Get Mystery Box with random crypto!

Ko’p savollarga beriladigan javoblar mavhum bo’ladi. Masalan: | Shohrux Mirzayev

Ko’p savollarga beriladigan javoblar mavhum bo’ladi.

Masalan:

-Aytgan lug’atlarimni yodladingmi?
-Yo ozgina qoldi.

Ozgina qancha? Siz uchun ozgina 10 ta so’z bo’lishi mumkin, ustoz uchun esa 1 ta so’z.

-Kelyapsanmi qayerdasan?
-Ha mana salgina qoldi?

Salgina siz uchun 100 metr, kimdir uchun 10 metr bo’lishi mumkin.

Umuman qandaydir narsani sifatini ta’riflayotganda aniq raqamlarni ishlatish yaxshi.

Shunda suhbatdoshingiz kerakli xulosani o’zi qiladi.

Chunki har kimni standarti har xil.

Kimdir 25/30 ishlagan shogirtiga tanbeh bersa

Kimdir aynan shu natija uchun o’quvchisini peshonasidan o’pishi mumkin

Kimdir uchun 100$ katta pul

A kimdir uchun choychaqa

Hamma sifatlar shunday

Bilimli, bilimsiz, chiroyli, xunuk, yaxshi, yomon…

Hammaning o’zini dunyoqarashi, tanlovi, ichki dunyosi bor.

Demak, sifatlarni songa o’girib aytishni boshlash kerak.

Masalan:

U DTMdan yaxshi ball olibdi o’rniga U DTMdan 111,1 ball olibdi

Yaxshi yomonligini o’zi hal qiladi

Songa o’girib bo’lmaydiganlarini oldiga esa “menimcha” so’zini ishlatib aytish kerak.

Masalan:

Menimcha, ushbu kitob ma’noli.

Shunda mavhumlik bo’lmaydi

Mavhumlik bo’lmaydi = shubha bo’lmaydi

Shubhasiz hayot = hotirjam hayot

Hotirjam hayot = hamma qidirayotgan hayot

Shunaqa gaplar).

@shohrukh_blog