha” so’zini ishlatib aytish kerak.

Masalan:

Menimcha, ushbu kitob ma’noli.

Shunda mavhumlik bo’lmaydi

Mavhumlik bo’lmaydi = shubha bo’lmaydi

Shubhasiz hayot = hotirjam hayot

Hotirjam hayot = hamma qidirayotgan hayot

Shunaqa gaplar).

@shohrukh_blog
309 views08:50
Ochish/sharhlash
2023-03-02 13:03:44 Postlar ikki xil bo‘ladi

Uzun va qisqa

Uzunlarida aynan bir mavzu tanlanib yoritiladi.

Shuning uchun ham matn uzun bo‘ladi.

Qisqa postlar esa, ko‘pincha muallifni o‘sha vaqtdagi holatidan kelib chiqib yoziladi.

Ba'zida kulgili, ba'zida qayg‘uli, ba‘zida zaharli.

-Qaysi turdagisini o‘qish foydali?
-Men uchun ikkalasi ham.

@shohrukh_blog
298 views10:03
Ochish/sharhlash
2023-02-23 13:17:04 Bir yigitning tirikligi ilm va taqvo bilan belgilanadi. Agar unda bu ikkisi bo‘lmasa, tiriklikning ahamiyati yo‘q.

Imom Shofe‘iy
294 views10:17
Ochish/sharhlash
2023-02-17 18:41:09 Insonlarni namozga targ‘ib qilish kerakmi?

Ha kerak.

Bu ibodatning muhimligini anglatish kerak, misollar keltirish kerak

Lekin uning o‘qish yoki o‘qimasligi sizni qo‘lingizda emas.

Chunki qalb sizni qo‘lingizda emas, O‘zini qo‘lida.

Haromdan qaytarish kerakmi?

Ha kerak.

Uning zararlarini, oqibatlarini tushuntirish kerak.

Lekin uning qaytish qaytmasligi sizni ixtiyoringizda emas.

O‘zining nafsiga o‘zi xo‘jayin, siz o‘zingiznikiga xo‘jayin.

Hijob o‘ratasanmi deb so‘rashadi.

Bu ayol kishi va Yaratuvchi o‘rtasidagi ibodat

Man eslatma bera olaman, uning foydalarini ayta olaman

Muhimligini misollar bilan keltira olaman.

Lekin majburlay olmayman.

Chunki uning iymoni meni iznimda emas.

Tavhid kalimasini aytgan har qanday inson

Mani birodarim, akam-ukam, opam-singlim

Ularga nisbatan hech qachon zulm qilmang

Chunki Islom zulm dini emas.

Kimnidir ibodatga majburlasangiz,

U inson shu ibodatni Xudodan qo‘rqqani uchun emas, sizdan qo‘rqqani uchun qiladi

Bu esa yanada katta gunohga olib keladi.

O‘zingizni isloh qiling, na‘muna bo‘ling, shuni o‘zi jamiyatga qila oladigan eng katta yaxshiligingiz.

Bag‘rikeng bo‘ling, insonlarga ishonch bildiring, ularga yaxshiliklar qiling.

Shunda ko‘rasiz, atrofingiz yaxshilanib borayotganini.

Juma muborak bo‘lsin!

@shohrukh_blog
287 views15:41
Ochish/sharhlash
2023-02-06 17:41:14 Intensivlik

1. Nima uchun siz yoqtirgan rejissyor har bir yilda yangi kino chiqarmaydi?

2. Nima uchun siz yoqtirgan yozuvchi har yili yangi kitob yozmaydi?

3. Nima uchun siz yoqtirgan YouTube kanallar, har hafta video chiqarmaydi?

4. Nima uchun postlarini kutadigan blogeringiz, har kuni post yozmaydi?

5. Chunki sifat vaqt talab qiladi. Yuqoridagi insonlar kam ammo sifatli ijod qilgani uchun ham, ommani hurmatini qozongan bo‘ladi.

6. Ko‘p gapirilsa xatolar ko‘payadi, xatolar ko‘paydimi, ularni tuzatish uchun yana gap ko‘payadi va hokazo. Odamlar intensivlikdan tez bezib qolishadi.

7. Ibn Mas'uddan rivoyat qilingan hadisda ham Payg‘ambarimiz ﷺ insonlarga malol kelmasin deb ma‘lum kunlar va‘z aytganliklari keltirilgan.

Savol: Siz eng ko‘p kuzatadigan kanal bir kunda nechta post tashlaydi?

@shmirzayev_blog
295 views14:41
Ochish/sharhlash
2023-01-30 20:12:04 KITOB O'QISHING FOYDALI TOMONLARI

Bugungi kunda juda ko'p "kitob o'qishga vaqti yo'q" odamlar sizga kitob o'qi deb aql o'rgatadi. Lekin, shunday savol tug'ilishi mumkin: "O'qisam nima, o'qimasam nima. Hech qanday foydasi yo'qku". Bu postda shu savolga biroz javob beraman.

