Get Mystery Box with random crypto!

Oldindan aytib qo’yaman gap O’zbekistondagi universitetlar haq | Shohrux Mirzayev

Oldindan aytib qo’yaman gap O’zbekistondagi universitetlar haqida emas.

Qisqasi, Universitet kerakmi?

Kimligingizga bog’liq.

Hozir juda ko’p sohani universitetga to’layotgan pulingizdan 10x, balki 100x arzonroqga online o’rganish imkoni mavjud.

Nima uchun unda hali ham universitetga shuncha pul to’lab yuribsiz?

Discipline.

Universitet sizni o’qishga majbur qiladi.

Nafsingizni yengib ilm olish uchun o’zingizni majburlay olmadingizmi?

Unda $5 000 - $50 000 kontrakt to’lang va ilm olishga siz o’zingizni emas, universitet sizni majbur qilsin.

Oson.

Ha. Qo’shilaman.

Boshqa sabablar bor. Diplom yoki Networking’ga o’xshash.

Lekin online kurs orqali o’qib, oyiga $10 000 topishni boshlasangiz, diplomdan nima ma’no?

Ha aytgancha. Standford universitetining eng zo’r o’qituvchilari tomonidan turli xil online kurslar mavjud.

Ishonavering ulardan yaxshiroq o’qituvchi topa olmaysiz.

Shunchaki sizni bu ilmdan, yomon nafs to’sib turibdi)


@shohrukh_blog