Miyangizni Mustahkamlaydi.
2013 yilda MRT orqali o'tazilgan tajribaga ko'ra, kitob o'qish miyadagi aloqalarni kuchaytiradi va ularni aktivroq qiladi. Undan tashqari u harakat va og'riqga javob beradigan qismlarni ham rivojlantiradi.

Ijtimoiy aloqalarni kuchaytiradi.
Badiiy kitob o'qish sizni ijtimoiy jihatdan ham kuchaytiradi. Boshqa odamlar bilan munosabat qurishingiz va ularni mustahkamlash qobilyatingiz oshadi.

Lug'at boyligingiz oshadi. Kitob o'qiganingizda siz ko'rmagan so'zlarni yoki juda kam ishlatadigan so'zlaringizni uchratishingiz mumkin. Qancha ko'p kitob o'qir ekansiz, bunday so'zlar miyangizda qoladi. Keyinchalik, biror nima yozish kerak bo'lganda yoki suhbatlashganda fikringizni to'liq yetkaza olasiz.

Yoshga bog'liq aqliy pasayishni oldini oladi. Qancha kitob o'qir ekansiz, yosh o'tgani sayin sizning aqlingiz стабильный holatda bo'ladi va ba'zi hollarda o'sadi.

Stressni kamaytiradi. 2009-yilda bo'lgan izlanishga ko'ra, kitob o'qish, kulish stressni kamaytirar ekan. 30 daqiqa kitob o'qish qon bosimini yaxshilab, yurak urishini maromiga keltirar ekan.

P/s:
Bu post sizni kitob o'qishga undash uchun emas, savolingizga javob berish uchun yozildi. Hayot kelib, ba'zi joylaringizdan tepgan payti; aql kirib, menga o'xshab, o'qir boshlarsiz. Agar tayoq yemoqchi bo'lmasangiz hozir boshlashni maslahat beraman. Hayrli tun!

@shohrukh_blog
309 viewsedited  17:12
Ochish/sharhlash
2023-01-28 22:47:26 Shoshilamiz...

Zamon o'tgan sayin hotirjamligimiz kamayib borayapti. Ulgurish kerak bo'lgan ishlar, boshlanishi kerak bo'lgan rejalar ko'payib ketmoqda. Biz esa ularni yakunlashga shoshayapmiz. Hayotimiz микроволновка ga o'xshab borayapti. Hamma narsani qisqa vaqt ichida qilishga intilayapmiz (3 oyda dasturlash, 4 oyda IELTS ....)

Bu narsa ko'p energiyamizni olib qo'yadi, undan tashqari ruhiyatga ham ta'sir qilishi mumkin. Mark 23 yoshida milliarder bo'lgan. Bill Gates va Stiv Jobs ham katta kompaniyalarni yosh bo'lganida ochgan. Bu narsalarni eshitgach, siqilasiz, ulardek natijaga erishish uchun shoshilasiz.

"Zukkolar va Landavurlar" kitobida yozilganidek, odamlar faqat natijani ko'rishadi holos. Uning ortidagi sharoit (millat, oila, do'stlar, tug'ilgan sana...)lar haqida o'ylashmaydi. Muvafaqqiyatli inson birdaniga "tap" etib tushmaydi.

Shuning uchun nima qilsangiz ham, qanaqa rejalash tuzsangiz ham uni sifatli qiling. Vaqtga e'tibor bermang.

@shohrukh_blog
309 views19:47
Ochish/sharhlash
2023-01-22 15:19:20 Oldindan aytib qo’yaman gap O’zbekistondagi universitetlar haqida emas.

Qisqasi, Universitet kerakmi?

Kimligingizga bog’liq.

Hozir juda ko’p sohani universitetga to’layotgan pulingizdan 10x, balki 100x arzonroqga online o’rganish imkoni mavjud.

Nima uchun unda hali ham universitetga shuncha pul to’lab yuribsiz?

Discipline.

Universitet sizni o’qishga majbur qiladi.

Nafsingizni yengib ilm olish uchun o’zingizni majburlay olmadingizmi?

Unda $5 000 - $50 000 kontrakt to’lang va ilm olishga siz o’zingizni emas, universitet sizni majbur qilsin.

Oson.

Ha. Qo’shilaman.

Boshqa sabablar bor. Diplom yoki Networking’ga o’xshash.

Lekin online kurs orqali o’qib, oyiga $10 000 topishni boshlasangiz, diplomdan nima ma’no?

Ha aytgancha. Standford universitetining eng zo’r o’qituvchilari tomonidan turli xil online kurslar mavjud.

Ishonavering ulardan yaxshiroq o’qituvchi topa olmaysiz.

Shunchaki sizni bu ilmdan, yomon nafs to’sib turibdi)


@shohrukh_blog
249 views12:19
Ochish/sharhlash
2023-01-19 18:31:24 Kel bugun shunсhaki suhbatlashamiz Kim bilan? Nima haqida? Sen bilan. O’zing haqingda. Vaqtim yo’q. Ishim ko’p. Qiziq. Har doim shu ahvol. Iltimos, savol beraman shunсhaki bir oz vaqt ajrat. Ok, beraqol. Qayerdan kelding? Qayerga ketyapsan? Nima uchun…
219 views15:31
Ochish/sharhlash